8.2. Nazorat qilish, indikatsiya bloklari va yon’ginni o’chirishni bajaruvchi vositalar Tizimga quyidagilar kiradi:
8.2.1. Markaziy boshqaruv va ko'rsatkich bloki (PPM). 8.1-rasm: ЦБКИ
Blok quyidagilarga mo'ljallangan:
Tizimning boshqa komponentlaridan kelayotgan ma’lumotlarni va voqealar turlarini va ularning paydo bo'lish joylarini ko'rsatgan holda matnli xabarlar ko'rinishida mashinistga yetkazish va ko'rsatish.
• ИСТ avtomatik rejimda yoqilishini boshqarish, shuningdek zarurat tug'ilganda ИСТ yoqilishini kechiktirish to'g'risida buyruq berish.
• Quvvatsizlantirilganida ichidagi ma’lumotlar o’chmaydigan xotirada saqlash.
• Tizimni sozlash va texnik xizmat ko'rsatish vaqtida uskunalarni sinovdan o'tkazish bo'yicha ishlarni bajarish.
ЦБКИ blokining old panelida quyidagilar joylashgan:
• matnli ma'lumotlarni aks ettirish uchun mo’ljallangan ma'lumot paneli
• himoyalangan otseklarda haroratning ko'tarilishini bildiruvchi qizil rangli «ПОЖАР» indikatori
• tizim ishlamay qolganligini bildiruvchi sariq rangli "НЕИСПР" indikatori
• to'rtta faol boshqarish tugmasi
• sariq rangli to’rtta boshqaruv tugmasining faollashish indikatorlari (ИАКУ).
• Portativ sozlash stendini ulash uchun mo’ljallangan "PS / 2" razyomi.
8.2.2. O'rta darajadagi markaziy boshqaruv bloki (ПЦБК).
8.2-rasm: ПЦБК
Blok quyidagilarga mo'ljallangan:
• Mahalliy boshqaruv bloklaridan (ЛБК) ma'lumotlarni qabul qilish va funktsional tahlil qilish.
• Tizimning vagonda joylashgan tarkibiy qismlarini tizim ichra nazorat qilish va sinovdan o'tkazish.
• ЛБК bilan aloqa qiluvchi liniyalar ishlashini nazorat qilish.
• Tizimning tarkibiy qismlarini harakat paytida vagonning elektr zanjirlarida paydo bo'ladigan impulsli shovqinlardan himoya qilish.
• ЦБКИ bilan aloqa uzilgan taqdirda o’tni o'chirish jarayonini boshqarish
• Ma’lumotlarni ЦБКИ ga uzatish
ПЦБК blokining old panelida hozirgi holat to'g'risida bildirishnomalarni aks ettirish uchun elementlar mavjud:
• yashil rangli indikator ЛБК da kuchlanish borligini bildiradi
ЛБК bilan aloqa uzilganligi to'g'risida signal berish uchun mo’ljallangan qizil rangli "AC" indikatori
ЦБКИ va ПЦБК o'rtasidagi aloqa borligini bildiruvchi sariq rangli "ЦБКИ" indikatori
Qizil rangli "КВЦ" indikatori – otseklarida yong'in sodir bo'lgan vagondagi КВЦ g’altagining elektr ta'minoti o'chirilganligini bildiruvchi signal.
• 7ta sariq rangli indikator - ПЦБК portlari faol holatdaligini bildiradi.