4.2. Poezdlar harakati. Umumiy talablar.
Poyezdlarning harakatlanishini faqat bir xodim – poezd dispetcheri boshqarishi kerak, u xizmat ko'rsatadigan liniyada poezdlar jadvalining bajarilishi uchun javobgar hisoblanadi.
Poezd dispetcherining buyruqlari ushbu yo'nalishdagi poezdlarning harakati bilan bevosita bog'liq bo'lgan xodimlar tomonidan so'zsiz bajarilishi shart.
Poezd dispetcheridan tashqari hechkimga liniyada poezdlarning harakati to'g'risida tezkor ko'rsatmalar berish ruxsat etilmaydi.
Poezdlar harakati va har bir poezd boshqarilish nuqtai nazaridan bir vaqtning o’zida faqat bir xodimning: yo'li kengaygan stantsiyada - markazlashtirish posti navbatchisining, yo'li kengaymagan stantsiyada – stansiya bo’yicha navbatchining, dispetcherlik centralizaciyasi bilan jihozlangan liniyalarda esa poezd dispetcherining, poezd – haydovchining ixtiyorida bo'lishi kerak.
Stansiyada mashinist markazlashtirish posti navbatchisi yoki stantsiya bo’yicha navbatchining, dispetcherlik centralizaciyasi bilan jihozlangan liniyalar stansiyalarida esa, poezd dispetcherlarining buyrug'iga bo'ysunadi.
Markazlashtirish posti navbatchilari, stansiya bo’yicha navbatchilar poezdlarning o'z vaqtida qabul qilinishi va jo'natilishini ta'minlashlari shart.
Har qanday yopiq svetofor oldidagi zaruratsiz poezd turib qolishi holatlari uchun markazlashtirish posti navbatchisi javobgardir.
Stansiya bo’yicha navbatchi va poezdlarni qabul qilish va jo'natish bo’yicha navbatchilar yo'lovchilar poezdlardan tushishi va poezdlarga chqishini, poezdlarning sozligini, poezd signallarining mavjudligi va ularning to'g'ri signal ko'rsatishini nazorat qilishlari shart.
Harakat tarkibi bilan zaxira tupik yo'llarni egallab turish taqiqlanadi.
Poezdlarning tunda turishi, qoida tariqasida, elektr depolar va tunnel uchastkalari stantsiyalarining tupik yo’llarida amalga oshirilishi kerak.
Stansiyalarning asosiy yo'llarining va peregonlarining tarkiblar bilan tunda turish uchun band qilinishi faqatgina metropoliten rahbari tomonidan belgilangan joylarda ruxsat etiladi.
Stansiya boshlig’i markazlashtirish posti navbatchilarining, stansiya navbatchilarining, poezdlarni qabul qilish va jo'natish bo’yicha navbatchilarning va poezdlarni qabul qilish, jo'natish va manyovrlarni amalga oshirish bilan bog'liq ishlar bo’yicha mas’ul bo’lgan strelka posti navbatchilarining ishini nazorat qilishi shart.
Markazlashtirish posti navbatchisining xonasi markazlashtirish posti navbatchisi bilan bevosita ishlaydigan shaxslar, markazlashtirish posti navbatchisi va postdagi boshqaruv qurilmalarining sozligini nazorat qiluvchi shaxslar, shuningdek ro'yxati Metropoliten boshqarmasi tomonidan kelishilgan xodimlardan tashqari boshqa barcha begona shaxslar kirishidan himoyalangan bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |