Ichki ishqalanish burchagining miqdori grunt tarkibidagi zarralar g‘adir-budurligi, ulaming zichligi va yirik zarralar miqdoriga bog'liq ravishda 24° dan 48° orasida o'zgaradi (2.2- rasm). Sochiluvchan gruntlaming siljishga qarshiligini tajribaxona sharoitida sinash uchun bir tomonlama siquvchan (odometr) va uch tomonlama siquvchan (stabilomctr) deb nomlanuvchi uskunalar .... ,. ..... ,. mavjud (2.3-rasm). siljishiga qarshilik chizmasi. Ular quyidagicha ishlaydi (2 4- rasm). Asosiy asbob (a) ustki va ostki qismlardan iborat bo'lib, ular orasiga ma’lum zichlikdagi namuna joylashtiriladi. Grunt tik yo'nalishda yuklangach (N ), asbobning yuqori qismiga siljituvchi kuch (g ) ta’sir ettiriladi. Siquvchi N/ va siljituvchi Q kuchlaming miqdori ulaming namuna yuzasiga nisbati bilan aniqlanadi. Tajriba negizini N, yukni o'zgartirmay Q ning miqdori bosqichma-bosqich orttirib borish va maxsus o'lchov asbobi yordamida grunt holatini kuzatish tajriba asosini tashkil qiladi. Grunt namunasini siljishga olib keluvchi Q kuchning miqdori Ni yuk ostidagi mazkur gruntning siljishga qarshiligi sifatida qabul qilinadi. Shundan so'ng tajriba yangi N 2 bosim ostida takrorlanadi.