M. E. Xurramov “talaba yoshlarda vatanparvarlik tuyg’usini rivojlantirish va shaxsiy masulyatini oshirish” monografiya toshkent


O`zbekistonlik jangchilarning fashizmni tor-mor etishdagi jasoratlari



Download 0,59 Mb.
bet7/24
Sana28.09.2021
Hajmi0,59 Mb.
#187343
TuriМонография
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
MANSURGA MONOGRAFIYA

O`zbekistonlik jangchilarning fashizmni tor-mor etishdagi jasoratlari:

Urushning dastlabki kunlaridayoq G`arbiy chegaralardagi harbiy qo‘shilmalar tarkibida xizmat qilayotgan o‘zbekistonliklar fashist bosqinchilariga qarshi jangga kirdilar. Chegarada joylashgan Brest qal’asining 50 dan ortiqroq millatga mansub jangchilari orasida o‘zbekistonliklardan Doniyor Abdullayev, Boboxalil Kashanov, Ahmad Aliyev, Nurum Siddiqov, Uzoq Otayev va boshqalar ham bor edi. Ular qal’a himoyachilari bilan еlkama-yelka turib dushmanning katta kuchlariga qarshi qariyb bir oy davomida oxirgi tomchi qonlari qolguncha jang qildilar. G`arbiy chegaralardagi dastlabki janglarda toshkentlik Zokir Karimov ham jasorat ko‘rsatdi. U Qrim va Kavkazda ham dushman bilan olishdi, mardlik va jasorati uchun I va II darajali “Shuhrat” va boshqa ordenlar hamda “Jasorati uchun” medali bilan taqdirlandi.

O`zbekistonlik jangchilar Smolensk, Kiev, Odessa, Sevastopol va boshqa shaharlar mudofaasida qatnashdilar. Odessa himoyasida Omon Umarov, sapyorlar rotasining komandiri Hamza Zaripov jasorat ko‘rsatdilar. Omon Umarovning kichik harbiy bo‘limi Odessa yonida qurilgan dushman aerodromiga hujum qilib dushmanning 16 samolyoti va 30 avtomashinasini yoqib yubordi. Afsuski, Kerch uchun bo‘lgan janglarda u halok bo‘ldi. Hamza Zaripov rotasi minalashtirilgan yo‘lda dushmanning 27 tanki va 13 bronetransporterini portlatdi.

1941-yil kuzqish oylarida Moskva ostonalarida hayot-mamot janglari bo‘ldi. Unda, bir tomondan qanday qilib bo‘lsa ham Moskvani egallash uchun intilgan, ikkinchi tomondan, qanday qilib bo‘lsa ham Moskvani qo‘ldan bermaslik uchun oyoqqa turgan tarixda misli ko‘rilmagan darajadagi katta harbiy qo‘shinlar to‘qnashdi. Ana shu dahshatli janglarda o‘zbekistonlik jangchilar ham sabot-matonat, yuksak harbiy mahorat ko‘rsatdilar. Janubi-Garbiy front tarkibida bir o‘zi dushmanning bir DZOT, 9 askar va zobitini yo‘q qilib, 3 tasini asirga olib kelgan Q`ochqor Turdiyev Qahramon unvoniga sazovor bo‘ldi.

Toshkentda uzoq yillar xizmat qilgan general I.V.Panfilov Almati shahrida turkistonliklardan diviziya tuzdi. Uning komandirlari tarkibida Toshkent piyoda bilim yurti va O`rta Osiyo harbiy okrugining harbiy-siyosiy bilim yurtida ta’lim olgan 180 zobit bor edi. General I.V.Panfilov diviziyasi Moskva ostonalaridagi Volokolamsk yo‘nalishida qattiq jang qildi, ommaviy qahramonlik ko‘rsatdi. Diviziya jang maydonida dushmanning 114 tankini, 26 ming askar va zobitini, 5 samolyot va boshqa ko‘plab texnikasini yo‘q qildi, harakatdagi jangovar texnikasining ancha qismini qo‘lga kiritdi. Janglarda vzvod komandiri Ikrom Halilov, Zarif Ibrohimov, Mamadali Madaminov, Abdulla Tog‘ayev, jarroh G`ulom Abdurahimov va boshqalar jasorat ko‘rsatdilar. Jangda diviziya qo‘mondoni I.V.Panfilov halok bo‘ldi, ammo uning quroldoshlari 8-gvardiyachi Panfilovchi diviziya nomi bilan dushman tor-mor etilguncha jang qildilar.

O`zbekistonda tuzilgan 21- va 44-otliq askarlar diviziyasi Moskva ostonalarida jang qilib qahramonlik namunalarini ko‘rsatdilar. Shular qatorida 1-otliq askarlar korpusining jangchilari H.Musayev, R.Abduqosimov, A.Abdullayev, bo‘lim komandiri R.Aliyev, vzvod komandiri kichik leytenant X.Bektursunov, 2-otliq askarlari korpusining jangchilari Z.M.Qosimov, R.S.Halilov, katta serjant V.Sodiqov, eskadron komandiri M.Ibrohimov va boshqalar bor edi.

O`zbekistonda tuzilgan 258-o‘qchi diviziya askarlari Moskva ostonalaridagi janglarda 9 mingdan ko‘proq dushman askar va zobitlarini еr tishlatib, 137 ta aholi yashaydigan manzilgohlarni ozod etadi, ko‘plab jangovar texnikani qo‘lga tushiradi. Ushbu diviziya Kalugani ozod etishda ko‘rsatgan matonati uchun gvardiyachi diviziya unvoniga sazovor bo‘ladi. Diviziyaning orden va medallar bilan mukofotlangan komandirlari va siyosiy xodimlari orasida B.O`razov, G`.Tolipov, M.Bekmurodov, V.Kashapov va boshqalar bor edi.

Moskva himoyachilari orasida o‘zbek qizi Zebo G`aniyeva ham bor edi. U Moskvadagi teatr san’ati institutida o‘qir edi. Urush boshlangach, Zebo G`aniyeva o‘z yurti Andijonga qaytib kelishni emas, frontda jang qilishni afzal ko‘rdi. Tez orada mohir mergan va razvedkachi bo‘lib еtishdi. Uning harbiy qismi Moskva-Volga kanali bo‘ylab joylashgan edi. Mergan Zebo G`aniyeva 1942-yil 21-may kunigacha 23 ta fashistni еr tishlatdi, 16 marta razvedkaga borib, dushman to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar olib keldi. Zebo G`aniyeva jasorati uchun huku mat ordeni bilan mukofotlandi. 1943-yil avgustda Demyanskda bo‘lgan jangda Zebo G`aniyeva og‘ir yarador bo‘ldi, 33 marta jarrohlik operatsiyasiga bardosh berib o‘limni еngib o‘tdi. Moskva ostonalarida o‘zbekistonlik merganlar Ishoqov, 354 fashistni, Abubekov 229, Yusupov 132, Madaminov 123 fashist askar va zobitlarini еr tishlatdilar.

O`zbek xalqi Moskva himoyachilariga ko‘maklashish uchun qo‘lidan kelgan barcha tadbirlarni ko‘rdi. 1753 nafar o‘zbekistonlik jangchilar “Moskva mudofaasi uchun” medali bilan mukofotlandilar. Moskva yonidagi jangda dushman tor-mor etildi. Bu uning Ikkinchi jahon urushi boshlangandan beri o‘tgan ikki yarim yil orasidagi birinchi yirik mag‘lbiyati edi. Fashistlarnibng “yashin tezligidagi urush” rejasi butunlay barbod bo‘ldi. Bunga o‘zbek xalqining qo‘shgan hissasi beqiyosdir.

O`zbekistonlik jangchilar 1942-yilda Qrim, Donbass, Don, Kuban, Shimoliy Kavkazda bo‘lgan og‘ir janglarda ham qatnashib o‘z vazifalarini bajardilar. O`zbekistonda uzoq yillar xizmat qilgan general I.Ye.Petrov Sevastopol uchun bo‘lgan 8 oylik mudofaa janglarining boshliqlaridan biri edi. U katta harbiy mahorat bilan alohida dengiz bo‘yi armiyasiga qo‘mondonlik qildi, Sevastopolni quruqlikdan himoya qilishni tashkil etdi. Uning adyutanti toshkentlik katta leytenant Z.Qahhorov edi. General I.Petrov Shimoliy Kavkaz fronti, keyinroq 4-Ukraina frontiga qo‘mondonlik qildi, Berlin operatsiyasida qatnashdi

O`zbekistonlik jangchilar Yaponiyaga qarshi urushda ham qatnashdilar. Ular 22-, 79-, 275-, 388-, 221-diviziya va boshqa harbiy qismlarning tarkibida jang qildilar. Seysin port shahrini egallashda 335-o‘qchi diviziya bataloni tarkibida leytenant Fozil Karimov, razvedkachi Vali Sulaymonovlar alohida jasorat ko‘rsatdilar. Dushman sohiliga tushirilgan desantchilar orasida pulemyotchi Nishon Bozorov chaqqonlik bilan jang qilib, yaponlarning 10 ta askari va 2 ta zobitini еr tsihlatadi. U jangovar medal bilan taqdirlanadi. Shuningdek, leytenant A.A.Karimov, o‘qchi vzvod komandiri kichik leytenant U.Doniyorov, pulemyotchilar qismi komandiri S.Qo‘chqorov va boshqalar ham dushmanga qaqshatqich zarba beradilar. Shimoli-Sharqiy Xitoy va Koreyani egallab turgan 1 millionlik Kvantun armiyasi tor-mor qilinadi. Janubiy Saxalin, Kurill orollari yapon qo‘shinlaridan ozod qilinadi. Yaponiya tor-mor etiladi.

6 yil davom etgan, butun insoniyat boshiga og‘ir kulfatlar solgan Ikkinchi jahon urushi tamom bo‘ldi. Urush insoniyatga qimmatga tushdi, 50 milliondan ortiqroq kishi halok b`oldi, 90 milliondan ortiq kishi yarador va mayib bo‘lib qoldi, moddiy talofatlar qimmati 4 trillion dollardan oshib ketdi. Urush Yevropa, Afrika, Osiyo va Okeaniyada turli frontlarda bo‘ldi. Fashizmni tor-mor etishda ko‘p mamlakatlar qatnashdi. Biroq urushning asosiy og‘ilik markazi SSSR xalqlari zimmasiga tushdi. 27 millionga yaqin kishi urush alangasida halok bo‘ldi, 18 milliondan ortiqroq jangchilar yarador va nogiron b`olib qoldilar.

O`zbekistondan janggohga safarbar etilganlardan 263005 kishi halok bo‘ldi, 132670 kishi bedarak yo‘qoldi, 60452 kishi nogiron bo‘lib qaytdi. Bu ma’shum urush tufayli eng kamida to‘rt yuz ming oila bevosita ayriliq azobiga duchor bo‘lgan. Yuz minglab vatandoshlarimiz mehnat frontida zahmat chekdilar, o‘zi еmasdan, o‘zi kiymasdan topgan nasibasini frontga jo‘natib azob-uqubatlar tortdi. O`zbekistonliklarning urushda ko‘rsatgan mardligi va jasorati yuqori baholandi. 120 ming o‘zbekistonlik jangchilar, jumladan, 70 ming o‘zbek yigit va qizlari orden va medallar bilan mukofotlandi. 300 ga yaqin askar va komandirlar Qahramon unvoniga sazovor bo‘lishdi, ularning 75 nafari o‘zbeklardir. 32 nafar o‘zbekistonlik jangchi uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan mukofotlandi.

Urush davri O`zbekiston tarixining uzviy bir qismi, biz uni unutolmaymiz. O`zbekistonda urush faxriylariga, ularning oilalariga yordam berilmoqda, ularga imtiyozlar yaratilgan. Respublika faxriylar uyushmasining tashabbusi bilan fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 50 yilligi munosabati bilan janglarda halok bo‘lgan 400 mingga yaqin vatandoshlarimiz haqida arxiv materiallari to‘planib, bu ma’lumotlar asosida “Xotira” turkumida 33 kitob nashr etildi. Fashizm ustidan qozonilgan 9-may kuni O`zbekistonda “Xotira va Qadrlash” kuni sifatida nishonlanmoqda. Urushda qurbon bo‘lganlarni xotirlash, biz bilan hozirgi kunlarda yonma-yon yashayotgan urush faxriylarini qadrlash, e’zozlash, hurmat-izzatyini jo‘yiga qo‘yishdek ulug‘vor insoniy ishlar yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda, mustaqil O`zbekistonning milliy xavfsizligini mustahkamlashda katta ahamiyatga egadir.

Ilg`or millat va rivojlangan davlat bo`lishning zaruriy shartlaridan biri-boy, ilg`or ma`naviyatga ega bo`lishdir. Faqat moddiy jihatdan boy hamda ilg`or bo`lish jamiyat norasoligining muhim ko`rsatkichidir. Shu sababli Prezident I.A.Mirziyoyev ma`naviyat va ma`rifatni ko`tarish, targ`ib qilish, boyitish, aholining keng doirasiga yoyib, har bir fuqaroning yuksak ma`naviy darajasini ta`min etishni eng dolzarb masalalaridan biri, deb qayta-qayta uqtirmoqda. Buning uchun ma`naviyat va ma`rifat, sohasida eng jiddiy tadqiqotlar olib borishi, O`zbeksiton xalqi ham o`zbek millatining ma`naviyati nima, uning tarixi nima va qachon boshlangan, ma`naviyatning qaysi sohalari hozirgi davrda va nima uchun katta ahamiyatga ega, ma`naviyati qanday qilib boyimoqda va xalqaro miqyosda qanday o`rin tutadi, uning xalqaro miqyosda salmog`ini orttirmoq uchun har birimiz nima qilmog`imiz kerak,-ana shu savollarga jamiyatshunos olimlarimiz hozirgi o`tish davrining talablarini ko`zda tutib javob berishlari umummilliy dolzarb vazifalarimizdan biridir.

Vatanimiz mustaqillikka erishgandan so`ng sog`lom va barkamol avlodni voyaga еtkazishga e`tibor kuchaydi. Komillik-mukammallik deganidir. Komil inson XXI asrda qanday zamonaviy sifatlarga ega bo`lishi kerak?

Zamonaviy inson ta`lim-tarbiya, iqtisodiy, siyosiy, falsafiy, diniy g`oyalar majmui asosida kishilarning ong-bilimini, madaniyatini o`stirishga qaratilgan faoliyat bilan shug`ullanmog`i lozim.

O`zbekistonda maorif sohasidagi ishlar o`z tarxiga ega. 1917 - yilga qadar islom hukmron mafkura bo`lib kelgan davrda, maorif muassasalari asosan uch turdagi diniy maktablar: ibtidoiy maktablar, madrasa va korxonalar shaklida mavjud edi. Yaqin vaqtlarga qadar ilmiy adabiyotlarimizda inqilobdan oldingi Markaziy Osiyodagi maktablar tahliliga ko`p yondashib kelingandi. Vaxolonki, bu maktablar mintaqa mavjud bo`lgan davlatlardagi ijtimoiy jarayonlarni boshqarish va tartibga solish muassasalarining tarkibiy qismi bo`lib kelgandi.

Inqilobdan keyingi dastlabki yillarda maorif qurilishi va islohoti borasida ish olib borilar ekan, o`zbek maktabi qonuniy ravishda ona tilida o`qitish huquqiga ega bo`ldi va har jihatdan o`sa boshladi. Lekin bu maktablar mohiyatan ruslarga xizmat qildi.

Mustaqillikka erishganimizdan so`ng ilm-ma`rifatga katta e`tibor berilayotir. Õlaq ta`limi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirliklari keng miqyosda faoliyat ko`rsatib turibdilar. Yangi tipdagi litsey, gimnaziyalarda ko`plab o`zbek bolalari bilim olyaptilar.

1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Ta`lim to`g`risida”gi qonun uzluksiz ta`limni joriy etdi. O`rta maxsus kasb-hunar kollejini yoki oliy ta`limni tugallab mutaxassislikni egallagan shaxs fan-texnikani o`z faoliyatida qo`llay oladigan bo`ldi.

XXI asrda yashovchi har bir inson dunyoviy bilimlardan puxta egallagan bo`lishi shart. Chunki shiddatli zamon kishilardan turli ehtiyojlarni talab qiladi.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev: “Aql-zakovatli, yuksak ma`naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakgina, oldimizga qo`ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi”-, deganlar.

To`g`ri, kishi ma`naviyatining birlamchi asosini bilim tashkil qiladi, ammo ilm-ma`rifat sharq xalqlari tarbiya tizimi va usluboning o`ziga xos xususiyatlari, sharqona fazilatlar bilan ahloq va umumbashariy g`oyalar ruhida kamol topgan sog`lom avlodni tarbiyalab, voyaga еtkazish va kelgusida uni umumxalq ezgu harakatiga aylantirish asosiy vazifamizdir.

Insonning milliy-ma`naviy ruhini mustahkamlash va imon-e`tiqodi butun, irodasi baquvvat erkin fuqaro ma`naviyatini shakllantirish barcha ta`lim muassasalarida faol olib borilmoqda. Har qaysi fuqaroning o`z fikrini erkin ifoda etishi va uni himoya qila olishi jamiyatimiz negizi bo`la oladi.

Demak, yuqoridagilarni umumiylashtirib, quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:

-ma`naviy barkamol inson-ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq atvori bilan o`zgalarga ibrat bo`la oladigan bilimli, ma`rifatli, kishi;

-bilimli kishida qalbi poklik, sahiylik, samimiylik, xayrixohlik, halollik, e`tiqodlilik, mehr-shafqat, vijdonlilik, rostgo`ylik, adolatparvarlik, ota-onaga hurmat, oilaga sadoqatlilik fazilatlari bo`ladi.

Barkamol inson ma`naviyatining muhim mezoni vatanparvarlik, insonparvarlik va o`z millatiga sadoqatligidir. Vatanparvarlik-insonning o`z yurti manfaatlarini himoya qilish yo`lidagi fidoiyligi, Vatanning har qarich tuprog`i, har bir giyohini ko`z qorachig`iday asrash, uning uchun, zarur bo`lganda, jonini ham fido etishdir.

Õo`sh, Vatan nima?

Vatan (arabcha “vatan”-ona yurt)-kishilarning yashab turgan, ularning avlod va ajdodlari tug`ilib o`sgan joyi, xududi, ijtimoiy muhiti, mamlakati. Vatan tushunchasi keng ma`noda va tor ma`noda ham qo`llaniladi.

Bir xalq vakillari jamul-jam yashab turgan, ularning ajdodlari azal-azaldan istiqomat qilgan xudud nazarda tutilsa, bu keng ma`nodagi tushunchadir. Kishi tug`ilib o`sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutilsa, bu tor ma`nodagi tushunchadir. O`zbeklarda falonchi vatanli bo`ldi, deyilganda o`sha odam uy-joyli, boshpanali bo`ldi, degan ma`noni anglatiladi. Hazrat Alisher Navoiy Vatan tushunchasini ona yurt, o`rin, tug`ilib o`sgan joy, maskan, manzil ma`nolarida ishlatganlar. Shuningdek, Vatan kalimasi badiiy adabiyotga ko`chma ma`noda ko`ngil mulkining maskani tarzida ham qo`llaniladi. Vatan tushunchasi mustaqillik sharoitida alohida ahamiyat kasb etdi. Ma`lumki, istibdod yillarida hukmron mafkura kishilarimizning ongida Vatan tushunchasini buzib, uning o`rniga mavhum, keng va umumiy Vatan tushunchasini singdirmoqchi bo`ldi, ya`ni masalan, o`zbek uchun go`yo Rossiya ham O`zbekiston bilan bir qatorda barobar Vatan edi. “O`zbekiston-Vatanim manim” yoki “o`zbegim” deyish millatchilik, milliy cheklangan deb baholanar edi va bunday so`zlarning muallifi faol ijodiy ishdan chetlatilardi. Õolbuki, Vatan muayyan aniq tushuncha. Vatan tushunchasi xalqimizning talaygina qismida еtarli darajada aniq emasligini birinchi sababi-o`tmishdagi hukmron mafkura ta`siri bo`lsa, ikkinchi sababi, temuriylar zamonidan so`ng, to XX asrning birinchi choragida O`zbekiston degan geografik va siyosiy tushunchaning amalda yo`qligi, xonliklar, amirliklarga bo`linib yotgan xududlarning ustiga-ustak chorizmning mustamlakasiga aylanashi edi. Mustaqillik ana shu ikki salbiy omilni bekor qilib, xalqimizda xaqiqiy Vatan xissini, tushunchasini mustahkamladi. Demak, Vatan tabarruk maskan, buyuk meros, aziz xotira, muqaddas zamin, har bir inson uchun g`urur, iftixor, baxt-saodat, tinchlik-osoyishtalik manbai ekanligi tushiniladi.

Vatanparvarlik esa-insonning o`z yurti manfaatlarini himoya qilish yo`lidagi fidoiyligi, Vatanning har qarich tuprog`i, har bir giyohini ko`z qorachig`iday asrashi, uning uchun, zarur bo`lganda, jonini ham fido etishdir.

Shiroq o`z Vatanini yovlar zulmidan ozod qildi. Otabek chor askarlariga qarshi mardona jangda halok bo`ldi. To`marisning tengsiz shijoati vatanparvarlikning yorqin ko`rinishidir. Shuning uchun ham ularning nomi xalq qalbida abadiy yashaydi.

Bugungi O`zbekistonning eng buyuk vatanparvari Prezident Islom Mirziyoyevdir. Yurtboshimiz mamlakatimizni mustaqillikka boshlab, uning dunyo hamjamiyatidan munosib o`rin egallashida mislsiz xizmatlar qilmoqda. Eng og`ir vaziyatlarda ham “Biz tanlagan yo`limizdan qatmaymiz!” deb xalqni olg`a boshladi.

Sport sohasida yurtimizni dunyoga tanitayotgan vatanparvarlar talaygina. Bokschi Muhammadqodir Abdullayev, Artur Grigoryan, tennischi Iroda To`laganova, shaxmatchi Rustam Qosimjonov va boshqalar Vatanimiz dovrug`ini butun dunyoga yoyayotganlar, Vatanimiz iftixorlari bor. San`at sohasida ham yuksak natijalarga erishib, Yu.Usmonova, F.Zokirov va boshqalar o`zbek san`atini jahon bo`ylab namoyish qilmoqdalar. Ularning bunday shonu shuhrati, erishayotgan yutuq va jasoratlari yoshlarga o`rnak bo`lmoqda.

Aslida, bizda, O`zbekistonda inson yuksak qadrlanadi. Mamlakamizda demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyat qurish-insonlar baxt-saodati uchundir. Istiqlol mafkurasi xalqimizning tabiati, irodasi, orzu-intilishlari ifodalaydigan quyidagi milliy xususiyatlarni zamon talablari asosida yanada boyitishni nazarda tutadi:


  • -xalqimiz hayotida qadim-qadimdan jamoa bo`lib yashash ruhining ustunligi;

  • -jamoa timsoli bo`lgan oila, mahalla el-yurt tushunchalarining muqaddasligi;

  • -ota-ona, mahalla-ko`y, umuman jamoatga yuksak hurmat-e`tibor;

  • -millatning o`lmas ruhi bo`lgan ona tiliga muhabbat;

  • -kattaga-hurmat va kichikka-izzat;

  • -mehr-muhabbat, go`zallik va nafosat, hayot abadiyligining ramzi-ayol zotiga ehtirom;

  • -sabr-bardosh va mehnatsevarlik;

  • -halollik, mehr-oqibat va va hokazo.

  • Istiqlol mafkurasi quyidagi umumbashariy qadryatlarni e`tirof etadi va ulardan oziqlanadi:

  • -qonun ustuvorligi;

  • -inson haq-huquqlari va hurfikrlililk;

  • -boshqa millat vakillariga hurmat va ular bilan bahamjihat yashash;

  • -diniy bag`rikenglik;

  • -dunyoviy bilimlarga intilish, ma`rifatparvarlik;

  • -o`zga xalqlarning ilg`or tajribalari va madaniyatini o`rganish va hokazo.

Inson hamisha yaxshilikka muhtoj. Yaxshi kunlar orzusi bilan ona-yurti va farzandlarining istiqbolini kutib yashaydi.

Milliy mafkura xalqning maqsad-muddaolarini ifodalaydi. Tarix sinovlaridan o`tishda uning ruhini ko`tarib, suyanch va tayanch bo`ladi. Shu millat, shu jamiyat duch keladigan ko`plab hayotiy va ma`naviy muammolarga javob izlaydi. Ana shunday muammolardan biri ona-yurtga sadoqat masalasidir.

O`zbekistonday davlatda yashashning o`zi katta baxt ekanligi hissini uyg`otish va u bilan faxrlanish, uning ramzlari-Bayroq, Gimn va madhiyani qadrlash, ardoqlashni o`rganish. Demokratik tamoyillarga asoslangan qonunlarni hurmat qilish, bularning barchasi Vatanimizga, xalqimizga, o`z millatimizga bo`lgan sadoqatimizni bildiradi.

Inson faqat moddiy boyliklar va ne`matlar uchun emas, avvalo, Alloh ato etgan alq-zakovati, imon-e`tiqodi va yuksak ma`naviyati bilan kelajakka ishonch-Vatanining taraqqiyot yo`lini o`ylaydi.

Bugungi kunda jamiyatimizda ro`y berayotgan o`zgarishlar farovon hayot qurish uchun xizmat qilmoqda. Istiqlol mafkurasi odamlarning hayotga, еrga, mehnatga bo`lgan munosabatini tubdan o`zgartirmoqda. Õalqni buyuk kelajak, ulug`vor maqsadlar sari birlashtirish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da`vat qilish milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir.

Mamlakatning iqtisodiyotini rivojlantirish ko`p jihatdan-ishbilarmon, tadbirkorlarga bog`liq. Oliy ta`limda tahsil olayotgan, AKSALS orqali yoki shunga o`xshash uyushmalar orqali chet ellarda ta`lim olayotgan yoshlar mamlakat rivojlanishining poydevoridir. “Ta`lim to`g`risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida”gi qonunlari ana shunday kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi. Maktablarda esa har tomonlama tarbiyalangan, madaniyatli shaxslar qilib tarbiyalashga to`la imkoniyatlar bor.




Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish