Millat ma’naviyati bir kunda, bir yilda, hatto bir asrda ham tugal yaralmaydi, tugal yo‘q bo‘lishi ham qiyin. Agar alohida favqulodda choralar ko‘rilmasa. Shu sababli siyosiy mustaqillikning boy berilishi birdaniga millatning yo‘q bo‘lishiga olib kelmaydi. Ammo shunday xavf mavjud, muayyan sharoitlarda ba’zan o‘ta jiddiy xavf tug‘ilishi begumon. O‘zbek millati keyingi bir asrdan oshiq vaqt ichida xuddi shunday jiddiy xatar tazyiqida yashadi. Yaratganga beadad shukurlar bo‘lsinki, ushbu tahlika boshimizdan aridi.
Do'stlaringiz bilan baham: |