M. E. Xurramov “talaba yoshlarda vatanparvarlik tuyg’usini rivojlantirish va shaxsiy masulyatini oshirish” monografiya toshkent


§ 1.3. Jasorat va vatnparvarlik tuyg’ularining shakllanishi komil inson misolida



Download 0,59 Mb.
bet6/24
Sana28.09.2021
Hajmi0,59 Mb.
#187343
TuriМонография
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
MANSURGA MONOGRAFIYA

§ 1.3. Jasorat va vatnparvarlik tuyg’ularining shakllanishi komil inson misolida
Milliy istiqlol mafkurasining asosiy maqsadi-kishilar dunyoqarashini o`zgartirish, ularni ma`naviy barkamol inson qilib tarbiyalashdir. Mafkuramizning asosiy g`oyalaridan biri-Komil inson tarbiyasi ham milliy, ham umumbashariy mohiyatga ega bo`lgan, odamzotga xos eng yaxshi fazilatlarga ega bo`lgan inson tarbiyasidir.

Odamzot paydo bo`lib, ko`p mingyillik taraqqiyot jarayonida o`zini o`rab olgan tabiat, turli xodisalar, voqealar, hayotiy tajribalarni kuzatgan, ularning sabablari va qonuniyatlari to`g`risida mushohada qilgan, turli tasavvur va tushunchalar hosil qilib kelgan. Ma`naviyat insonning butun umri davomida uning kuchiga-kuch qo`shadigan, idrok va aql-zakovatini kengaytiradigan va mustahkamlaydigan vositadir. Ma`naviyat va ma`naviyat boyliklar, qadryatlar, davlatning, xalqning, millatning, jamiyatning, ayrim shaxslarning bebaho xazinasi va taraqqiyot manbaidir. Mustaqillik tufayli o`zbek xalqining ko`p asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va diniy merosini o`rganish, undan xalqning umumiy va bebaðo mulki sifatida foydalanishga keng yo`l ochildi. “Ma`naviyat-insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yo`q joyda xech qachon baxt-saodat bo`lmaydi”,-deb takidlaydi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Mirziyoyev.

Mustaqillik davri milliy istiqlol ma`naviyatini tiklash va rivojlantirish, milliy til va madaniyatni taraqqiy ettirish, milliy o`z-o`zini anglash, milliy his-tuyg`ular, g`ururni, vatanparvarlikni o`stirish va mustahkamlash bilan bog`liqdir. Mustaqil O`zbekistonning taraqqiyoti jamiyat a`zolarining, har bir shaxs va ayniqsa, yoshlarning ma`naviy kamoloti, istiqlol g`oyalarining kishilar ongiga, kundalik hayotiga chuqurroq singishiga bog`liqdir. Mustaqil taraqqiyot yo`lida milliy ong va milliy o`z-o`zini anglash ma`naviy kamolotning asosiy negizidir.

Kelajagi buyuk O`zbekistonni barpo etishda faol qatnashayotgan har bir fuqaro o`z mamlakati, xalqi, millatining ajralmas bo`lagi ekanligini anglashi-milliy ma`naviyat va ongning tarkibiy qismidir. Chunki har bir millatning o`z ma`naviyatini aniqlashi, bilishi va o`z aql-farosatining, ongining tarkibiy qismiga aylantirishi millatni mustahkamlaydi, uning o`ziga bo`lgan e`tiqod va qadr hissini boyitadi.

Ma`navitimizning O`zbekistonning porloq keljagiga dadil ishonch bilan yuksalib borayotganligini, xalqimizda yuksak insonparvarlik qadryatlari tiklanayotganligi va takomillashayotganligini ifodalovchi o`ziga xos dunyoqarashdir.

Ma`naviyat sohasida mustaqil O`zbekiston oldida muhim vazifalar turibdi. Ulardan asosiysi ma`naviyatimizni boyitish va mustahkamlashdir. Ma`naviyat istibdod yillarida har jihatdan kamsitildi. Oqibatda, masalan, o`zbek xalqi tasavvur falsafasini va uning mashhur namoyondalarini o`rganishdan maxrum edi. Õuquq sohasida esa Markaziy Osiyo sivilizatsiyasining huquqshunoslik borasidagi buyuk xizmatlari inobatga olinmadi, axloqiy qarashlar va ijtimoiy falsafaga tegishli chuqur mazmunli asarlar bir tomonlama yoritildi. Bularsiz mustaqil O`zbekistonning ma`naviyati kemtik, to`laqonli emasdir. Ma`naviyatimizning bor kuchi, mazmunining chuqurligi va rang-barangligi, uning ko`hna tarixining qa`riga singib ketganligini, hozirgi salohiyati cheksiz ekanligini to`la ravishda ko`rsatmoq uchun “Avesto” va zardushtiylik ta`limotidan, axloq va musavvirlik san`atidan boshlab, Farobiy, Navoiy, Bobur, Furqat, Behbudiy va Fitrat orqali to hozirgi kunlarga, uning butun bir zanjirini, tevaragidagi novdalarini qamrab turadigan yaxlit silsilani yaratmog`imiz zarur. Bu borada ishlar kun sayin, yil sayin kengayib va tezlashib bormoqda.




Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish