Boshlang ‘ich sinflarda matematika darsiga tayyorlanish
Matematika darsiga tayyorlanishda birinchi navbatda o'quvchi- larga yangi dars materiali yuzasidan qanday me’yorda tayyorlan- ganligini, buning uchun nimani takrorlash zarurligini aniqlash kerak.
0‘qituvchi matematika dasturini, ishchi rejasini, dars I ik va o‘quv qoMlanmalarini, metodik adabiyotlami va ko‘rsatmali qurol- lami hozirlagandan keyin navbatdagi darsga tayyorgarlikni bosh- laydi. Eng avvalo navbatdagi dars matematika dasturida qaysi o'rinda, qaysi mavzular bilan bog'liq holda, tushunchani nimalarga bog'lab tushuntirish kcrakligini aniqlaydi. Bu savollaming hammasi bayon qilinganidan keyin darsning asosiy didaktik maqsadini xususiyatini qat’iy o'matish kerakligi kelib chiqadi. Bu esa darsning
mazmunini aniqlashga yordam beradi. Darsning didaktik maqsadida uning mazmunidan darsning bir tizimga kiladi, ya'ni darsning alo- hida boMimlarining birlashishi, ulaming organik birligi darsning qismlarini toMdiradi va o‘zaro bir-birini bogMaydi. Darsning reja yoki matnini tuzishda mavzuning didaktik maqsadiga javob bemv- chi asosiy qismlami tuzishdan boshlash kerak. Agar dars yangi bilimlami bayon qilisbdan iborat bo‘lsa, masalan: uch xonali sonlami yozma qo'shish haqidagi mavzu bo‘lsa, o'qituvchi oldin o'quvchi- larga yozma qo'shish algoritmini bayon qilishni, undan keyin esa o'tgan darsdan nimalami takrorlash kerakligini, bu asosda yangi mavzuni yaxshi o’zlashtirish mumkinligini, ya’ni, mavzudan oldin uy vazifasini tekshirish zarurmi yoki yo‘qmi, yangi mavzuni o'zlashtirish uchun o'quvchilarga qaysi topshiriqni tavsiya qilish- ligini o‘ylab ko‘rishi kerak. Shundan keyin o‘qituvchi qaysi o‘quv materiali bilan darsning ayrim qismini toMdirish zarurligini, o‘qiti- shning qaysi metod va usullarini qoMlash, qanday ko'rgazmali qurollarni tayyorlash va qoMlash mumkinligini hisobga oladi.
Darsning bar bir boMimini bajarish uchun qancha vaqt talab qilishni aniqlash zarur. Tabiiyki, darsning eng katta qismi darsning asosiy didaktik maqsadini amalda oshirishga qaratilishi zarur.
Darsga tayyorgarlik ko‘rishda o'quvchilarga beriladigan vazi- fani bajarish usuiarini ko’rsatish, ya’ni misol va masalalami yechib qo'yish, sxematik yozuv va grafik ishlarini tayyorlab qo’yish, o'qituvchining o‘zi uchun foydalidir. Darsning maqsadi va mazmuni aniqlangandan keyingina darsning rejasi yoki matni yoziladi.
Darsning rejasida mavzu va didaktik maqsad, foydalaniladigan ko'rgazmali qurollar ko'rsatiladi. Tartib bo'yicha dars boMimlarining tarkibiy nomi va uning mazmuni, mumkin qadar taxminiy vaqt ko’rsatiladi.
Dars matnida barcha mulohazalar mumkin qadar toMaroq yo- ritiladi. Suhbat olib borishga yordam beradigan savollaming ham- masi ko'rsatiladi, o'quvchilardan kutadigan javoblar yoziladi.
Misol va masalalar yechishda foydalaniladigan ko’rgazmalar yoziladi. Shunday qilib o'qituvchi quyidagi vazifalami bajarishi lozim.
O'quv dasturi va o’qituvchi rejasida darsning o'mini aniqlash.
Darsning asosiy didaktik maqsadini aniqlash.
Dars mazmunini aniqlash.
Dars bosqichlarini tuzib chiqish.
Dars rejasini tuzish.
Dars matnini yozish.
Dars o'tish metodlarini aniqlash.
Har bir bosqichga sarflanadigan vaqtni aniqlash.
Darsda va uyda beriladigan misol masaialami bajarish.
Ko‘rgazmali qurollami tayyorlash vah.k.
Matematika darsini о tkazish
Matematika darsining reja yoki matni o'qituvchiga o'quvchilar bilan bajaradigan ish turining umumiy yo'nalishi va ketma-ketligi, misollar, algebraik ifoda namunalarini ko'rsatib turadi.
0‘qituvchi dars o'tishda tuzgan reja yoki matndan erkin foydalanadi, ba’zan tuzgan rejasidan chekkaga chiqish zarurati tug‘iladi. Masalan, o‘quvchilar o‘qituvchining bayonini tushunishi qiyini boMsalar, qo'shimcha tushuntirish o'tkazadi, o'quvchilar tushunishga qiynalgan bo'lsalar zaruriy yordam ko‘rsatadi. Bilimlarni mustah-kamlash uchun ba- jarilgan mashqlar yetarli bo‘lsa, ba’zilarini qoldirish mumkin. Bilimlarni o‘quvchilar qanday tushunganligini bilish maqsadida so'rash, top- shiriqlami bajarishini tekshirib ko'rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |