M. E. Jumayev, Z. G'. Tadjiyeva



Download 3,82 Mb.
bet5/63
Sana13.06.2022
Hajmi3,82 Mb.
#665295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
BOShLANG‘ICh SINFLARDA

Nazorat savollari
1.1-4 sinflarda matematika o'qitishning asosiy vazifalari nima- lardan iborat?

  1. Bolalami matematika kursini o‘rganishga tayyorlashning asosiy vazifalarini sanab chiqing.

  2. 1-3 va 4-5 sinflarda matematika o'qitishdagi izchillikni amalga oshirishning asosiy yo'llari qanday?

  1. §. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish
    metodikasining didaktik tamoyillari


Har bir talaba bilisbi kerak:

  1. onglilik tamoyili;

  2. ko‘rsatmalilik tamoyili;

  3. ilmiylik tamoyili;

  4. ketma-ketlik tamoyili;

  5. puxta o'zlashtirish tamoyili va hokazolar;

  6. boshlang'ich maktabda algoritmlar va algoritmlarga o'rgatish metodikasi. I

bilimlami tekshirishni o'z ichiga oladi. Yangi materialni bayon qilish bar doim mashqlar bajarish bilan davom ettiriladi.
Maktablar tajribasi darsning ma’Ium tizimini yaratdiki, ko'pchilik o'qituvchilar bu tizimga rioya qilib, ma’lum yaxshi nati- jalarga erishmoqda. Odatda darsning boshida uy vazifasi lekshiriiadi yoki o‘tgan mavzu lakrorlanadi, so'ngra o'tgan mavzu yuzasidan savol-javob o'tkaziladi. Shundan keyin yangi material bayon etiladi va uni mustahkamlash uchun o'quvchilarga misol va masalalar yech- diriladi yoki nazorat savollari beriladi. Dars oxirida uyga vazifa to‘g‘risida ko'rsatmalar beriladi.
Ba’zan, bu maqsadlardan bittasiga bag'ishlanishi mumkin. Ana shu bitta maqsadni darsning asosiy didaktik maqsadi deyiladi va boshqalar unga bo'ysinadi.

  1. Matematikadan dars turlari

Boshlang'ich sinflarda matematikadan quyidagi dars turlarini ko'rsatish mumkin.

  1. o'quvchilami yangi tushunchalar bilan tanishtirish, yangi bilim va ko'nikmalami hosil qilish darslari (Bu darslarda hisoblash, grafik yoki masala yechish bilimlari hosil qilinadi);

  2. turli xil mashqlar yordamida yangi bilim, malaka, ko'nikmalami mustahkamlash darslari;

  1. o'tilganlami takrorlash, umumlashtirish darslari;

  2. keyingi bosqichda xalolaming oldini olish maqsadida mustaqil bilim, malaka va ko'nikmalami tekshirish darslari.Har bir darsda turli xildagi didaktik maqsadlar amalga oshirilishi mumkin: uy vazifasini tekshirish; darsning vamavzuning maqsadini bayon qil­ish; oldin o'tilganlami takrorlash bilan o'quvchilami yangi materi­alni o'zlashtirishga tayyorlash; og'zaki hisoblash uchun maxsus mashqlar, yangi materialni o'rganish (darsning asosiy bo'limi); bola- larning oldin o'zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash; o'rganilgan bilimlami hisoblash; mashq, bilim va malakalami qo'llash (darsning asosiy bo'limi); o'quvchilami mustaqil ishlatish va uni tekshirish; oldin o'zlashtirilgan materiallami takrorlash; uyga vazifa berish; darsni xulosalash.

Darsning asosiy qismlarini turli xilda va turli metodlar bilan birga qo'shib olib borish mumkin.
0‘qituvchi dars rejasini tuzishda quyidagilami e’tiborga olishi kerak. Dars qanday qismlardan iborat bo'lishi, ularni qanday ketma- ketlikda joylashtirish, ular o‘rtasida o'quv materialini qanday taqsim- lash, bu qismlar bir-biriga qanday bog'lanishda, ular darsning asosiy didaktik maqsadim amalga oshirishda yetarli miqdorda yordam ber- ishini hisobga olishi kerak.
Boshlang'ich sinfda matematika darsining har bir qismi umumiy didaktik masalalami bajarishga qaratilmog'i kerak. Darsning qismlari asosiy didaktik maqsadga qarab o'zaro bog‘langan bo'lishi kerak. Alohida dars turlarining tarkibini qarab chiqamiz.
Masalan: o'quvchilami yangi tushunchalar bilan tanishtirish, yangi bilim va ko'nikmalami hosil qilish darslari.
Darsning borishi. Darsni maqsadga muvofiq shunday boshlasb kerakki, barcha o'quvchilami, o'quv vazifalarini faol bajarishga dar- hol tortadigan bo'Isin. Shu maqsadda uncha katta bo'lmagan mustaqil ishlarni kartochkalarga yozib borish kerak, bu esa o'quvchilardan masala shartini yozmasdan hisoblash natijalarinigina yozishni talab qiladi. Bunday mustaqil ishlar o'quvchilami yangi ma- terialni o'zlashtirishga tayyorlaydi.
Darsning birinchi qismida agar uy vazifasi mazmun jihatdan yangi materialga bog‘liq bo‘lsa, uni tekshirish ham mumkin. Agar uy vazifasi yangi mavzuga bog1 liq bo'lmasa, yangi mavzuni o'tishda o'quvchilar uni qo'llamasa, u holda yangi bilimlami bayon qihsh darsida uy vazi- fasini tekshirish shart emas. Shunday qilib darsning birinchi qismi о‘quvchilaming faolligini va diqqatini yo'naltirishga qaratilmog'i lozim, bu bosqichga uncha ko'p vaqt sarf qilmaslik kerak.
0‘quvchilar diqqatini yo'naltirish usullaridan yana biri darsning mavzusi va maqsadini aniq tushunarli e’lon qilishdir. Bunda albatta o'quvchilaming qiziqishini orttirish va muammoli vaziyat yaralish zarur. Masalan: o'quvchilar faqat hisoblashning og'zaki usuli bilan tanish bo'lsalar, ularga ikkita uch xonali sonlami qo'shish tavsiya qilinsa, bunday holatda o'quvchilar o'zlarining ortiqcha bilim va malakalarini qo'llaydilar. O'quvchilar ma’lum qiyinchiliklardan o'tadilar. Shunday qilib, oldindan o'rganilgan hisoblash jarayonlari bilan bu misolni bajarish qiyin emasligiga ishonch hosil qiladi. Yangi og'zaki usulni o'zlashtirish kerak. Dars ana shu usulga bag'ishlangan bo'ladi.
Ikkinchi holda darsda o‘quvchilar bilan qisqacha suhbat bilan olib borilishi mumkin. Bunday darsdan bir xonali sonlami ko'paytirishni tushuntirishda foydalanish mumkin.
Yangi o‘quv materialini o'zlashtirishga o'quvchilaming faol tayyorlash maqsadida oldin o'zlashtirilgan materiallar takrorlanadi, takrorlash xarakteridagi materiallar ko‘pincha og‘zaki hisoblash orqali bajariladi. Shuningdek, yangi materialni o‘zlashtirishga qaratilgan misol va masalalami mustaqil yechish ham mumkin.
Darsning ikkinchi qismida yangi matematik tushuncha beriladi yoki arifmetik misollaming yangi turi yechiladi. Bu o'quvchilaming bayoni yoki suhbati orqali olib boriladi. Ba’zan o'quvchiga buni mustaqil tanlab olish ham tavsiya qiladi. Masalan, oldin o‘ti1gan mavzuga bog'liq holda masala yoki misol yechish maqsad qilib olingan bo'lsa, u holda o'quvchilar bu misollami mustahkamlash, mustaqil yechish orqali o‘zlarining bilim va malakalarini oshirishlari mumkin.
Yangi materialni mustahkamlash. Bu bosqichda o'quvchi- larga keltirib chiqarilgan, xulosa, muhokamalami esga olish, undan keyin mustahkamlash xarakteridagi vazifa berilishi kerak. Bu vazi- fani bajarish yordamida o‘tilgan yangi bilim mustahkamlanadi va birinchi bor amaliyotga tatbiq qilinadi. Birinchi vazifalar odatda jamoa bo'lib bajariladi. Ba'zan esa misol-masalalar mustaqil bajaril- gandan keyin, o‘quvchilardan birortasi doskaga chiqib shu qoidaning to‘g‘riligini misol, masala yechish orqali ko'rsatib beradi.
0‘quv materialining murakkabiigiga qarab har qaysi bosqichda rasional bo'lgan yo‘l topiladi.


  1. Download 3,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish