Mavzu:
“ L” Tovushini nutqga qo’yish. Postonofka
Ta’limiy:
L” tovushini to’g’ri talaffuzini o’rgatish.
Tarbiyaviy:
Gavdani to’g’ri tutishga o’rgatish o’quvchi diqqatini mashg’ulotga qaratish.
Korreksion:
Nutqini o’stirish, lug’at boyligini oshirish, tovushlarning talaffuz kamchiliklarini aniqlash va tuzatish. Artikulyasion apparat, umumiy, mayda qo’l va barmoqlar matorikasini rivojlantirish, to’g’ri nutqiy nafas olish va chiqarish, kinestetik sezgilarni shakllantirish. Fonematik idrok, so’zlarni tovush-harf analizini rivojlantirish. Tafakkur, idrok va xotira jarayonlarini rivojlantirish.
|
I.Tashkiliy qism:
-Salom bolajon;
-Yaxshi keldingmi?,charchamadingmi?
-Tashqarida hozir ob-havo qanday,
-Sovuq qotmadingmi?
-kasal bomasliging uchun issiq kiyinishing kerakmi?
-hozir qaysi fasl?
-Kuzda tabiatda qanday o’zgarishlar bo’ladi?
-Kuzda nechta oy bor?
-hozir qaysi oy?
-haftaning qaysi kuni?
II. Artikulatsion mashqlar:
-Kel sen bilan birgalikda oynaga qarab to’g’r io’tirib olamiz. Meni diqqat bilan kuzat va ortimdan takrorla.
1. Til mashqlari:
-Hozir tilimizni keng qilib chiqaramiz, endi esa ilonga o’xshab tilimizni ingichka qilib chiqaramiz. Endi “shirin murabbo”mashqini qilamiz. Tishlarimiz kir bo’lib qoldi ularni tozalaymiz.
2. Lab mashqlari:
-Agar xafa bo’lsak lablarimizni cho’chaytiramizmi?
-Agar xursand bo’lsak kulamizmi?
-Lablarimizni bir-biri ustidan qoplaymiz.
-A, O tovushlarini talaffuz qilamiz.
3. Jag’ mashqlari”
-Sen saqich chaynaysanmi?
Saqichni qandaychaynaysan, qani bireslab ko’rchi.
- .Keyin og’zimizni ochamiz.
4. Nafas mashqlari:
-Hozir sen bilan turlicha nafas olishni mashq qilamiz:
-birinchi havoni burundan olib burundan chiqaramiz;
-endi og’izdan olib burundan chiqaramiz;
-og’izdan olib og’izdan chiqaramiz;
-burundan olib og’izdan chiqaramiz.
-Bu shamni puflab o’chir;
-Endi “qaysar sham” ni o’chira olarmikansan.
- Kel man bu chiroyli gulni hidlaymiz
III. Asosiy qism
L tovushini nutqga qoyish
Kel hozi sen bilan rubob o’yinini o’ynaymiz.
Birgalikda sen bilan qoshiq aytamiz
Boshladik
Qoshig’imiz ostida
Lay lum la la lum
Davraga tush mohlaroy
Lay lum la la lum
Bizlar qo’shiq aytaylik
Lay lum la la lum
Barcha raqsga tushsin
Lay lum la la lum
Barakalla
Sen porovozzi korganmisan
Mana uni rasmi
Uni qanday ovoz chiqarishini bilasanmi
Kel birgalikda porovozzi ovozini talaffuz qilamiz
Lllllllll lllllll barakalla
IV. Jismoniy daqiqa
Kapalagim kapalak
Quchgil osmonu falak
Sakrayver guldan gulga
Raqsing yoqar hammaga
Barakalla
V.Fonematik idrokni rivojlantirish:
-Hozir men senga bir qator tovushlarni aytaman sen esa ularni ichidan “J”tovushini eshitganingda chapak chalasan. R-s-l-j-l-f-sh-j-l-k-sh-j-g-j-q-l-a-j-sh-m-j
-Barakalla!
VI.Lug’at ustida ishlash
-hozir men sengabir nechta rasmlar ko’rsataman
Sen ularni nomlarini togri aytishing kerak
Olmaxon
Lola
Fil Laylak
Lenta Limon
Likopcha lampa
Stul olma gul
Gilam sholg’om bolta
Sen menga L tovushi ishtirok etgan rasmlarni ajratib ber
Qani aytchi L tovushi sozning qayerida kelyapti
Hozi sen bilan bu sozlarni bo’ginlab olamiz
VII.Baholash va yakunlash:
-Senga bugungi mashg’ulotimiz yoqdimi?
- mashg’ulotimizga yana kelasanmi?
-barakalla
Mashg’ulotda yaxshi qatnashganing uchun senga smaylik beraman.
-Barakalla!
VII. Uyga vazifa
-Sen bilan birga qilgan barcha mashqlarimizni takrorlab kel va “L” tovushi ishtirok etgan yangi so’zlar topib kel.
|
Yil fasllari va hafta kunlari tasvirlangan rasmlar.
Paxta sham shar
Telfon ovozi yozilgan audio
“J” harfiga oid kartochkalar
Rasmli kartochkalar
|
5
5
1
3
|