Variant №25
M arketihgda axborot tizimi
marketing qarorlarini tayyorlash, qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ishonchli axborotlarni tayinlangan vaqtda tahlil qilish va taqsimlashga mo‘ljallangan xodimlar, uskuna va amallar jamlanmasidir.
MAT marketing xizmati rahbarlari va mutaxassislari uchun zarur bo‘lgan ichki va tashqi manbalardan olingan ma’lumotlar shaklini o‘zgartiradi. Ichki axborot mahsulotga buyurtmalar, sotuv hajmi, jo‘natilgan mahsulotlar, zaxiralar miqdori, jo‘natilgan mahsulot uchun amalga oshirilgan to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Tashqi manba ma’lumotlari joriy tashqi axborot (marketing razvedkasi) va marketing tadqiqotlari olib borish jarayonida olinadi.
Axborotning to‘liqligi, haqqoniyligi, ishonchliligi, tizimliligi, o‘z vaqtida taqdim etilganligi va davriyligiga nafaqat yangi mahsulot taqdiri, balki ba’zan firmaning taqdiri ham bog‘liq bo‘ladi.
Tashkilotlar atrofidagi o‘zgarishlarning tezligi oshib borayotgan sharoitda raqobatda o‘z ishini Bill Geyts “elektron asab tizimi” deb nomlagan eng yangi axborot texnologiyalari asosida tashkil qilganlar yutib chiqadilar. Quyidagi so‘zlar unga tegishli: “Elektron asab tizimi” elektron jarayonlar majmuasidir. Uning yordamida kompaniya dunyoni ko‘radi va mos ravishda undagi o‘zgarishlarga javob qaytaradi, xoh u raqobatchilar qo‘rg‘onidagi yangi hodisa bo‘lsin, xoh mijozlarda yuzaga kelgan yangi talab bo‘lsin.
“Elektron asab tizimi” ni yaratish uchun qurilmalar va dasturiy ta’minot talab qilinadi. Oddiy kompyuter tarmog‘idan uni aniqlik, tezkorlik va taklif qilinayotgan axborotning qamrov kengligi ajratib turadi. “Elektron asab tizimi” biznesni fikr tezligida yuritish imkonini beradi, bu esa XXI asrda muvaffaqiyat garovi hisoblanadi”. Zamonaviy iqtisodiyotda marketing tadqiqotlarining roli katta. Ularga qilinayotgan xarajatlar o‘sib bormoqda va bu xarajalar o‘zini oqlamoqda. Rivojlangan mamlakatlarda sotilgan mahsulotning har ming dollariga 6 dollardan to‘g‘ri keladi.
Dala usulining ahamiyati.
Dala usuli bilan axborotda birlamchi ma’lumotlar to‘g‘ridan to‘g‘ri bozordan, korxonada, maxsus tanlangan joylarda so‘rov, eksperimentlar va kuzatishlar orqali to‘planadi;
Kabinet va dala usuli aralashmasi: kabinet usulida ikkilamchi va mavjud axborotlar yig‘iladi, dala tadqiqotlari orqali esa yangidan ma’lumotlar yig‘iladi. Dala usuli bilan axborotlar, yuqorida aytilganidek, kuzatuv, eksperiment va so‘rov yo‘llari bilan yangidan yig‘iladi.
Kabinet usulining samaradorligi
Kabinet axborot to‘plash usuli bilan boshqa maqsadlarda: davlat statistikasi, soliq idoralari, tijorat banklariga oid va boshqa talab etiladigan maxsus hisobotlardan hamda matbuotda e’lon qilingan maqolalar, nashr etilgan adabiyotlardagi va internet orqali berilgan reklama vositalaridagi axborotlar yig‘iladi;
Kabinet va dala usuli aralashmasi: kabinet usulida ikkilamchi va mavjud axborotlar yig‘iladi, dala tadqiqotlari orqali esa yangidan ma’lumotlar yig‘iladi. Dala usuli bilan axborotlar, yuqorida aytilganidek, kuzatuv, eksperiment va so‘rov yo‘llari bilan yangidan yig‘iladi.
26 varyant
1. K orxona m arketing xizmati.
Marketingni boshqarish kontseptsiyalari va ularning mohiyati.
Marketing konsepsiyasi – bu bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va sotish faoliyatini boshqarish haqidagi ilmiy asoslangan tasavvurlar tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |