Variant №28
1. Tovarlar guruhi va turkumlanishi.
2. M arketing tizim ida narx tushunchasi va narxning shakllanishi.
3. M arketing muhiti
Variant №29
1. Jam oatchilik bilan aloqalar(pablik rileyshnz) va uning mohiyati.
2. Bozorning tadbiq etish usullari
3. M arketingda sotuvni ragbatlantirish
Variant №30
1. Reklamaning vazifalari
Insoniyat paydo bo‘lgandan buyon savdo inson taraqqiyoti bilan hamohang ravishda shakllanib kelgani sir emas. Savdo rivojlanib, savdogarlar o‘rtasida bozor va xaridorlar jihatidan ustunlik va yetakchilikka harakat qilish ular o‘rtasidagi narx va sifat vositasida raqobatni keltirib chiqardi. Endi ular o‘z mahsulotlarini maqtab xaridorda nisbiy afzallik va moyillikni kuchaytirishga o‘tdilar. Bu raqobat o‘z navbatida reklamaning paydo bo‘lishiga olib keldi. Tarixiy manbalar shundan darak beradiki, dastlab misrliklar tijorat maqsadlari uchun papirusga bitilgan savdo narxlari yozilgan mayda xabarlar va devoriy xabar matnlarini qo‘llaganlar. Pompeya xarobalari va Qadimgi Arabistonda tijoriy xabarlar va siyosiy namoyishlar lavhalari ham topilgan. Devorlarga o‘yib yoki chizib ishlangan tasvirlar reklamaning qadimgi turlaridan hisoblangan va kelib chiqishi Hindistonga borib taqalib, miloddan avvalgi 4000-yilda paydo bo‘lgan. Yana tarixdan shu narsa ma’lumki, reklamaning ilk ko‘rinishlari uy tashqarisidagi reklamalar (qadimgi davrlarda xizmat ko‘rsatish joylari xizmat ko‘rsatuvchilar uylarining bir qismida qurilgan) va devorga ilingan e’lonlar bo‘lgan.
5. M arketing tizimida narx strategiyasi
6. M arketing muhiti
Marketing muhiti — korxona (firma, kompaniya) marketing va boshqa xo‘jalik faoliyatini amalga oshiradigan muhit. Tashqi va ichki atrof-muhit marketingi farqlanar ekan, muhitning nazorat qilinadigan va nazorat qilinmaydigan omillari alohida ajratib ko‘rsatiladi. Har qanday korxona (firma, kompaniya) o‘z tovarlarini yetkazib bergan va xaridorlarni tegishli axborotlar bilan ta’minlagan holda bozor bilan aloqada bo‘lib faoliyatini amalga oshiradi. O‘z navbatida, firma (kompaniya) bozordan realizatsiya qilingan tovarlar va xizmatlarning puldagi ekvivalenti va yana o‘zga axborotlarni ham oladi. Bir butun yaxlitlik sifatida berk tizim vujudga keladi. Uning barobarida yana bir yopiq tizim mavjud bo‘lib, unda kompaniya (firma) xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar yetkazib beruvchilarga, hukumat organlarining turli xildagi normativ hujjatlariga, banklar hujjatlariga nisbatan qabul qilib oluvchi bo‘g‘in sifatida ish ko‘radi. Bunga javoban korxona (firma, kompaniya) ham tegishli axborotlar va pulni yo‘naltiradi. Natijada esa korxona (firma, kompaniya) marketingda tashqi muhit bilan chambarchas bog‘lanadi. Tashqi muhit tashkilot maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan darajadagi ichki potensialni saqlab turish uchun zarur bo‘lgan resurslar bilan ta’minlovchi manbalar hisoblanadi. Demografik, iqtisodiy, ekologik, ilmiy-texnikaviy, siyosiy va madaniy omillar ana shular sirasiga kiradi.Tashqi marketing muhiti - firma tashqarisida harakatlanadigan subyektlar jamlanmasi bo‘lib, ular hamda firma o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar, rahbariyat va marketing xizmati imkoniyatlari, xaridorlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish va uni saqlab qolishda ta’sir qiluvchi holatlardir. Marketing muhitini hosil qiluvchi asosiy omillar 4.3-rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |