185
belgilanadi. Ushbu turlar mazmuni va tabiati jihatidan farq qiladi va qabul qilingan
shartnomalar bo'yicha majburiyatlarni mos ravishda matematik o'lchashni talab
qiladi. Aktuar hisob kitoblarni bir necha belgilariga ko'ra tasniflash mumkin.
Aktuar hisob-kitoblarning nazariy asoslari XVII asrda D.Graund, Ya. De Vitt,
E. Galley kabi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan hamda hozirgi paytda ancha
takomillashtirilgan.
Sug’urta tarmoqlariga ko’ra aktuar hisoblar shaxsiy sug’urta bo’yicha hisob-
kitoblar, mol-mulk sug’urtasi va javobgarlik sug’urtasi bo’yicha aktuar hisob-
kitoblarga guruhlanadi. Vaqt ko’rsatkichlari esa reja asosidagi hisob-kitoblarga
guruhlanadi. Bu hisob-kitoblar kelajakda ushbu sug’urta
turini amalga oshirishda
sug’urtalovchiga tayanch bo’ladi.
Shuning uchun bu aktuar hisob-kitob turi kelgusidagi hisob-kitob deb ham
ataladi.
Rejali aktuar hisob-kitoblar yangi sug’urta turini joriy qilish vaqtida risklar
kuzatuvi bo’icha ko’rsatkichlar mavjud bo’lmagan taqdirda qo’llaniladi. Bunday
holatda sug’urta kompaniyasi tomonidan mazkur sug’urta turiga o’xshash sug’urta
turlari bo’yicha o’tkazilgan operatsiyalari natijalari asos qilib olinadi. Ma’lum bir
muddat (uch yildan kam bo’lmasligi kerak) o’tgandan so’ng olingan statistik
ma’lumotlar tahlil qilinadi va rejali aktuar hisob-kitoblarga tegishli o’zgartirishlar
kiritiladi.
Boshqaruv xususiyatlariga ko’ra aktuar hisob-kitoblar
respublika miqyosida
aktuar hisob-kitoblar, viloyatlar miqyosidagi aktuar hisob-kitoblar va ma’lum bir
sug’urta kompaniyasi miqyosidagi aktuar hisob-kitoblarga bo’linadi. Respublika
miqyosida aktuar hisob-kitoblar respublikadagi sug’urta bozoriga tegishli,
viloyatlar miqyosidagi esa viloyat xususiyatlariga ko’ra ishlab chiqiladi, shu bilan
birgalikda har bir sug’urta kompaniyasi o’z zaxira fondiga ko’ra aktuar hisob-
kitoblarni ishlab chiqadi.
Shunday qilib, har xil aktuar hisob-kitoblar sug'urtalovchi va sug'urtalangan
shaxs o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi matematik va statistik qonunlar
tizimidir. Birinchidan, bu uzoq muddatli sug'urta operatsiyalarida sug'urta
fondini
186
shakllantirish va sarflash mexanizmi, har qanday sug'urta turi uchun tariflarni
hisoblash usuli, shuningdek
sug'urta
fondini shakllantirishda har bir
sug'urtalovchining ulushini aniqlash vositasidir.
Aktuar hisob-kitoblarni yuritishda sug’urta statistikasi ma’lumotlaridan
foydalaniladi. Sug’urta statistikasi sug’urta ishining
umumlashgan yakuniy
ko’rsatkichlarini qayta ishlash usullarini, sug’urta operatsiyalarining takrorlanish
tizimini o’rganishni o’zida mujassamlashtiradi. Sug’urta statistikasining asosiy
ko’rsatkichlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
N-sug’urta obyektlari soni;
L-sug’urta
hodisalari soni;
M-sug’urta hodisasi ro’y berganda zararlangan obyektlar soni;
P-yig’ilgan sug’urta badallari summasi-S
B-to’lab berilgan sug’urta qoplamasi summasi;
C-jami sug’urta obyektlari sug’urta summasi;
Cm-jami sug’urta jamlanmasidan zaralangan obyektga to’g’ri keladigan
sug’urta summasi-Sz.
Sug’urta amaliyotida yuqorida qayd etilgan ko’rsatkichlarning
tahlili
qo’llaniladi. Tahlil jarayonida quyidagi ko’rsatkichlar hisobi yurutiladi:
sug’urta hodisalarining uzliksizligi;
zararlilik koeffitsiyenti;
bitta zaralangan sug’urta obyektiga to’g’ri keladigan o’rtacha sug’urta
summasi;
risk yuki;
zararlilik normasi;
zarar og’irligi;
zarar davriyligi.
Sug’urta hodisalarning uzluksizligi (Rc) bir sug’urta obyektiga to’g’ri
keladigan sug’urta hodisalari soniga bo’lish orqali aniqlanadi:
Rc=L/N
Bu yerda Rc-sug’urta hodisalarining uzluksizligi;
187
L-sug’urta hodisalari soni(donada);
N-sug’urta obyektlari soni(donada).
Zaralik koeffitsiyenti (Ku) yoki zarar koeffitsiyenti jami sug’urta jamlanmasi
summasiga bo’lish orqali aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: