Aktuar hisob-kitoblar (actuarial science) -
har xil moliyaviy faoliyat
turlarida, birinchi navbatda sug'urta sohasida tomonlarning moliyaviy
munosabatlarini baholashda ishlatiladigan matematik, statistik, moliyaviy,
demografik va iqtisodiy usullar to'plami.
Aktuar hisob-kitoblar ob'ektni sug'urta qilish uchun zarur bo'lgan
xarajatlarni aniqlashda ishlatiladi. Bu tarif stavkalarini hisoblash va sug'urta
qildiruvchi va sug'urtalovchi o'rtasidagi moliyaviy munosabatlarni aniqlash,
sug'urta kompaniyasining bozordagi mavqeini baholash, uning ishonchliligi va
moliyaviy natijalarini tahlil qilishda foydalaniladigan statistik va iqtisodiy-
matematik usullar tizimidir.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, aktuariy bir necha ilmiy fanlar, ya’ni,
xavflarni hisoblash bilan bog'liq matematikani (ehtimollik nazariyasi, matematik
statistika, tasodifiy jarayonlar nazariyasi, aktuar va moliyaviy matematika,
ekonometrika, xavflarni boshqarish), iqtisodiyot, huquq, axborot tizimlari,
demografiyani yuqori darajada biladigan noyob mutaxassis bo'lishi kerak. Aslida,
174
butun sug'urta tizimining barqarorligi, aktuarilarning mahoratiga va bilimlariga
bog'liq.
Hozirgi innovatsion iqtisodiyot sharoitida sug'urta aktuarilarining asosiy
vazifalari ko'lami juda keng bo'lib, quyidagilarni o'z ichiga oladi:
barcha sug’urtalanadigan risklarni hisoblash va guruhlash ya’ni risklarni
klassifikatsiyalash;
xavflarni boshqarish va baholash (shu jumladan, anderraytingdan
foydalangan holda);
sug'urta voqealari yuz berishining statistik ehtimolini hisoblagan holda,
hodisalar takroriyligini baholash;
sug'urta hodisasi yuz berganda zararni alohida risklar yoki to’liq portfel
bo'yicha taqsimlashni aniqlash;
kompaniyaning moliyaviy barqarorligi va to'lov qobiliyatini, sug'urta
portfelining mahsulotlar, filiallar, agentliklar, savdo liniyalar va boshqalar
kesimida zararliligini har tomonlama tahlil qilish;
sug’urta shartnomalarining uzoq va qisqa muddatli xususiyatlarini hisobga
olgan holda har bir sug'urta turi uchun tarif stavkalarini belgilash;
sug'urta mahsulotlari tannarxini hisoblash, ish-yuritish xarajatlarini
matematik asoslash;
kompaniyaning sug’urtalash, qo'shma sug'urtalash, qayta sug'urtalash,
o'zaro sug'urtalash bo’yicha majburiyatlarini bajarish uchun yetarli bo’lgan
sug'urta zahiralarini aniq sug’urta turlari va amaldagi qonunchilikdan kelib
chiqqan holda baholash, zahiralarning yo'qotishlarni qoplashini tahlil qilish;
kompaniyaning ma’lum ishonch bilan yashab qolishini (buzilmasligini)
ta'minlovchi sug'urtalovchining o'z mablag'lari hajmi va tuzilishini aniqlash
(ustav kapitali, zahira kapitali, qo'shimcha kapitali, taqsimlanmagan daromad);
qayta sug'urtalash yordamida kompaniyaning barqarorligini oshirish
imkoniyatlarini tahlil qilish, qayta sug'urtalash shartnomasining turli shartlarida
qayta sug'urtalash badallarini hisoblash; qayta sug'urtalash himoyasini
optimallashtirish;
175
investitsiya qilish riskini va sug'urtalovchi tomonidan to'plangan sug'urta
mukofotlarini joylashtirishning boshqa usullarini baholash;
sug'urta kompaniyasining sug'urta bozorida mavqeini baholash va
vaziyatga qarab, kompaniyaning pozitsiyasini mustahkamlash bo'yicha hisob-
kitoblar bilan tasdiqlangan tavsiyalarni shakllantirish va boshqalar.
Aktuarilar zimmasiga yuklatilgan vazifalarning muhimligini inobatga olgan
holda, ko'p mamlakatlarda aktuarilar faoliyati davlat tomonidan tartibga solinadi.
Bir qator mamlakatlarning sug'urta qonunchiligi ushbu sohada mutaxassisning
kasbiy bilim darajasini tasdiqlovchi va sug'urta kompaniyalari bilan professional
maslahat va hamkorlik qilishga imkon beradigan aktuar sertifikatini talab qiladi.
Sertifikat Milliy aktuarilar assotsiatsiyasi yoki London aktuarilar instituti
tomonidan malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan nomzodga beriladi.
Xalqaro aktuar uyushmasi tomonidan bir qancha asosiy fanlar ro'yxati
tasdiqlangan bo’lib, bular moliyaviy matematika; ehtimollik nazariyasi va
matematik statistika; iqtisodiyot; buxgalteriya hisobi; modellashtirish; statistik
usullar; aktuar matematika; hayotni sug'urtalash; umumiy sug'urta; pensiyalar;
tibbiyotni moliyalashtirish; investitsiyalar va aktivlarni boshqarish; aktuar
boshqaruvi asoslari; professionallik kabilarni o’z ichiga oladi.
Aktuarilarni tayyorlash dunyodagi eng qimmat ta’lim berish turlaridan biri
hisoblanib, masalan, Angliyada to'liq kurs uchun 100 ming funt sterlingdan
ko'proq pul talab qilinadi. Aktuariylikga nomzodlar kamida 15 ta imtihon
topshirgan holda uch bosqichli malaka sertifikatidan o'tishadi.
O’zbekiston Respublikasida esa Moliya vazirining 2007 yil 6 sentabrdagi
82-son buyrug’i bilan “Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi” to’g’risidagi
nizom tasdiqlangan.
Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil
10 apreldagi PQ-618-son “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qaroriga muvofiq aktuariy malaka
sertifikatini berish, amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini to’xtatish va
bekor qilish tartibini belgilaydi.
176
Aktuariy malaka sertifikati - jismoniy shaxsga, agar u aktuar tashkilot shtatida
bo’lsa yoki u bilan aktuar tashkilot o’rtasida fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma
tuzilgan bo’lsa, aktuar xizmatlarini ko’rsatish huquqini beruvchi hujjat.
Bu sertifikat da’vogarga malaka imtihoni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan beriladi. Malaka imtihoni
topshirish uchun da’vogarlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a)
iqtisodiyot, matematika va informatika oliy ta’lim yo’nalishlari va
ixtisosliklaridan biri bo’yicha O’zbekiston Respublikasi oily ta’lim muassasalarida
olingan oliy ma’lumotga yoki xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalarida
olingan hamda qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasidagi oily
ma’lumotga ekvivalent deb tan olingan oily ma’lumotga ega bo’lish yoxud
O’zbekiston Respublikasida yoki xorijiy davlatlarda olingan fizika-matematika
yoki iqtisodiyot fanlari bo’yicha ilmiy darajaga ega bo’lish;
b)
so’nggi o’n yil ichida kamida 5 yil sug’urta, matematika, statistika
informatsiya sohalarida ish amaliyoti (shu jumladan o’rindoshlik asosida) yoki shu
sohalarda dars berish stajiga ega bo’lishi kerak.
Aktuariy malaka sertifikatini berish uchun davogar tomonidan to’lov kunidagi
eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida, amal qilish muddatini
uzaytirish, qayta rasmiylashtirish, shuningdek uning dublikatini berish uchun esa
to’lov kunidagi eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida yig’im
to’lanadi. Ko’rsatilgan mablag’lar Moliya vazirligining shaxsiy g’azna
hisobvarag’iga o’tkaziladi va malaka imtihonlarini o’tkazish, aktuariy malaka
sertigikatlarini rasmiylashtirish bilan bog’liq xarajatlarni qoplash uchun
foydalaniladi.
Da’vogar aktuariy malaka sertifikatini olish uchun Moliya vazirligiga malaka
imtihonini ruxsat berish to’g’risidagi ariza bilan quyidagi hujjatlarni ilova qilgan
holda topshiradi:
anketa;
diplom;
mehnat daftarchasidan notarial tasdiqlangan ko’chirma;
177
to’rtta fotosurat (3 x 4);
yig’im to’langanligini tasdiqlovchi bank to’lov hujjati.
Ko’rsatilgan hujjatlar bitta nusxadan taqdim qilinadi.
Moliya vazirligiga ariza kelib tushgan kundan boshlab 10 kun muddatda
da’vogarga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki rad etish to’g’risida
qaror qabul qilinadi. Rad etish to’g’risida qaror qabul qilingan taqdirda Moliya
vazirligi da’vogarni 3 kun muddat ichida rad etilish asoslarini ko’rsatgan holda
yozma ravishda xabardor qiladi. Ruxsat berish to’g’risidagi qaror qabul qilinganda
esa da’vogarlarning ro’yxatini imtihon komissiyasiga topshiradi.
Malaka imtihonini tashkillashtirish va o’tkazish uchun Moliya vazirligi
tomonidan imtihon komissiyasi tashkil qilinadi. Imtihon komissiyasi rais, rais
o’rinbosari, kotib, va kamida uch a’zodan iborat bo’ladi. Imtihon kamida uch oyda
bir marta o’tkazilib, sanasini Moliya vazirligi belgilaydi. Imtihon natijalari
o’tkazilgan sanadan ikki kundan kechiktirilmagan holda e’lon qilinadi.
Barcha mamlakatlarda ayniqsa sug’urta bozori rivojlanayotgan davlatlarda
aktuariyga bo’lgan talab doimiy ravishda o'sib bormoqda. Aktuariydan malaka
sertifikatidan tashqari qobiliyat, kuch, vaqt va pul talab etiladi. Ammo chet elda
aktuariy kasbi eng yuqori haq to’lanadigan va obro’li kasb hisoblanadi.
Dunyoda ko'pgina aktuar milliy tashkilotlar mavjud. Ularning eng taniqlilari
Amerika aktuarilar jamiyati, bir qancha xalqaro aktuariylar uyushmalari, Buyuk
Britaniya aktuariylar instituti (1848) va fakulteti (1856) bo’lib, bu institut va
fakultet 2010 yil 1 avgustda birlashgan.
1895 yilda, yuqorida aytib o'tilganidek, Belgiya, Fransiya, Germaniya, Buyuk
Britaniya va AQSH milliy aktuariylik jamiyatlari Bryusselda joylashgan Xalqaro
aktuar uyushmasini (International Actuarial Association – IAA) tashkil etishdi.
1998 yilda Assotsiatsiyaga yangi konstitutsiya qabul qilindi va 2010 yilda qayta
tashkil etildi. Hozirgi kunda Xalqaro aktuar uyushmasi professional aktuar
tashkilotlarini birlashtirgan kuchli xalqaro tuzilma hisoblanib, har to’rt yilda bir
marta har xil davlatlarda o’zini Kongresslarini o’tkazadi. Xalqaro aktuarilar
kongresslarining an'analaridan biri bu barcha milliy aktuariylik jamiyatlarga
178
o’zining tuzilishi, faoliyati, aktuar ilmi va amaliyotining dolzarb muammolari
to'g'risida ma'lumot berish, qiziqarli statistik ma'lumotlarni taqdim etish
hisoblanadi. Kongresslar haqiqiy fan vakillarini va uning amaliy dasturlari mavjud
katta ilmiy dasturni o'z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |