11.4 Sug’urta tashkilotlarining auditorlik tekshiruvi natijalari bo’yicha
xulosa va hisobotni rasmiylashtirish tartibi
Sug‘urta tashkilotining auditorlik tekshirish yuzasidan xulosasi auditorlik
tashkilotining hisobotning ishonchliligi to‘g‘risidagi fikrini ifodalaydi.
Sug‘urta tashkilotining tekshirish natijalari bo‘yicha auditorlik xulosasi
korxonaning yillik moliyaviy hisobotining eng muhim unsurlaridan biridir.
270
“Moliyaviy hisobotlar to’g’risida fikr hosil qilish va hisobot (xulosa) berish”
nomli 700son XAS(Xalqaro auditorlik standarti)ga binoan, auditorlik hisoboti -
xo‘jalik yurituvchi sub’yekt rahbari, mulkdori, ishtirokchilari (aksiyadorlari)
umumiy yig‘ilishiga taqdim etiladigan, auditorlik tekshiruvining borishi,
buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga
chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi huquq buzilishlari to‘g‘risida batafsil
ma’lumotlar, shuningdek, auditorlik tekshiruvini o‘tkazish natijasida olingan va
auditorlik xulosasini tuzish uchun asos hisoblanadigan boshqa axborotdan iborat
bo‘lgan hujjat. Auditorlik tekshiruvini o’tkazish natijasida olingan va auditorlik
xulosasini tuzish uchun asos hisoblanadigan boshqa axborotdan iborat bo’lgan
hujjat
87
.
Auditorlik xulosasi - moliyaviy hisobotning haqqoniyligi (to‘g‘riligi) va
buxgalteriya hisobini yuritish tartibining qonun hujjatlari bilan belgilangan
talablarga muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda
ifodalangan va xo‘jalik yurituvchi sub’yektning moliyaviy hisobotidan
foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan hujjat
88
.
Auditorlik hisobotida quyidagilar bo‘ladi:
a) nomi ("Auditorlik hisoboti" yoki "Auditorlik tashkilotining hisoboti":
ikkala nom bir xil kuchga ega);
b) adresatning nomi;
v) kirish qismi;
g) tahliliy qism;
d) yakuniy qism.
Auditorlik hisobotining har bir sahifasiga moliyaviy hisobotning auditorlik
tekshiruvini amalga oshirgan auditor (auditorlar) imzo chekishi shart.
Auditorlik hisobotining kirish qismida auditorlik tashkiloti rekvizitlari, shu
jumladan auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziyaning raqami va sanasi,
auditorlar va auditorlik tekshiruvida qatnashgan boshqa shaxslar to‘g‘risidagi
87
“Moliyaviy hisobotlar to’g’risida fikr hosil qilish va hisobot (xulosa) berish” 700-son XAS
88
Shu yerda auditorlik xulosasi bandi.
271
ma’lumotlar, shuningdek, auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun asos va xo‘jalik
yurituvchi sub’yekt faoliyatining umumiy tavsifi keltiriladi.
Auditorlik hisobotining tahliliy qismi XASga havola qilishi va unda
quyidagilar bo‘lishi shart:
Xizmat ko’rsatuvchi sub’yektda ichki nazorat holatini tekshirish natijalari
(batafsil bayoni);
buxgalteriya hisobi holati va moliyaviy hisobotni tekshirish natijalari;
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish paytida qonunchilik talablariga
rioya etilishini tekshirish natijalari;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash hamda to‘lashning
to‘g‘riligini tekshirish natijalari;
aktivlarning butligini tekshirish natijalari.
Xizmat ko’rsatuvchi sub’yekt ichki nazoratining holatini tekshirish natijalari
to‘g‘risidagi axborot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
- ichki nazorat tizimining xizmat ko’rsatuvchi sub’yekt faoliyatining
miqyoslari va xususiyatiga muvofiqligi umumiy bahosi;
- auditorlik tekshiruvi mobaynida aniqlangan ichki nazorat tizimining xizmat
ko’rsatuvchi sub’yekt faoliyatining miqyoslari va xususiyatiga jiddiy
nomuvofiqliklari bayoni.
Xizmat ko’rsatuvchi sub’yektning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisoboti
holatini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi axborot quyidagilarni o‘z ichiga olishi
kerak:
- buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishning belgilangan
tartibiga rioya qilinishini baholash;
- auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan buxgalteriya hisobini yuritish va
moliyaviy hisobotni tayyorlashning belgilangan tartibini jiddiy buzishlar bayoni.
Xizmat ko’rsatuvchi sub’yekt tomonidan moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarini
amalga oshirish paytida qonunlarga rioya etishini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi
axborot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
272
- xizmat ko’rsatuvchi sub’yekt amalga oshirgan moliyaviy-xo‘jalik
operatsiyalarining qonunchilikka muvofiqligini baholash;
- auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan, xizmat ko’rsatuvchi sub’yekt
amalga oshirgan moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarning qonunchilikka jiddiy
nomuvofiqliklari bayoni.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashi va to‘lashning to‘g‘riligini
tekshirish natijalari to‘g‘risidagi axborot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
- tuzilgan va tegishli organlarga taqdim etilgan soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlar to‘g‘riligining bahosi;
- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashning belgilangan
tartibini buzish faktlari, soliq solinadigan bazani belgilash paytidagi chetga
chiqishlar bayoni.
Aktivlar butligini tekshirish natijalari aktivlarni inventarlashga asoslanishi va
o‘z ichiga ularning haqiqatda mavjudligi va butligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
olishi kerak.
Auditorlik hisobotining yakuniy qismi auditorlik tashkilotining aniqlangan
chetga chiqishlar va huquq buzilishlarini bartaraf etishga doir tavsiyalarini,
shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’yektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati
samaradorligini oshirishga doir takliflari va maslahatlarini o‘zi ichiga olishi kerak.
Auditorlik tashkiloti auditorlik hisobotini tuzganlik uchun qonun hujjatlariga
muvofiq javobgar bo‘ladi.
Auditorlik hisobotida keltirilgan axborot maxfiy hisoblanadi va oshkor
etilmasligi kerak. Axborotni oshkor etganlik uchun ushbu axborotdan foydalana
oladigan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Auditorlik hisobotining yakunida faoliyatni tekshirgan ma’sullar tekshiruv
jarayoni xalqaro audotorlik standartlariga muvofiq o’tkazilganini qayd etib,
auditorlik tashkiloti rahbari va ma’sullar tomonidan imzolanadi.
Qayd etuvchi qismda auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa
moliyaviy axborot qonun hujjatlariga, shuningdek moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining
haqiqiy holatiga muvofiqligi va haqqoniyligini baholashga asoslanishi ko‘rsatilishi
273
kerak.
Qayd etuvchi qismda auditorlik tekshiruvi fikrni ifodalash uchun yetarlicha
asoslar berishi xususida auditorlik tashkilotining tasdig‘i berilishi kerak.
Auditorlik xulosasining yakuniy qismida auditorlik tashkilotining tekshirilgan
moliyaviy-hisobot xo‘jalik yurituvchi sub’yekt moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining
haqiqiy holati to‘g‘risida haqqoniy tasavvur berish-bermasligi va moliyaviy
hisobot qonun hujjatlariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi xususidagi fikri
ravshan bayon etilishi kerak.
Auditorlik xulosalarining quyidagi turlari mavjud:
a) ijobiy auditorlik xulosasi;
b) salbiy auditorlik xulosasi.
Auditorlik tashkiloti xizmat ko’rsatuvchi sub’yektning moliyaviy hisoboti
uning moliyaviy ahvolini haqqoniy yoritadi va xizmat ko’rsatuvchi sub’yekt
amalga
oshirgan
moliyaviy
va
xo‘jalik
operatsiyalari
O‘zbekiston
Respublikasining qonunchiligi talablariga muvofiq degan fikrga kelganda ijobiy
auditorlik xulosasi tuzilishi kerak. Auditorlik tashkiloti xizmat ko’rsatuvchi
sub’yektning moliyaviy hisobotida, agar xizmat ko’rsatuvchi sub’yekt tomonidan
bartaraf etilmasa, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalg‘itishi mumkin
bo‘lgan buzilishlar mavjud degan fikrga kelsa, salbiy auditorlik xulosasi tuzilishi
kerak. Xizmat ko’rsatuvchi sub’yekt amalga oshirgan moliyaviy va xo‘jalik
operatsiyalari moliyaviy hisobotda haqqoniy aks ettirilgan, lekin qonunchilik
talablariga muvofiq kelmaydigan hollarda ham salbiy auditorlik xulosasi tuziladi.
Odatda xizmat ko’rsatuvchi sub’yekt rahbariyatining auditorlik tashkilotining
aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish maqsadida moliyaviy hisobotga tuzatishlar
kiritish to‘g‘risidagi fikriga qo‘shilmasligi salbiy auditorlik xulosasini tuzishga
sabab bo‘ladi.
Xizmat ko’rsatuvchi sub’yekt auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan
buzilishlarni bartaraf etgan holda salbiy auditorlik xulosasi tuzilmaydi.
Auditorlik hisoboti. Moliyaviy holat bo‘yicha auditorlik hisobotining
sug‘urtalovchi faoliyati yuzasidan ko‘rsatmasi:
274
Auditor izohi:
a) audit o‘tkazishning maqsadi, sug‘urta kompaniyasining qoniqarli deb
topish bo‘yicha ko‘rsatmasi, auditning muhimligi, tushuntirishlar haqidagi
ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
v) sug‘urta kompaniyasining hisobiga mos keladigan nazorat kitobining
bo‘lishi.
s) agar oldin sug‘urta kompaniyasi auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilgan
bo‘lsa, o‘sha xulosa natijasi bor yoki yo‘qligi
d) shuningdek balans ma’lumotlari, foyda va zararlar hisobi, qabul qilish va
to‘lovni amalga oshirish hisobi o‘z aksini hisobot va hisob-kitobini mavjud yoki
yo‘qligi
e) aktuar hisob-kitoblar, to‘lov hisoblashning norma va farazlari, vakolatli
shaxs tomonidan hal qilingan masalalar o‘sha vakolatli shaxs imzosi bilan
keltirilgan bo‘lishi kerak.
89
Auditorlar xulosalarida quyidagilarni ifodalashlari
lozim:
- haqiqat va rejaning bajarilishi holatini berishi kerak;
- balans ma’lumotlarida sug‘urtalovchilarning rejadagi va haqiqatdagi
o‘zgarishlari moliyaviy yil va davr oxirida ko‘rinishi mumkin;
-yillik foyda hisobi moliyaviy yillik yoki davr uchun defitsit yoki
profitsitning haqiqat va rejadagi o‘zgarishi aks ettrilganmi yoki yo‘q?
- foyda va zarar hisobida moliyaviy va davr uchun foyda yoki zararning reja
va haqiqatdagi holati aks ettirilganmi yoki yo‘q;
- kirim va chiqim hisobida moliyaviy yoki choraklik hisobotda kirim va
chiqimning reja va haqiqatdagi holati aks ettirilganmi yoki yo‘qligi
90
.
Sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urtalash valyutada amalga oshirilgan bo‘lsa,
auditor chet el valyutasi bilan amalga oshirilgan operatsiyalar qonuniyligini
aniqlashi kerak.Tekshiruvning ush bu bandiga shuningdek quyidagilar kiradi:
89
Insurance Regulation in the United States: An overview for business and government /Peter M.Lencsis Audit of
General Insurance Companies
90
Insurance Regulation in the United States: An overview for business and government /Peter M.Lencsis Audit of
General Insurance Companies
275
Auditor tomonidan sug‘urta to‘lovlarining asoslanganligini tekshirishi
(quyida batafsil ko‘rib chiqiladi).Shikoyat-da’vo ishlariga rioya qilish, chunonchi
sug‘urta kompaniyasi zarur hollarning barchasida etkazilgan zarar uchun mas’ul
shaxslarga nisbatan regressiv talab huquqidan foydalanganmi, regressiv da’vo
taqdim etish tartibiga va muddatiga rioya qilinganmi va h.k. Amaldagi mehnat
qonunchiligi talablariga rioya etilishini tekshirish. Auditorlar qo‘shimcha holda
quyidagilarni tasdiqlaydi:
- boshqaruv hisoboti va mavjud moddiy qiymatliklar moddiy holatlari bilan
aks ettirilganligi va noaniqliklar yo‘qligiga sharh beradi;
- sug‘urta kompaniyasining sug‘urtalovchi bilan tuzgan polislari muddatining
bajarilish holatini ko‘rib chiqadi
91
. Hisobotlarni to‘g‘ri tuzilishi va hisob siyosatiga
rioya etilishi yuzasidan auditorlik tekshiruvi.Mazkur masala yuzasidan tekshiruvga
kirishishdan avval auditor tekshiruvga tortilgan kompaniya bo‘yicha hisobot
siyosati shakllanadigan tegishli buyruq (farmoyish) mavjudligini, uning
buxgalterlik hisobi bo‘yicha Nizom, Korxonaning hisob siyosati hamda O‘zR
buxgalterlik hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi Nizomga talablariga muvofiqligini
aniqlashi lozim.
O‘zbekiston Respublikasida buxgalterlik hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi
Nizomga muvofiq tashkilotning hisob siyosati to‘liqlik, mazmunning shakldan
ustunligi, qarama qarshiliksiz maqsadga muvofiqlik talablariga javob berishi kerak.
Bevosita auditorlik tekshiruv ishlari jarayonida auditorlik tekshiruvi qatnashchilari
tomonidan auditorlik kompaniya tomonidan tekshirilayotgan hisobot yiliga qabul
qilingan hisob siyosatiga rioya etilishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |