Davlat moliyaviy nazorati
Davlat moliyaviy nazoratiningmazmuni, vazifalarivaahamiyati. Davlat moliyaviy nazoratining prinsiplari.
Davlat moliyaviy nazoratitegishli davlat hokimiyati organlarining hamda mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining davlat moliyaviy resurslarining shakllanishi, taqsimlanishi, maqsadga muvofiq va samarali ishlatilishi ustidan, shuningdek, davlat va mahalliy mulkdan qonuniy asosda foydalanish ustidan nazorat qilish yuzasidan moliyaviy huquq normalari bilan tartibga solinadigan maqsadli faoliyatdir. Bu faoliyatning asosiy maqsadi nazorat qilinadigan ob’ektlar faoliyatidagi kamchiliklarni topish va mansabdor shaxslarni jazolashdan iborat bo'1ib qolmasdan, balki bu kamchiliklarning oldini olish, ularga yo’1 qo'ymaslik, ogohlantirishdan iboratdir.
Davlat moliyaviy nazorati budjet to’g’risidagi qonun hujjatlarining moliyaviy nazorat ob’ektlari tomonidan buzilishi hollarini aniqlash, bartaraf etish va unga yo'l qo’ymaslik maqsadida davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
O’zbekıstonResptıblıkası respublika bj*ııdjetırnng, davlat rrlnqsadli jaıııg’arnınlari b *ııdjetlarining va resprıblika b *ııdjetidmı rrloliyalaslıtiriladiganbyrıdj et tasllilotlari byrıdj etdantaslıqari
j aıııg’aıaııalaı“ırnng slıakllantıı“ılıslu haıııda ıjı“o etilishi ustidan
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyat1aı'va Toshkent s1aa1ıaı’ınNıa11iy by tıdjetlnıining, Qoraqalpog’iston
. . Respublikasi byudjetidnıı, viloyat1nı'va ToslAent elinin’ ııınhalliy
» . .. + . byudjet1nı’ıdnıııııo1ıya1ashtırı1adıgmabyudjet taslJı1ot1nı’ı byudjetdantas1ıqnı'ijnmg nrırınlm'ining shJllmatirilislıi lınmda ijı'o etilishi ustidan amalga oshiriladi
Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy nazoratini davlat moliyaviy nazorat organlari yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan nazorat qilish yillik rejalariga muvofiq amalga oshiradi.
Ayrim hollarda rejadan tashqari davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishga:
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining:
davlat moliyaviy nazorat organiga budjet to’g'risidagi qonun hujjatlari buzilganligi faktlari to’g’risida ma'lumotlar kelib tushgan hollarda davlat moliyaviy nazorat organlari rahbarlarining qarorlari asosida yo'l qo’yiladi.
O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning tasamıfidagi vakolatli organlar davlat moliyaviy nazorat organlaridir.
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg'armalari budjetlarining daromadlari qismi bo’yicha davlat moliyaviy nazorati berilgan vakolatlar doirasida davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bizga ma'lumki, umumdavlat moliyaviy nazorati butun mamlakat miqyosida tegishli vakolatlarga ega bo’lgan ixtisoslashgan davlat nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Umumdavlat moliyaviy nazorati quyidagi nazorat turlarini qamrab oladi:
- pul muomalasi nazorati
Umumdavlat moliyaviy nazoratining asosini budjet nazorati tashkil qiladi. Budjet nazoratibarcha darajadagi budjetlarning, davlatning budjetdan tashqari fondlarining shakllanishi, davlat moliyaviy resurslarining qonuniy va maqsadga muvofiq ishlatilishi ustidan nazoratni ta'min1aydi. Nazoratning bu turini O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, uning qoshidagi Nazorat-taftish boshqarmasi, Moliya vazirligi G'aznachiligi kabi ixtisoslashgan operativ boshqarish va nazorat organlari amalga oshiradilar.
Ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, ijtimoiy-siyosiy tangliklar va moliyaviy- iqtisodiy inqirozlar sharoitida budjet nazoratining ahamiyati o’sib boradi va yangicha mazmun kasb etadi.
Budjet nazorati:
S davlat moliyaviy nazoratining muhim qismi bo’lib, budjet jarayonida amalga oshiriladi;
H bosh maqsadi - budjet munosabatlarining barcha ishtirokchilari tomonidan budjet qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish;
S budjet tizimi budjetlari mablag'larining tashkil topishi, taqsimlanishi va foydalanilishining qonuniyligi, maqsadga muvofıqligi va samarali ekanligini davlat organlari tomonidan tekshirish tadbirlari tizimi sifatida qaraladi;
H qonunbuzarliklarning oldini olish, aniqlash, fosh qilish va bartaraf etish bo'yicha choralarni qo’llashga, davlat budjetini shakllantirish va xarajatlarni amalga oshirishda yangi imkoniyatlarni topishga, soliq-budjet intizomini yaxshilashga yo’naltirilgan;
H hukumatning vakolatli organlari tomonidan Hisob palatasi (O'zbekistonning moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi oliy mustaqil organi)ni jalb qilgan holda, moliya va soliq organlari tomonidan (hukumat ijroiya
organlarining nazorati) amalga oshiriladi.
Budjet nazoratining vazifalari:
budjet moddalari hajmi, tarkibi va maqsadliligi bo'yicha to’g'ri tuzilishi va ijro etilishini ta'minlash;
budjet mablag'lari hisobiga xarajatlarni nazarda tutuvchi yoki budjetning shakllanishi va ijrosiga ta'sir etuvchi davlat organlarining qonun va normativ-huquqiy hujjatlari loyihalari, davlat dasturlari va boshqa hujjatlarning moliyaviy ekspertizasini amalga oshirish;
buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishining to’g'ri1igi ustidan nazorat; budjet mablag'1ari va budjetdan tashqari jamg'arma1ar mablag'1arining samarali va maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat;
barcha darajadagi budjetlar va budjetdan tashqari jamg'armalarga tu- shumlar to’liq va o'z vaqtida kelib tushishi ustidan nazorat;
budjet jarayonining barcha bosqichlarida budjet va soliq intizomiga rioya qilinishi ustidan nazorat;
turli darajadagi budjetlarning daromadlar bazasini oshirish va ularning xarajatlar qismini kamaytirish zaxiralarini aniqlash;
budjetlararo munosabatlar mexanizmini amalga oshirish ustidan nazorat; budjet va budjetdan tashqari jamg'armalar mablag'1ari harakatlarining qonuniyligi va o'z vaqtidaligi ustidan nazorat;
isrofgarchilik va moliyaviy suiiste'mo1larni aniqlash, soliq imtiyozlari, davlat dotatsiyalari, subventsiyalar, transfertlar va alohida to’lovchilar yoki hududlarga boshqa turdagi yordamlarni berish bo’yicha noqonuniy qarorlarning oldini olish va aybdor shaxslarga tegishli jazo choralarini qo’llash;
budjet-moliya intizomini kuchaytirish maqsadida profılaktika, axborot- tushuntirish ishlari olib borish.
Yuqorida sanab o’tilgan elementlar yig'indisi budjet nazorati mexanizmini tashkil etadi va u moliya (budjet) qonunchiligining normativ-huquqiy hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Budjet nazoratining sub'ektlari hokimiyatning vakillik organlari (parlament nazorati) hamda hukumat va davlat boshqaruvi (ijro) organlari (ma'muriy nazorat), Moliya vazirligi, G'aznachilik, hududlarning moliya organlari, budjet mablag'larining bosh tasamıfchilari va boshqalardir.
Budjet nazorati ob'ektlariga soliq-budjet sohasi va budjet jarayonigina emas, balki bozor munosabatlari sub'ektlarining moliyaviy-xo'jalik faoliyati jarayoni ham to’liq kiradi.
Budjet nazorati predmetiga quyidagilar kiradi: budjet jarayonining barcha bosqichlari; budjetga soliq va boshqa majburiy to'lovlarning tushishi; budjetdan tashqari jamg'armalarga ajratmalar; soliqlar bo'yicha hisob-kitoblar; buxgalteriya (moliyaviy) hisobi va hisoboti; maqsadli budjet jamg'armalari; dotatsiyalar; subventsiyalar; ssudalar; transfertlar; tovar-moddiy boyliklarini ayirboshlash va tekinga berish; bojxona qiymati va boshqalar.
Davlat moliyaviy nazoratini o’tkazishning qonuniyligi va mustaqilligi, shuningdek davlat moliyaviy nazorati natijalarining ishonchliligi va xolisligi davlat moliyaviy nazoratining printsiplaridir .
1-rasm. Davlat moliyaviy nazoratining prinsiplari
Moliyaviy faoliyatning ajralmas qismi hisoblangan budjet nazoratiga qonuniylik, rejalilik, tizimlilik, uzluksizlik, samaralilik, oshkoralik, mustaqillik, ob'ektivlik va layoqatlilik printsiplari xosdir.
Qonuniylik prinsipi Konstitutsiya bilan belgilangan bo'lib, davlat va uning barcha organlari (shu jumladan nazorat organlari) qonunga muvofiq faoliyat yuritishini, jamiyat va fuqarorlarning manfaatlari himoya qilinishiini ta'minlashini nazarda tutadi va pul mablag'lari jamg'armalarining yaratilishi, taqsimlanishi va ulardan foydalanish jarayoni moliya va budjet qonunchiligi normalari bilan mufassal tartibga solinishida namoyon bo’ladi.
Rejalilik prinsipi davlatning moliyaviy faoliyati moliya-reja hujjatlari (davlat budjeti, mahalliy budjetlar, davlatning budjetdan tashqari jamg'armalari budjetlari, budjet tashkilotlari smetalari, davlat korxonalarining daromadlar va xarajatlar balansi) tizimiga asoslanganini anglatadi, ularni tuzish, tasdiqlash, ijro etish tartibi tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Tizimlilik prinsipi nazorat tadbirlarini o'tkazishda nazorat ob'ek-tining barcha tomonlari va uning o’zaro aloqalari vertikal va gorizontal boshqaruv tizimlari bo'yicha ko’rib chiqilishini nazarda tutadi.
Uzluksizlik prinsipi barcha nazorat ob’ektlari (boshqariladigan tizim) nazorat sub'ektlari (tizimni boshqaruvchilar) tomonidan doimiy ravishda amalga oshiriladigan dastlabki operativ va davriy nazorat, ularning faoliyatlari shartlari va xususiyatlaridan kelib chiqib belgilangan muddatlarda nazorat ostida bo'1ishini anglatadi. Bu rejalar va vazifalarning bajarilishi ustidan doimiy kuzatishni, belgilangan ko'rsatkichlardan og'ishlar aniqlanganda faoliyatga tuzatishlar kiritish choralari ko’rilishini ta'min1aydi.
Nazoratning samaraliligi prinsipi moliya-xo’jalik faoliyatidagi me'yordan og'ish1arni va ularning sabablarini o'z vaqtida va to'liq aniqlashda, shuningdek yuz bergan salbiy holatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish va etkazilgan moddiy zararni o'z vaqtida qoplashda namoyon bo’ladi.
Oshkoralik prinsipi jamiyat e'tiboriga ommaviy axborot agentligi orqali turli moliyaviy-reja hujjatlari loyihalarini, ularning ijrosi bo’yicha berilgan hisobotlarni, moliyaviy faoliyatni tekshirish va taftish qilish natijalari mazmunini etkazishda namoyon bo’ladi.
Mustaqillik prinsipi nazorat qiluvchi organning moliyaviy mustaqilligini, nazorat organlari rahbarlarining vakolat muddatlari parlamentnikiga nisbatan uzunligini, ularning maqomi Konstitutsiya bilan belgilanganligini ko'rsatadi.
Ob’ektivlik va layoqatlilik (kompetentlik) prinsipi nazorat natijalari, tekshirilgan faktlarning mazmuni qonunlar, yo'riqnomalar va mansabdor shaxslarning faoliyatini nazorat qilishni tartibga soluvchi boshqaruv organlarining farmoyishlari bilan solishtirish asosida to’g’ri, to’liq va ob'ektiv tushuntirilishini nazarda tutadi. Bu printsip nazoratchi-taftishchilar kasbiy mahoratining yuqoriligini va ular amaldagi qonun hujjatlariga to’liq rioya qilishlarini taqozo etadi.
14
Do'stlaringiz bilan baham: |