M. A1imardonov Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti “Moliya va soliqlar kafedrasi professori, I f. d B. Hamdamov


Budjet xarajatlarining tarkibi va



Download 5,54 Mb.
bet50/81
Sana04.04.2022
Hajmi5,54 Mb.
#528035
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi t (1)

Budjet xarajatlarining tarkibi va tuzilishi.Davlatning iqtisodiyot va ijtimoiy hayotda kechayotgan jarayonlarga ta'sir etish qurollaridan bir davlat budjetidir. Davlat budjet xarajatlari orqali jamiyat talablariga mos ravishda pul mablag'1arini moddiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari o'rtasida qayta taqsimlanish jarayonini tartibga solib turishi, iqtisodiyotning ustivor tarmoqlarining rivojlanishini rag'batlantirishi, ilmiy-texnika taraqqiyotining jadallashuviga ta'sir ko’rsatishi mumkin. Bir so'z bilan aytganda, budjet xarajatlari iqtisodiyotni va ijtimoiy jarayonlarni davlat tomonidan boshqarish va tartibga solishda muhim vosita — dastak bo’lib xizmat qiladi.

Budjet mablag'lariga egalik qiluvchilar — budjet mablag'larini oluvchilar yoki boshqaruvchilar bo'lgan, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi tashkilotlar budjet xarajatlari orqali moliyalashtiriladi. Shunday qilib, budjet xarajatlari tranzit xarakterga ega. Budjetda faqat budjet xarajatlarining miqdori xarajatlar moddalari bo'yicha belgilanadi, bevosita xarajatlarni esa budjet oluvchilar amalga oshiradilar. Bundan tashqari dotatsiyalar, subvensiyalar, subsidiyalar va budjet ssudalari vositasida budjet tizimi darajalari bo’yicha budjet mablag'larini qayta taqsimlash budjet orqali amalga oshadi. Budjet xarajatlari asosan qaytarib olinmaydigan xarakterga ega. Faqat budjet kreditlari va budjet ssudalari qaytariladigan asosda berilishi mumkin. Xarajatlar tuzilmasi yil uchun tasdiqlanadigan budjetda bevosita ko'rsatiladi va budjet daromadlari kabi iqtisodiy vaziyatga, ijtimoiy ustuvorliklarga bog’liq bo’ladi.


Iqtisodiy mazmuniga ko’ra davlat budjeti xarajatlari — davlatning markazlashgan pul fondini taqsimlash va ishlatish bilan bog'liq iqtisodiy munosabatlardir.
Budjet xarajatlarining turlari xilma-xil bo’lib, bir qator omillarga bog'liq:



  • davlatning tabiati va funksiyasiga;

  • mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga;

  • budjetning iqtisodiyot va xizmat ko’rsatish soha-tarmoqlari bilan aloqalarining ko’lamiga;

  • davlatning ma'muriy-hududiy tuzilishiga;

  • budjet mab1ag'1arini taqdim etish shakllariga va boshqalar.

Bu omillar ta'siri ostida har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning har bir bosqichidagi budjet xarajatlari tarkibi va tuzilishi shakllanadi. Masalan, agar davlatning asosiy e'tibori iqtisodiyot tarmoqlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashga qaratilgan bo’lsa, unda budjet xarajatlari tarkibida yirik investitsiyalarni davlat resurslari hisobidan moliyalashtirish xarajatlari ustun bo’ladi. Davlatning asosiy e'tibori jamiyatdagi ijtimoiy
muammolarni hal qilishga, aholini ijtimoiy himoyalashga, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan bo'lsa, xarajatlar tarkibida ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlar ortib boradi.
O'z iqtisodiy mazmuniga qarab budjet xarajatlari joriy va kapital xarajatlarga bo’linadi.
Budjetning joriy xarajatlari— budjet xarajatlarining bir qismi bo'lib, davlat hokimiyati organlarining, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining, budjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta'minlashga, davlat tomonidan quyi pog'onadagi budjetlar va iqtisodiyotning ayrim tarmoqlariga mablag’ ajratish, dotatsiyalar, subvensiyalar va subsidiyalar shaklida yordam ko'rsatish uchun ajratiladi.
Budjetning kapital xarajatlari — budjet xarajatlarining innovatsiya va investitsiya faoliyatini ta'minlaydigan qismi hisoblanadi. Unga tasdiqlangan investitsiya dasturiga muvofiq ishlab turgan yoki yangidan tashkil qilinadigan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga investitsiyalar uchun mo’ljallangan xarajatlar kiradi. Bu xarajatlar investitsiya maqsadlari uchun budjet kreditlari tarzida beriladigan mablag'lar, kapital ta'mirlash xarajatlari va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog'liq boshqa xarajatlardan iborat.
Davlat budjetining xarajat qismi quyidagilardan iborat:



    • ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash xarajatlari;

    • nodavlat notijorat tashlcilotlarini va fuqarolilc jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash xarajatlari;

    • iqtisodiyot xarajatlari;

    • markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;

    • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini saqlab turish xarajatlari;

    • sudlarni, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari;

    • fuqarolarning o’zini o'zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;

    • boshqa xarajatlar.

Davlat budjetining xarajat qismi tarkibida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamg'armalari hisobga olinadi.
O'zbekiston Respublikasining respublika budjetidan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:

  1. ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan:

    • maktabgacha ta'1im, umumiy o'rta ta'lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'1im, maktabdan tashqari ta'lim, kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalari, bolalar uylari, ta'lim muassasalarini axborot-uslubiy jihatdan ta'minlash muassasalari, vazirliklar va idoralar tasarrufidagi ta'lim muassasalari, boshqa yordamchi muassasalarni saqlab turish, shuningdek qonun hujjatlarida O'zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta'1im tizimi tadbirlarining xarajatlari;

    • respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, OITSga qarshi kurashish respublika markazi, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati, karantin va o'ta xavfli infeksiyalar profilaktikasi, Salomatlik va tibbiyot statistikasi instituti, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o'quv yurtlarining klinikalari, qon quyish xizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi respublika muassasalari, respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi boshqa davolash-profılaktika muassasalari hamda yordamchi tashkilotlarni saqlab turish, shuningdek qonun hujjatlarida O'zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlar haqini to'lash xarajatlari;

    • qonun hujjatlariga muvofiq ayrim toifadagi fuqarolarga tibbiy xizmatlar ko'rsatilganligi uchun respublika ixtisoslashtirilgan markazlari xarajatlarining o'rnini qoplash (subsidiyalar);

    • qabul qilingan davlat dasturlariga muvofıq fuqarolarning sog’lig’ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;

    • respublika vazirliklari va idoralari tasamıfidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, tele- va radiodasturlar yaratish hamda ularni tarqatishga doir xizmatlar ta'minoti va ularga haq to'1ash, hukumatning alohida qarorlariga ko'ra ommaviy axborot vositalarini saqlab turish, kino- va videomahsulotlar yaratish, madaniy myeros ob’ektlarida restavratsiya ishlarini bajarish, tasdiqlangan kalendar rejalarga muvofiq madaniyat va sportni rivojlantirish bo'yicha qonun hujjatlarida O'zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan maqsadli tadbirlar xarajatlari;

    • fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlarining davlat ilmiy- texnik dasturlari doirasida grantlar bo’yicha amalga oshiriladigan ilmiy-texnik loyihalar, noyob ilmiy ob'ektlarni va fanga xizmat ko'rsatuvchi muassasalarni saqlab turish, ilmiy loyihalar ekspertizasini o'tkazish hamda qonun hujjatlariga muvofıq O'zbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan amalga oshiriladigan fanga doir alohida tadbirlar xarajatlari;

    • davlat arxivlarini saqlab turish xarajatlari;

    • respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi urush hamda mehnat faxriylari uchun pansionatlar va sanatoriylarni, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalarini saqlab turish, shuningdek qonun hujjatlarida O'zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan, aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;

    • davlat mukofotlari, davlat pul mukofotlari bilan taqdirlanganligi munosabati bilan bir yo’la beriladigan davlat pul mukofotlari va mukofotlarini to'lash xarajatlari;

    • bolalikdan nogironlarga va bola tug'ilganda beriladigan nafaqalarni, qonun hujjatlarida ayrim toifadagi shaxslarga belgilangan kompensatsiyalarni to'lash uchun vakolatli organga mablag'lar ajratish xarajatlari;

    • Chyernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o'tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, ayrim toifadagi shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalarni to’lash xarajatlari;

  1. davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma shaklida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash xarajatlari;

  2. iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:




    • qishloq va suv xo'ja1igi sohasidagi respublika nazorat organlarining xarajatlari, suv, qishloq, o'rmon xo’jaligi xarajatlari, qishloq xo’jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish muassasalarining xizmatlariga haq to'1ash va ularni saqlab turish xarajatlari;

    • hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer xo'ja1iklarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash xarajatlari;

    • qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan to’lanadigan yagona yer solig'i bo'yicha tushumlarga muvofıq budjetdan ajratiladigan mablag'lar va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug'ori1adigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg'armasining har yili tasdiqlanadigan asosiy parametrlari doirasida budjetdan ajratiladigan maqsadli mablag'lar;

    • qonun hujjatlarida O'zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan standartlashtirish va sertifikatlashtirish, topografiya-geodeziya, kartografiya va kadastr, shuningdek geologiya qidiruv ishlari, davlat shaharsozlik kadastrini yuritish xarajatlari, chegaradosh

davlatlarga haq evaziga yerdan foydalanish to’lovi, gidrometeorologiya xizmati muassasalarini saqlab turish xarajatlari;

    • atrof muhit va landshaftning muhofaza qilinishini, biologik xilma- xillikning himoya qilinishini ta'minlash bilan bog'liq xarajatlar;

  1. respublika vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralari buyurtmachi bo'1gan markazlashtirilgan investitsiyalami moliyalashtirish xarajatlari;

  2. davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini saqlab turish xarajatlari, shu jumladan:

    • O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarini;

    • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devonini;

    • O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini;

    • O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini;

    • O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini;

    • O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) kotibiyatini;

    • qonun hujjatlarida O'zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag'laridan saqlab turilishi nazarda tutilgan davlat boshqaruvi organlarini;

    • O'zbekiston Respublikasining chet ellardagi muassasalarini saqlab turish xarajatlari;

  1. sudlarni, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari;




  1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg'armasini shakllantirish xarajatlari;

  2. boshqa xarajatlar.

O'zbekiston Respublikasining respublika budjetidan:





    • Qoraqa1pog'iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga subvensiyalar, o’tkazib beriladigan daromadlar va dotatsiyalar;

    • davlat maqsadli jamg’armalariga budjet ssudalari va dotatsiyalar;

    • yuridik shaxslarga budjet ssudalari va kredit liniyalari hamda chet davlatlarga kreditlar belgilangan tartibda ajratilishi mumkin.

Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:

  1. ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan:

    • umumiy o'rta ta'1im, o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, maktabdan tashqari ta'lim, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, boshqa yordamchi va uslubiy ta'lim muassasalarini saqlab turish xarajatlari;

    • bolalar uylari, davlat bolalar shaharchalarini saqlab turish, qonun hujjatlarida Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta'lim tizimidagi yordamchi xizmatlar va maqsadli tadbirlar xarajatlari;

    • Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi filialini, ko'p tarmoqli va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini, ixtisoslashtirilgan kasalxonalar va dispanserlarni, tug'ruqxonalar va akusherlik majmualarini, tibbiy tashxis qo’yish va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini, qon quyish xizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi muassasalarini, Salomatlik va tibbiyot statistikasi instituti filialini, hududiy sog'liqni saqlashni boshqarish organlari tasarrufidagi boshqa davolash-profılaktika muassasalari va yordamchi tashkilotlarni saqlab turish, shuningdek qonun hujjatlarida Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlarga haq to’lash xarajatlari;

    • qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog’lig’ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;

    • hududiy madaniyat va sportni boshqarish organlari tasarrufidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari;

    • Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasamıfıdagi arxivlarni saqlab turish xarajatlari;

    • Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarrufidagi qariyalar va nogironlarning intyernat-uylari, pansionatlari va sanatoriylari, nogironlarni reabilitatsiya qilish markazlarini, boshqa muassasalarni saqlab turish xarajatlari, shuningdek aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;

    • shahar yo'lovchi1ar transporti tashuvchilarining yo’lovchilarni va bagajni cheklangan tariflar bo'yicha tashish, shuningdek alohida toifadagi fuqarolarni imtiyozli tashish xizmatlarini ko'rsatish bilan bog'1iq zararlarning o'rnini qoplash xarajatlari;

  1. iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:




    • qishloq xo’jaligi sohasida hududiy nazorat organlarini saqlab turish, shu jumladan hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashuvchi muassasalar xizmatlariga haq to’lash, shuningdek yerlarni rekultivatsiya qilish ishlarini bajarish;

    • uy-joy-kommunal xo’jaligi ob’ektlarida ta'mirlash ishlarini olib borish;

    • suv yo’llarining ayrim texnik uchastkalarini saqlab turish;

    • aholi punktlarini obodonlashtirish;

    • shaharlarning, boshqa aholi punktlarining ko'cha1arini va xo’jaliklararo qishloq avtomobil yo’llarini ta'mirlash, shuningdek ayrim tashkilotlar xarajatlari;

    • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o'rmon xo’jaligini saqlab turish xarajatlari;

  1. Qoraqalpog iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtmachi bo'1gan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;

  2. mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, shu jumladan: Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo’qorg'i Kengesini;

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog'iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo'mitalari va idoralari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ularning boshqarmalari va bo’limlarini saqlab turish xarajatlari;

  1. Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamg'armalarini shakllantirish xarajatlari;

  2. davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo’yilishi munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslarga etkazilgan zararning o’rnini qoplash xarajatlari;

  3. Qoraqa1pog'iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining mab1ag'1ari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.

Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga budjet ssudalari, dotatsiyalar, subvensiyalar va o’tkazib beriladigan daromadlar ajratilishi mumkin.
Tumanlar va shaharlar budjetlaridan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:



  1. ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan:

    • tumanlar (shaharlar) xalq ta'limi muassasalari faoliyatini uslubiy jihatdan ta'minlash va tashkil etish bo’limlarini, shuningdek ular tasamıfıdagi maktabgacha ta'lim, umumiy o’rta ta'lim, maktabdan tashqari ta'lim muassasalarini saqlab turish hamda qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta'lim tizimidagi tadbirlar xarajatlari;

    • tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasamıfidagi davolash- profılaktika muassasalarini hamda davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati tuman, shahar muassasalarini saqlab turish xarajatlari;

    • qabul qilingan davlat dasturlariga muvofıq fuqarolarning sog’lig’ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;

    • tumanlar (shaharlar) madaniyat va sport ishlari bo'limlari tasarrufidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;

    • fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tomonidan kam ta'minlangan oilalarga tayinlanadigan hamda to’lanadigan ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam hamda tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalarga moddiy yordam, uyda ijtimoiy yordam ko’rsatish, Chyernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro ob'ekt1arida harbiy xizmatni o'tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari;

  1. iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:




    • veterinariya laboratoriyalari va hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashish stantsiyalarini saqlab turish;

    • shaharlarning va boshqa aholi punktlarining ko’chalarini, shuningdek xo'ja1iklararo qishloq avtomobil yo’llarini ta'mirlash;

    • uy-joy-kommunal xo’jaligi ob'ektlarida ta'mirlash ishlarini olib borish;

    • aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari;

  1. tuman va shahar hokimliklarini hamda ularning bo’limlarini saqlab turish xarajatlari;

  2. fuqarolarning o’zini o'zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;

  3. boshqa xarajatlar, shu jumladan qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ayrim tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.

Davlat budjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoyalash xarajatlarining izchil ravishda ortib borayotganligi davlatimiz tomonidan kuchli ijtimoiy siyosatning moliyaviy asoslari shakllantirilayotganligidan dalolatdir.
Davlat budjeti xarajatlarining tarkibidagi ijtimoiy-madaniy tadbirlar xarajatlari yil sayin oshib borgan. Keyingi 4 yil mobaynida jami budjet xarajatlarining tarkibida ijtimoiy sohaga qilinayotgan xarajatlar 59 foizdan ortiqroqni tashkil etgan. Ushbu holat jahondagi barcha davlatlar orasida eng yuqori ko'rsatkichni tashkil etadiki, o'z navbatida, respublikamizda izchil amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlarning uzoq, strategik ahamiyatga ega ekanligidir. Shuningdek, ushbu xarajatlarning o'sib borishi bilan birga, ularning davlat budjeti xarajatlaridagi eng yuqori salmoqni tashkil etmoqda.

1-jadval




Maqsadli fondlarsiz davlat budjeti xarajatlarining tarkibi






Ko’rsatkichlar

2013 yil

2014 yil

2015 yil

2016 yil
(prognoz)


Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish