21-savolga javob.
Anamnezida allergiyaning bo‘lishi, tetrasiklin ichgandan so‘ng
bronxlar o‘tkazuvchanligining qiyinlashishi, teriga toshma toshishi, qonda eozinofiliya bo‘lishi
shilliq qavatlarda allergik obstruktiv yallig‘lanish belgilarini hosil kiladi. Infeksiyaning yo‘qligi
(isitma yo‘qligi), balg‘am chiqishi, qonda o‘zgarishlar bo‘lmasligi bronxlar infeksiyali
yallig‘lanmaganligini hamda quyuq balg‘am bilan to‘silmaganligini tasdiqlaydi. Bronxolitiklar
bilan ingalatsiya qilinganda uning kengaymasligi bronxospazm (Tifno ko‘rsatkichi) yo‘qligini
bildiradi.
22-savolga javob.
1. Bromgeksin (bisolvan) balg‘am ko‘chiruvchi dori hisoblanib,
shilliq ajratishdan tashqari bronxlar epiteliysida glikoproteidlarni; sintez qiladi. Yana u
hilpillovchi epiteliylarda kiprikli hujayralarni paydo kiladi, bronxlarning reologik xususiyatini
oshiruvchi surfaktant ishlab chiqaradi, bronx bezlaridan lizotsin chikishini tezlashtiradi.
Bromgeksin ichgan ma’xul, chunki ingalatsiyalar qitiqlovchi ta’sir qiladi. Xolinolitiklar
bronxlardagi suyuqlikni kamaytirib, uning yopishqoqligini oshiradi va ajratish funksiyasi
yomonlashadi, natijada bronx yo‘llarini to‘sib ko‘yadi. Tripsin va atsetilsistein ingalatsiya
kilinganda bemorda allergiya chaqirishi va bronxlar torayishi mumkin. Kodein esa yo‘tal
refleksiyey to‘xtatib, bronxlarni balg‘amdan tozalanishini kiyinlashtiradi. Shuning uchun
yo‘talga karshi .dorilar kat’iy ko‘rsatmaga asosan (traxeitda, o‘tkir bronxitda kuchli yo‘tal
bo‘lganda) beriladi.
O‘TKIR VA SURUNKALI NAFAS YETISHMOVCHILIGI
23-savolga javob.
1. Birdaniga havo yetishmaslik belgisi doimo «o‘tkir holat»
hisoblanadi, bunda birinchi o‘rinda astmatik xolatni (bronxial va yurak astmalari), o‘pka
arteriyasi tromboemboliyasini va spontan pnevmotoraksni bir-biridan ajratish kerak. O‘tkir
bronxit yoki pnevmoniyada xavo yetishmasligi birdaniga kuchaymaydi. Qo‘shimcha belgilarning
borligi: ko‘krak kafasi bir tomonining nafasdan orqada qolishi, quticha tovushi eshitilishi,
nafasning sekinlashishi (susayishi) va rentgenologik tekshirish spontan pnevmotoraks borligini
tasdiqlaydi. Bunday asoratlar alveolalarda bosim ortib ketishi natijasida, bullyoz emfizemada
plevraning yorilib, uning bo‘shlig‘iga havo kirishidan paydo bo‘ladi (masalan, yo‘talganda).
2. Agar bemorda hansirash kuchayadigan bo‘lsa, plevra bo‘shlig‘idan havo so‘rib
tashlanadi. Iloji bo‘lsa bu ishni sharoiti yaxshi bo‘lgan bo‘limda yoki jadal yordam
kursatiladigan xonada bajarish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |