M. A. Xujamberdiyev


SISTEMALI QIZIL VOLCHANKA VA BOSHQA



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/113
Sana08.06.2022
Hajmi0,99 Mb.
#645356
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   113
Bog'liq
ichki kasalliklar boyicha tibbiy masalalar (2)

 
SISTEMALI QIZIL VOLCHANKA VA BOSHQA
VASKULITLAR 


112-masala.
28 yoshli G. ga tuqqanidan bir hafta keyin (qisqich qo‘yilgan) isitmasi 
ko‘tarilganligi uchun penitsillin buyurilgan. Isitma penitsillin ta’sirida tushmagan, aksincha 
yo‘talib yiringli balg‘am ajrata boshlagan, qon tuflagan, hansirash paydo bo‘lgan, Bemor 5 
yildan beri sistemali qizil volchanka kasalligi borligi sababli kuniga 10—15 mg dan prednizolon 
ichib yurgan. Kasallik qaytalanganda esa prednizolon miqdorini 40 mg gacha oshirgan. 
Antibiotiklar sulfanilamid va yallig‘lanishga karshi nosteroid dorilar bemorga yoqmay qolgan. 
Obyektiv tekshirilganda bemorning ahvoli og‘ir, kuchli xavo yetishmaslik sezgisi bor, 
o‘pkasining ikkala tomonida quruq va turli kattalikdagi nam xirillashlar eshitiladi. Oyoqlarida 
shish paydo bo‘lgan, yurak qisqarishlari soni minutiga 100 marta, A/B—170/110 ga teng. 
Rentgenologii tekshirilganda ikkala o‘pkasida ham infiltratli o‘zgarishlar bor. Qonda neytrofillar 
ko‘paygan, ECHT—50 mm/soat, kreatinin miqdori — 0,6 mmol/l gacha ko‘paygan. 
1. Bemorning ahvoli yomonlashishiga qanaqa kasallik sababchi bo‘lgan? 
2. Quyida ko‘rsatilgan davolash usullarining kaysi biri qo‘llansa to‘g‘ri bo‘ladi? 
a) prednizolon dozasini 60 mg gacha ko‘paytirish kerak; 
b) prednizolon dozasini oshirib, antibiotik be-rishni kuchaytirish zarur; v) 
antikoagulyantlardan geparin va antibiotik-lar berish kerak; 
g) izoniazid, PASK berish zarur; 
d) gemobsorbsiya yoki plazmaforez qilish zarur.
113-masala. 
65 yoshli ayol bir necha oydan beri qornida tarqoq og‘riq borligidan, 
mushaklari bo‘shashishi (sochini qiynalib taraydi, zinapoyadan qiyinchilik bilan ko‘tariladi), 
terisiga toshma toshayotganidan, isitmasi 37,8—38°S gacha ko‘tarilganidan shikoyat qiladi. 
Obyektiv tekshirilganda: bel mushaklari paypaslanganda og‘riydi, qovog‘i osilgan (ptoz) yuz 
terisiga, ko‘proq qovoqlariga eritemali toshmalar toshgan. Ichki a’zolarida kasallik yo‘q. Qonda 
kand mikdori 8 mmol/l gacha ko‘paygan. Elektromiografiya usuli bilan tekshirilganda mushaklar 
amplitudasining pasayganligi aniqlanadi. 
1. Birinchi o‘rinda qanday kasallnk tug‘risida o‘ylash mumkin? 
a) miasteniya; 
b) dermatomiozit; 
v) diabetik polineyropatiya; 
g) sistemali sklerodermiya; 
d) tugunli artrit. 
2. Qasallikning xususiyatini bilish uchun kanaqa qo‘shimcha tekshirish usulini qo‘llash 
kerak? 
114-masala.
26 yoshli S. ning isitmasi birdaniga ko‘tarilib, antibiotiklar ta’sir qshshagan, 
bo‘gimlarida, mushaklarida og‘riq bo‘lib, oyoq panjalari uvishgan. Ozgina vaqtdan keyin yo‘tal 
paydo bo‘lib, kon aralash balg‘am ajralgan va nafas olishlari soni 30 ta gacha ko‘paygan. 
O‘pkasida vezikulyar nafas asosida ikkala tomonda ham mayda pufakchali nam xirillashlar 
eshitiladi. A/B—180/110 ga teng. Rentgenologik tekshirilganda o‘pkada qon tomirlar surati 
kuchaygan, infiltratli joylar aniklanib, okargan joylar bilan almashib turganligi aniqlangan. 
Qonda neytrofillar ko‘payib, miyelotsitlargacha siljigan. Siydik analizi: solishtirma og‘irligi— 
10
10
, oqsil—1,65%, ko‘rish maydonida eritrotsitlar soni—8—10, silindrlar — 
2
—4 ta. 
Nevropatolog ko‘rib, ikki tomonlama polirit kasalligi bor deb tashxis qo‘ygan. 
1. Qaysi tashxisni qo‘ysa to‘g‘ri bo‘ladi? 
a) paraspetsifik o‘zgarishlari bo‘lgan o‘pka sili; 
b) ikki tomonlama abssessli pnevmoniya; 
v) o‘pka, buyrak, nervlarni kasallantiruvchi tugunli artrit; 
g) sistemali kizil volchanka; 
d) sepsis. 
2. Bemorni davolash dasturini tuzing. 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish