M a V z u: Peloponnes urushlari


Sitsiliya ekspeditsiyasi va Dekeley urushi



Download 153 Kb.
bet4/6
Sana31.12.2021
Hajmi153 Kb.
#270201
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
peloponnes urushlari

3. Sitsiliya ekspeditsiyasi va Dekeley urushi.

Eramizdan avvalgi 416-yilda Sitsiliyaning kichik bir shahri Egesta o`z qo`shnisi, qudratli Sirakuza qo`llab-quvvatlab turgan, doriylarning Selinuntiga qarshi kurashda Afinadan yordam so`raydi45. Afina savdogarlarini Sitsiliyaning hosildor yerlaridan joy olish o`ziga jalb qilgan bo`lsa, dengizchi va eshkakchilarni uzoq sayohat o`ziga tortardi. Xalq yig`ini katta flot va qo`shin yuborishga qaror qildi. Tashqaridan qaraganda bu Egestaga ko`rsatiladigan yordam edi, aslida esa ular Sirakuzaga qarshi kurashib, butun Sitsiliyani egallab olishmoqchi edi. Bu ekspeditsiya(harbiy harakat, yurish) uchta strategga bo`lib berilgan edi–Alkiviadga, Nikiyga va Lamaxga. Eramizdan avvalgi 415-yilning bahoriga kelib hammasi tayyor bo`ldi va 6mingda ortiqroq jangchi joylashtirilgan ulkan armada urushga shay holatda Pireyga e`tiborini jamladi46. Ammo suzib ketish oldidan boshlangan barcha harakatlarga soya solgan noxushlik sodir bo`ldi. Bir kechada Afinada qandaydir bezorilar hamma germlarni – savdo va sayohat xudosi Germes tasvirlangan tosh ustunlarni-buzib ketishibdi. Ammo bu voqea ko`pchilik tomonidan shunchaki bir necha ichib olgan yoshlarning bezoriligi emas, balki fitnachilarning demokratiyaga qilgan tahdid da`vati sifatida qabul qildi. Darhol tergov ishlari boshlandi. Bu ish bo`yicha hech narsa topilmadi, lekin boshqa narsa aniqlandi: Alkviad Elevsin misteriyalari(dininy marosim) parodiya qilganlikda ayblandi. Qudratli strateg darhol sud qilib hammasini aniqlashtirib olishini talab qildi. Biroq ish qoldirildi va Alkiviad uzoq yo`lga shubha ostida chiqishiga to`g`ri keldi. Sitsiliyada ularni yaxshi kutib olishmadi: Naksos darvozalarini ochdi, lekin Katanga kuch bilan kirishga to`g`ri keldi. Bu ikki shaharda o`rnashib olgach afinaliklar Sitsiliya qirg`oqlarining ichkarirog`iga suzishdi. Afinaliklarning asl maqsadi ko`pgina sitsiliyaliklarga ayon bo`lib bo`lgan edi, Sirakuzada yaqinlashib kelayotgan noxushlikka tayyorgarlik ko`ra boshlashdi. Bu orada Afinada “muqaddas marosim” tergov ishlari davom etardi. Alkiviadni xush ko`rmaydiganlar bu vaziyatdan foydalanib qolmoqchi edilar. Alkiviadga qarshi ish ochildi va uni Afinaga sud uchun olib kelish uchun Sitsiliyaga maxsus kema yuborildi. Alkiviad kelganlar bilan tinch yo`lga tushdi ammo yo`lda kemadan qochib, qirg`oqqa yashirinishga muvaffaq bo`ldi. U suddan qochganligi bilan o`z aybini isbotladi. Afinada uni o`limga hukm qilishdi, ismini lan`atlab, mulkini musodara qilishdi47. Ekspeditsiya poydevori bo`lgan Alkiviadning yo`qligi voqealar rivojiga o`z ta`sirini o`tkazmay qolmadi. Bosh qo`mondonga aylanga Nikiy eng yaxshi yo`llar bilan harakat qilmayotgan edi. Eramizdan avvalgi 414-yilning bahoridagina afinaliklar Sirakuzaga yaqin kelib uni qamal qila boshlashdi. Qish bo`yi sirakuzaliklar shahar atrofida yangi himoya chizig`ini yaratishdi, kuchli qo`shin to`plab Peloponnes davlatlarining qo`llab-quvvatlashi va yordamidan bahramand bo`layotgan edilar. Ular afinaliklarning qamal harakatlarini yo`qqa chiqarishni uddalashdi48. Eramizdan avvalgi 413-yilning bahorida sirakuzaliklar dengizda ham ancha jonli harakat qilishga o`tishdi. Sirakuza yonidagi Afina qo`shinlari xavf ostida qolgandi. Bu orada Gretsiyaning o`zada ham urush qaytalandi. Eramizdan avvalgi 414-yildayoq spartaliklar armiyasi Afinaning ittifoqdoshi Argos yerlariga bostirib kirdi49. Javob shu bo`ldiki, afinaliklar floti Lakonika qirg`og`iga hujum qildi. Afinani tinchlik sulhini buzganlikda ayblab (afinaliklar bunda eramizdan avvalgi 419/18-yilda spartaliklarni ayblashgan edi) spartaliklar qo`shini shoh Agis qo`mondonligida keyingi bahorda Attikaga bostirib kirishdi. U paytga kelib Spartaga o`tishga muvaffaq bo`lgan Alkiviadning maslahatiga ko`ra ular Afina shimolidan 20 km uzoqlikdagina joylashgan Dekeleyani egallashdi va Attikaning yarmini doimiy kuzatuv ostiga olishdi. Spartaliklar Afinaga qarshi hamma operatsiyalarini Dekeleyadagi bazalariga tayanib olib borganliklari uchun Peloponnes urushlarining bu so`nggi bosqichini Dekeleya urushi deb ham ataladi.

Spartaliklarning Afinaga bu qadar yaqinda ekanligi dahshatli tahdid uyg`otardi. Shunga qaramay afinaliklar Sitsiliyadagi kampaniyani davom ettirishardi. Eramizdan avvalgi 413-yilning yozida ular u yerga yangi, avvalgisidek katta flot va qo`shinlarni mashhur Demosfen boshchiligida yuborishdi. Bunday yordam kuchlarining yetib kelganligi afinaliklar g`alaba qozonish imkoniyatlarini oshirishi kerak edi. Biroq Sitsiliya va Peloponnesdagi ittifoqdoshlaridan yordam yetib kelgan sirakuzaliklar ham chekinishni hayollariga ham keltirishmadi. Ikkita jangda Afina floti mag`lub bo`ldi. Harakatlana olmaydigan yarador va kasallarni qoldirib ruhi cho`kkan afinaliklar Sitsiliya janubiga yo`l olishdi. Biroq yo`lda Nikiy va Demosfen guruhlari bir-birlaridan ajralib alohida-alohida sirakuzaliklar qurshoviga tushib qolishdi. Asirga tushgan afinaliklarni sirakuzaliklar tosh konlariga ko`mib tashalashdi. Nikiy va Demosfenni esa tinch holatdagi davlatga asossiz hujum qilgan qo`mondonlar sifatida qatl qilishdi. Afinaning Sitsiliyadagi mag`lubiyati ulkan talofotli bo`ldi. Shunchalik ko`p odam va kemalar yo`qotilgan ediki, ularni yaqin yillar ichida tiklab olishning iloji yo`q edi. Spartaliklar esa Dekeleyaga yaxshi o`rnashib olishdi. Ular qancha uzoq muddat qolishsa, Attika shuncha zarar ko`rardi: qishloq xo`jaligi hududlari xonavayron bo`lgandi, Lavr konlaridan kumush qazib olish qiyinlashib borardi va bu ham yetmagandek dushman boshiga hunarmandchilikda band bo`lgan 20 ming qul yopirilib kelgan edi50. Afinaning eng muhim ittifoqdosh shaharlari – Evbey, Lesbos va Xios – yashirincha peloponnesliklar bilan aloqaga kirishishdi. Tez orada bu harakat butun Ioniya va Eliodani egalladi. Separatistlarni qo`llab-quvvatlash uchun spartaliklarga katta flot kerak edi. Biroq uni qurish kattapulni talab qilardi, spartaliklarda esa u yo`q edi. Bunday sharoitlarda Spartaning Eron bilan yaqinlashuvi sezildi. Sparta kerakli ko`makni oldi, ammo ular fors hukmdorining butun Kichik Osiyoda, bir necha sohilbo`yi grek shaharlarini ham hisoblagan holda, hukmronligi va hokimiyatini tan oldilar. Eron Sparta yordamida o`zining eski dushmani Afina bilan hisobni tenglashtirib olish imkoniyatiga ega bo`ldi. Eramizdan avvalgi 412-yilning butun ikkinchi yarmini afinaliklar bor kuchlari bilan ketgan ittifoqdoshlarini qaytarishga urinishdi51. Afina floti Lesbosni qayta bo`ysundira oldi, ammo Xiosga qarshi harakatlar natija bermadi, Milet yaqinidagi operatsiyani esa kuchli Peloponnes floti kelib qolganligi uchun to`xtatishga to`g`ri keldi. Eramizdan avvalgi 411-yilning boshiga kelib Afina qo`li ostida Lesbos, Samos, Kos va ikki-uchta Kichik Osiyo sohillaridagi shaharlar qoldi. Bu barcha omadsizliklar natijasida eramizdan avvalgi 411-yilda Afinada siyosiy inqiroz yuzaga keldi. Antidemokratik harakatlarga Samos yaqinidagai Afina floti komandirlarining bir qismi qo`shildi. Spartaliklar bilan janjallashib, fors satrapi Tissafern huzurida qo`nim topishga ulgurgan Alkiviad Samosdagi Afina qo`mondoni bilan aloqa o`rnatib, ularni uni haydab yuborgan demokratiyani hokimiyatdan ag`darishga undardi. Buning evaziga forslar bilan Afina foydasiga kelishuvga erishishga yordam berishni taklif qiladi. To`ntarish ideologi(g`oyaviy rahnamosi) sofist Antifont, asosiy ijrochilari esa harbiylar Pisandr va Frinix bo`ldilar. Eramizdan avvalgi 411-yilning bahorida Pisandr o`z tarafdorlarining guruhi bailan Samosdan Afinaga yetib keldi. Bu vaqtga kelib shaharni allaqochon antidemokratik harakat egallab olgandi: oligarxlar jamoasi aholini terrorlashtirar edi. Xalq sardorlari – ular ichida Androkl ham bor edi–kuch bilan chetlashtirilgandi. Dahshatga tushgan fuqarolarni yig`inga chaqirishdi va u yerda Pisandrning taklifi bilan davlat boshqaruv usuli o`zgartirildi: to`laqonli fuqarolar soni 5 ming badavlat afinaliklar bilan cheklangan edi, butun hokimiyat oligarxlarning 400 lar Sovetiga topshirildi52. Ommaviy to`lovlar va bo`lib berishlar bekor qilindi. Oligarxiya g`olib bo`ldi, ammo ularning g`alabasi uzoqqa cho`zilmadi. Aholining katta qismi demokratik an`analar davomchisi bo`lgan Afinada oligarxik tuzumning mustahkam va uzoq davom etishi uchun poydevor yo`q edi. Oligarxlarning Samosdagi flot va qo`shinni o`z nazoratiga olish harakatlari samarasiz bo`ldi. Demokratiyaga moslashgan jangchilar dengizchilar, eshkakchilar oligarxiya haqida eshitishni ham xohlashmasdi. To`ntarish tarafdorlari bo`lgan komandirlar vazifasidan ozod etildilar, ularning o`rniga yangilari tanlandi. Hokimiyatga kelgan oligarxlar hatto eslamagan Alkiviad o`sha vaqtdayoq Samosdagi demokratlarga o`z xizmatini talkif qiladi va ular uning qo`mondonlik qobiliyatlariga muhtojlik sezgan holda uni komandirlar qatoriga qo`shishadi. Afinaning o`zida esa 400 lar hukumati yaxshi holatda emasdi. Shuning uchun oligarxlarning bir qismi Antifont boshchiligida kapitulyatsiya(qo`shinlarni olib chiqib ketish) yo`li biln bo`lsa-da Sparta bilan kelishuvga kirishni talab qilardi. Bu bilan ular yetishmayotgan quvvatni spartaliklardan olmoqchi edilar. Bunga boshqa guruh Feramen boshchiligida qarshilik qilardi. Afinadagi ichki inqirozdan foydalangan spartaliklar kanallarda (suv yo`llarida) operatsiyalarni boshlab yuborishdi. Ularning u yerda paydo bo`lishlarining o`ziyoq Afina ittifoqchilarining ajralib ketishi uchun yetarli edi va tez orada afinaliklar qo`lida Xersones Frakiyskiy va Osiyo qirg`oqlaridagi Lampsakgina qoldi. Afinaliklar uchun yana bir dahshatli zarba Evbeyaning boy berilishi bo`ldi–u yerga ular o`z domenlari sifatida qarashga o`rganib qolishgandi, u yer Attikadan kam bo`lmagan non berib turardi. Evbeyaning boy berilishi Afinaninyangi inqirozga olib keldi: 400lar hukumati quladi va boshqaruvga Feramenning konservativ ruhdagi guruhi keldi (eramizdan avvalgi 411-yil kuz)53. Endi yangi yo`nalish ishlab chiqildi(unga ko`ra hokimiyat o`sha 5mingtalar yig`iniga uzatilgandi). Bunga konservativ siyosat tarafdorlari bo`lgan Fukidid va Aristotel katta baho berishdi. Yangi hukumat Alkiviadga amnistiya haqida qaror qabul qildi va shu bilan flot bilan hamkorlikka yo`l ochdi. Uchta ketma-ket jangda Alkiviad va afinaliklar Peloponnes flotini yer tishlatishdi hamda kanallar(suv yo`llari) ustidan deyarli mutlaq nazoratni qo`lga olishdi. Afinada bu g`alabalardan ruhlangan xalq boshini ko`tardi va eramizdan avvalgi 410-yil bahorda demokratik tuzum to`laligicha tiklandi54. Ularning muvaffaqiyati sezilarli darajada Alkiviadning dadilligi va mahorati tufayli edi. Bu sarkardaning obro`si qaytadan orta boshladi. O`sh og`ir damlarda ko`plar an`anaviy yo`lda harakat qilayotgan siyostachilarga nisbatan ishonchlarini yo`qotgan edilar va xodolar suygan omadli sarkardagina Vatanni halokatdan saqlab qolishi mumkin degan fikrga kelishgan edi. Eramizdan avvalgi 407-yilda Alkiviad o`z yurtiga qaytdi va Afina xalqi tomonidan yuksak kutib olindi. U oltin chambarak bilan mukofotlandi va quruqlik va dengizdagi yakka qo`mondon etib tayinlandi. O`sha yilning so`ngidayoq 100ta trierdan iborat eskadraga bosh bo`lib Alkiviad Afinadan Ioniyani zabt etish uchunyo`lga chiqdi55. Bu urada spartaliklar o`z flotlarini tiklab olishdi va Efesda afinaliklarni ham deyarli o`shanday eskadra kuttib turardi. Sparta flotining qo`mondoni mag`rurlik va shon-shuhratga intilishda Alkiviaddan qolishmaydigan mohir sardor Lisandr bo`ldi. U Kichik Osiyodagi yangi fors hukmdori–Sparta flotining ta`minotini o`z bo`yniga olgan – Kir Kichkina bilan yaxshi aloqalar o`rnatgan edi. Eramizdan avvalgi 406-yilning bahorida Alkiviadning vaqtinchalik yo`qligidan foydalangan Lisandr Afina flotini qisman talofot yetkazdi. Afinliklarga yetkazilgan zarar sezilarli darajada emasdi, biroq kayfiyati o`zgaruvchan demos Alkiviadga sovidi va u strateglikka qayta saylanmadi. Xafa bo`lgan Alkiviad Afinadan ketdi. Bu orada Sparta floti 140 ta trierga yetdi. Afina floti Lesbosdagi Mitelena bandargohida yakson qilindi. Afinada Akropoldagi ibodatxonalarda saqlangan qimmatbaho buyumlar pulga aylantirildi; bu pullar 110 ta trierdan iborat yangi flotni shakllantirishga sarflandi. Fuqarolar yetishmaganligi sababli unga meteklar va ozod qilingan qullar ham olindi. Bu flot Lesbosga yo`l oldi va Lesbos va materik orasodagi dahshatli to`qnashuvdan keyin peloponnesliklarni yakson qiladi. Ular kemalarining yarmidan ayrilishdi. G`alaba hal qiluvchi edi, biroq tushkunlikka tushgan Afina xalqi strateglarni zararlangan yoki cho`kayotgan o`z kemalaridagi dengizchilarni qutqarib olmaganlikda aybladi. Sudga kelgan hamma strateglar Afinada o`limga hukm qilindi. Boshqaruvdagi bu demosning bunday harakatlari qo`shin ruhiyatiga yomon ta`sir o`tkazdi: strateglar muhim va mas`uliyat talab etadigan qarorlarni qabul qilishga qo`rqib qolishdi. Eramizdan avvalgi 405-yilning bahorida Lisandr boshchiligidagi Sparta floti Gellespontda urush harakatlarini boshlab yubordi56. Afina strateglari Egospotama daryosining quyilish joyi yaqinidagi Xersones Frakiyskiy sohilida uncha omadli bo`lmagan pozitsiyani egallashdi. Lisandr qulay fursatni poylab kutilmagan da afinaliklarga hujum qildi. Afina kemalari qirg`oqda ekipajsiz turar edilar va spartaliklar ularni osongina egallashdi. Spartaliklar qo`liga ko`plab afinaliklar va mahalliy aholidan asir tushdi. Lisandr ular ichidan aynan Afina fuqarolarini ajratib olib(ular 3mingga yaqin edi) ularni qatl ettirdi. Egospotama yaqinidagi mag`lubiyat afinaliklar uchun katta falokat edi. Endi ularda yo`qotilganlarni tiklab olishning haech qanday imkoniyati qolmagan edi. Afina davlatining taqdiri hal bo`lgan edi. Afina mulklari bo`ylab Lisandr o`z reydini boshladi. Hamma shahrlarda haydab chiqarilayotgan Afina garnizonlarining o`rniga o`zinikilarni joylashtirdi hamda oligarxik hukumat –dekarxiya(10lar komiteti)ni o`rnatdi. Eramizdan avvalgi 405-yilning kuzida Lisandr 150ta kema bilan Afina yaqinida paydo bo`ldi57. Bir vaqtning o`zida shahrga ikki tomondan spartalik piyoda qo`shinlar yaqin kela boshlashdi. Afina tor blokada halqasi bilan o`rab olingandi. Qish boshlarida shaharda ochlik boshlandi. Uning ta`siri bilan afinaliklar muzokaralar olib borishdi. Ammo spartaliklarning Afinani Pireya bilan bog`lab turgan Uzun devorlarni buzib tashlash talabi afinaliklarga oshib tushdi va muzokaralar to`xtib qo`yildi. Biroq eramizdan avvalgi 404-yilning bahorida qamaldagilarning ahvoli chidab bo`lmas darajaga keldi58. Tinchlik tarafdorlari ustun kelishdi; Afina uchunjuda og`ir sharoitlarda tinchlik sulhigab kirildi. Ular barcha tashqi mulklaridan ayrilishdi, Uzun devorlarni buzishga va spartaliklarga barcha kemalarini, o`z bandargohlarini qaroqchilardan himoya qilishga yetarli 12 ta kemadan tashqari, topshirishga majbur bo`ldilar. Ularni barcha quvg`in qilinganlarni(demokratiya dushmanlarini!) qaytarib olishga majbur qilishdi; Afinaning tashqi siyosati butunlay Spartaga qaram bo`lib qoldi. Eramizdan avvalgi 404-yilning aprelida lisandr Afinaga kirib bordi va darhol g`oliblar xursandchiligida Uzun devorlar buzilishi boshlandi. Keyin Lisandr Samosga yo`l oldi. U yerda mahalliy demokratiya Afinaga chindan sodiq qolgan edi. Uzoq muddatli qamaldan so`ng samosliklar ham kapitulyatsiya qilishga majbur bo`ldilar va shu bilan Peloponnes urushi haqiqatdan o`z nihoyasiga yetadi.


Download 153 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish