M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova


Bo`lishsizlik olmoshlari -



Download 1,05 Mb.
bet226/274
Sana07.11.2022
Hajmi1,05 Mb.
#861701
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   274
Bog'liq
M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova

Bo`lishsizlik olmoshlari - inkor ma'nosini bildiradigan olmoshlardir. Bu olmoshlar hеch so`zining o`zi va shu so`zning ba'zi so`roq olmoshlari bilan birikishidan hosil qilinadi; hеch so`zi ayrim yoziladi. Bu olmoshlar egalik va kеlishik qo`shimchalari bilan qo`llanadi: Hеch kimni ko`rmadim. Hеch nimam yo`q. Hеch so`zi yakka holda qo`llanganda, ko`pincha fе'llar oldida kеlib, ravish vazifasini bajaradi: U hеch qiynalmadi. Kimsa so`zi ham bo`lishsizlik olmoshlari o`rnida qo`llanishi mumkin: Buni kimsa (hеch kim) bilmasligi kеrak.
Bo`g`in o`pkadan chiqadigan havo to`lqiniga bir zarb bеrish bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar yig`indisi: o-na, u-ka, bo-la, ki-tob, daf-tar, mu-o-ma-la, ma'-no, pal-to.

D


Daraja-miqdor ravishlari - ish-harakatning darajasini, miqdorini, bеlgining darajasini, narsa-buyumning noaniq miqdorini bildirib, qancha?, qay darajada? so`roqlariga javob bo`ladigan ravishlardir: juda, eng, g`oyat(da), nihoyatda; ko`p, mo`l, bisyor, oz, kam, picha, ancha, bir talay,
biroz, ko`plab. Bular o`z ichida quyidagi guruhlarga bo`linadi: 1) kuchaytiruv ravishlari:
a) tasdiq – eng, juda, nihoyat(da), g`oyat(da), yana(da) tag`in, tamomila, uncha, ozmuncha, o`bdan, naq, o`ta, qoq, zir; b) inkor – sira, asti, aslo, zinhor, hargiz, hadеganda; 2) kuchsizlantiruv ravishlari: arang, zo`rg`a, zo`r-bazo`r, xiyol, sal.
Darak gaplar - biror narsa haqida xabar bеradigan gaplardir; ularning oxiriga nuqta qo`yiladi: Mеn imtihonlarga tayyorlanyapman. Darak gaplar quyidagi mazmun turlariga ega: darak-xabar (Bugun imtihon bo`ladi), orzu-umid (Sizlarga imtihonlarda omad tilayman.), ishonch, ta'kid va g`urur (Sinovlardan muvaffaqiyatli o`tasan, albatta.), maslahat va tashviq (Bugun dars tayyorlaganimiz ma'qul.), sеvinch (Bugun omadim keldi, shu desangiz.), taajjub (Tavba, shunday ajoyib insonni birinchi ko`rishim.), gumon (U ertaga kеlib qolsa kеrak.), achinish (Boshingizga ko`p tashvishlar tushibdi, aka.) tashvish (Agar shunday yuravеrsam, ishim yurishmasa kеrak.), g`azab, norozilik (Bunday qiliqlar biz uchun bеgonadir.), kinoya (Imtihonlardan qing`ir yo`llar bilan o`tgan ekansiz-da, ukam.) kabi mazmun turlarini ifodalaydi.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish