M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova



Download 1,05 Mb.
bet117/274
Sana07.11.2022
Hajmi1,05 Mb.
#861701
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   274
Bog'liq
M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova

11 -§. To`liqsiz fe`llar


Mustaqil holda ish-harakat ma`nosini ifodalamay, turli fe`l shakllaridan so`ng (keng ma`noda ot bilan) qo`llanib, faqat grammatik modal ma`no ifodalaydigan fe`llar to`liqsiz fe`llar deyiladi. To`liqsiz fe`llarga edi (-di), ekan (-kan), emish (-mish) kabi fe`l shakllari kiradi. Yozar edi


yozardi, yozar ekan – yozarkan, yozar emish – yozarmish kabi. Bu fe`llar aslida bir e (arxaik er) fe`l negizining turli shakllari bo`lib, ular hozir ayrim-ayrim so`z sifatida tushuniladi.
To`liqsiz fe`l sifatdosh, ravishdosh va harakat nomi bilan birikib, fe`l zamonlarining analitik usul bilan yasalgan shakllarini hosil qiladi. To`liqsiz fe`llar edi, ekan, emish turlicha modal ma`nolar ifodalaydi:

  1. edi to`liqsiz fe`li qatnashgan fe`l shaklida ta`kidlash, eslatish, hikoya, davomiylik, takror kabi ma`nolarni bildiradi: Bo`shagan erlarning bag`rini pluglarning o`tkir tig`lari tilka-tilka qilmoqda edi (H.N.). Shu kuni endi ko`chaga chiqib edi... (M.Ismoiliy). Ular bir partada o`tirishar, birga dars tayyorlashar, maktabni bitirgandan keyin qayerga o`qishga borish haqida maslahatlashar, xayol surishar edi (S.Zunnunova).

  2. ekan to`liqsiz fe`l qatnashgan shakllarda o`tmishda yuz bergan voqea-hodisaning so`zlovchiga keyinchalik ma`lum bo`lganligi va uning davomi ekanligi anglashiladi: Aytishingizdan, oradan hech gap o`tmagan ekan (A.Qahhor).

  3. emish to`liqsiz fe`li esa noaniqlik, gumon, eshitilganlik ma`nolarini bildiradi:

O`zgarmagan, ammo negadir ikkovining ham bo`yi juda uzun bo`lib ketgan emish (S.Ahmad).
To`liqsiz fe`llar boshqa so`z turkumlari bilan ham birikib keladi. Bu holda ot kesim tarkibida kelib, bog`lama vazifasini bajarib, tuslovchi affikslarni oladi: Uy kichkina, lekin yorug` va toza edi (O.)
Fe`llarda modal ma`no fe`lning juft va takrorik shakli bilan ham ifodalanadi. Bunday shakl orqali harakatning davomliligi, takrorlanib turishi, tugallanganlik, harakatning voqe bo`lishiga turlicha munosabat (befarqlik) kabi modal ma`nolar anglashiladi: ayta-ayta, borib-borib, aytsa- aytar, uchadi-ketadi, kelsa-kelibdi, ishlasa-ishlasin kabi.


Fe`l tahlili namunasi

1. So`rog`i.

8. To`liq yoki to`liqsizligi.

  1. Bo`lishli yoki bo`lishsizligi.

  2. O`timli yoki o`timsizligi.

  3. Nisbati.

  4. SHaxs-soni

  5. Zamon turi.

  6. Mayl turi.

  1. Yetakchi, ko`makchi fe`llar aniqlanadi.

  2. Vazifadosh (xoslangan) shakllari.

  3. Tuzilish turi.

  4. Tub yoki yasamaligi.

  5. Gapdagi sintaktik vazifasi




Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish