Orttirma daraja. Predmetdagi belgining boshqa predmetdagi shunday belgiga nisbatan eng ko`p, oliy darajada ekanligini ifodalash orttirma daraja deyiladi. Sifatning orttirma daraja shakli quyidagi usullar bilan ifoda qilinadi:
leksik usul. Oddiy darajadagi sifat oldidan eng, juda, nihoyatda, behad, g`oyat, g`oyatda, hammadan kabi so`zlarni keltirish bilan: juda chiroyli, nihoyatda shirin, g`oyatda mehribon kabi.
Leksik usulda ba`zan belgi bildiruvchi sifatlar o`rnida boshqa so`zlar ishlatilishi mumkin:
zahar (garmdori), olov (sho`x).
Sifat tovush o`zgarishlarisiz takrorlash orqali ham orttirma daraja hosil qilinadi: katta-katta, shirin-shirin.
sifat oldidan to`q, jiqqa, tim, g`irt kabi so`zlarni keltirish bilan: jiqqa ho`l, tim qora.
sifat oldidan so`z birikmalari va iboralarni qo`llash orqali: haddan ziyod (chiroyli), quling o`rgilsin (jonon).
fonetik usul. Bunda sifatni tovush o`zgarishlari orqali takrorlash yo`li bilan.
sifatning birinchi bo`g`ini ikkinchi bo`g`inidagi undosh bilan takrorlanadi: dum-dumaloq, pak-pakana, but-butun kabi.
sifatni birinchi bo`g`inidagi p undoshi qo`shib takrorlanadi: sap-sariq, qip-qizil.
sifatning oldingi ikki tovushi ajratilib, unga p,m tovushlaridan biri qo`shiladi va undan keyin so`zning o`zi takrorlanadi: yap-yangi, ko`m-ko`k.
sifatning birinchi bo`g`inidan keyin –ppa shakli qo`shiladi: soppa-sog`, to`ppa-to`g`ri.
3 -§. Ozaytirma va kuchaytirma sifatlar.
Sifat belgini ozaytirib yoki kuchaytirib ifodalashiga ko`ra ikki xil bo`ladi:
ozaytirma sifat;
kuchaytirma sifat.
Ozaytirma sifat o`zakdan anglashilgan belgining me`yoridan ozligini bildiradi. Ular morfologik va leksik usullar bilan yasaladi:
Morfologik usul. Sifatlarga –ish, -imtir, -mtir affikslarini qo`shib ozaytirma sifat hosil qilinadi: ko`kish, qizg`ish, oqimtir, qoramtir. –ish qo`shimchasi qo`shilgan ba`zi sifatlar o`zagida tovush o`zgarishlari sodir bo`ladi: sariq+ish-sarg`ish. Bu so`zda o`zakdagi i unlisi tushib qolgan, q undoshi g` undoshiga almashgan. Qizil sifatiga -ish qo`shilishi bilan o`zakdagi –il tovushlari tushib, g` tovushi orttirilgan.
Sifatlarga –gina, -kina, -qina affikslari qo`shilib, belgilarni kuchsizlantirish ozaytirishi mumkin. Bunda –k bilan tugagan sifatlarga –kina, -q bilan tugagan sifatlarga -qina, qolgan sifat shakllariga –gina affiksi qo`shiladi. Misol: tuzukkina, oriqqina, sariqqina, kattagina.
Leksik usul. Sifatning oldidan och, nim so`zlarini keltirish bilan belgi kamaytiriladi: och pushti, nimqizil.
Kuchaytirma sifatlar o`zakdan anglashilgan belgining ortiqligini bildiradi. Kuchaytirma sifatlar leksik va morfologik usul bilan hosil qilinadi.
morfologik usul. Bu usulda sifatni tovush o`zgarishlari orqali takrorlash yo`li bilan:
Sifatning birinchi bo`g`ini ikkinchi bo`g`inidagi undosh bilan takrorlanadi: dum-dumaloq, pak-pakana, but-butun
Sifatning birinchi bo`g`iniga –p undoshi qo`shib takrorlanadi: sap-sariq, qip-qizil.
Sifatning oldingi ikki tovushi ajratilib unga p, m tovushlaridan biri qo`shiladi va undan keyin so`zning o`zi takrorlanadi: yap-yangi, ko`m-ko`k.
Sifatning birinchi bo`g`inidan keyin ppa shakli qo`shiladi: soppasog`, to`ppato`g`ri.
katta
leksik usul. Sifat tovush o`zgarishlarisiz takrorlanib orttirma daraja hosil qilinadi: katta-
Qiyosiy darajadagi sifat oldida ma`noni kuchaytiruvchi yana, yanada, yana ham so`zlari
kelishi mumkin: yanada yaxshiroq, yana ham balandroq, yana jonliroq.
Do'stlaringiz bilan baham: |