M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri


-sinflarda boshlang‘ich maktablarda olingan bilim va ko‘nikmalar mustahkamlanadi



Download 422,93 Kb.
bet160/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

7-sinflarda boshlang‘ich maktablarda olingan bilim va ko‘nikmalar mustahkamlanadi.

Botanika, zoologiya, anatomiya va fiziologiya fanlarini o‘rganishda gigiyena bilan ancha mukammal tanishtiriladi. Bota- nika darsida o‘qituvchi atrof-muhitni muhofaza qilish uchun shaharlar va qishloqlarni ko‘kalamzorlashtirishning ahamiyati to‘g‘risida so‘zlab beradi, shaxsiy va jamoat gigiyenasiga amal qilinishi muhimligini aniq ko‘rsatib beradi, har xil kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinma- ganda kasallik kelib chiqishi ehtimoli borligi to‘g‘risida so‘zlab beradi.
«Odam anatomiyasi va fiziologiyasi» kursida odam organiz- mining tuzilishi va hayot faoliyati to‘g‘risida dastlabki bilim beriladi. O‘quvchilar organizmning turli sistemalari (mushak, yurak-tomir va boshqalar) hamda ularning to‘g‘ri rivojlanishiga imkon beradigan gigiyena sharoitlarini o‘rganadilar.
Jinsiy tarbiya gigiyenasi muhim ahamiyatga ega. Jinsiy tarbiya jins va yoshni hisobga olgan holda vrach va o‘qituvchi bilan birgalikda alohida-alohida o‘tkaziladi.
O‘qituvchilar va tarbiyachilar qiz va o‘g‘il bolalarning prepu­bertal va pubertat yoshda anatomik-fiziologik rivojlanish xususi- yatlarini, organizmning fiziologik va psixologik xususiyatlarini, balog‘atga yetish davrida o‘quv mashg‘ulotlari va shaxsiy gigiyena rejimini tashkil etishni bilishlari zarur.
Maktablar, internat-maktablar va bolalar oromgohlarining rahbarlari mazkur muassasalarda qiz bolalarning oddiy gigiyena qoidalarini bajarishlariga imkon berish uchun zarur sanitariya- gigiyena sharoitlarini yaratib berishlari shart.
O‘qituvchi gigiyena ilmi va ko‘nikmasiga o‘rgatish bilan birga dasturlardan tashqari suhbatlar va epidemiyaga qarshi tadbirlar (tozalikni ko‘zdan kechirish, hasharotlarga qarshi kurashish va boshqalar) o‘tkazadi.


16-M.A. Azizov


241




Mehnat tarbiyasi va ijtimoiy foydali mehnat bo‘yicha dastur- larda o‘quvchilar mehnat operatsiyalari (arralash, randalash, metallni kesish, hayvonlarni boqish) ni o‘zlashtirishda mehnat gigiyenasi va xavfsizlik texnikasidan ma’lumot olishadi. Qiz bolalar ro‘zg‘or tutish darsida ovqat pishirishga qo‘yiladigan gigiyena talablari bilan tanishadilar.
Gigiyenik tarbiya sistemasida o‘quvchilarning sanitariya jihatdan tashabbuskorligini tashkil etish muhim ahamiyatga ega, buning uchun har bir maktabda umumiy va sinf sani­tariya (post) joylari, shuningdek, maktab sanitariya druji- nasi tuziladi.
Umummaktab sanitariya posti maktabning sanitariya holatini shuningdek, o‘quvchilar tomonidan shaxsiy gigiyena qoidala- rining bajarilishini kuzatib boradi, sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazishda maktabning tibbiyot xodimiga yordam beradi, baxtsiz hodisalar ro‘y berganda birinchi yordam ko‘rsatadi, biror o‘quvchi kasal bo‘lib qolganda va sanitariya holati buzilganda bu haqda vrachga xabar beradi.
Sinf sanitariya postlari sinfning tozaligi, uning shamollatib turilishi, shaxsiy gigiyena qoidalarining bajarilishini kuzatib bora- di, o‘quvchilar orasida sanitariya-oqartuv ishlari olib borishda yordam beradi.
Maktab sanitariya drujinasi yuqori sinf o‘quvchilaridan tashkil etilib, vrach tomonidan tayyorlanadi. Maktab sanitariya druji- nasining shaxsiy tarkibi sinf sanitariya postlariga yordam beradi, maktabni ko‘kalamzorlashtirishda, turistik sayohatlarda ishtirok etadi, maktabda sanitariya-sog‘lomlashtirish va profilaktika ishlari, suhbatlar o‘tkazadi, sinflar va sanitariya postlari o‘rtasida sanitariya ko‘rsatkichlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etadi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar tomonidan shaxsiy gigiye- na qoidalarining bajarilishi, sinfning tozaligi va uni shamollatib turish ustidan sanitariya uchligi nazorat qilib boradi.
Maktablar meditsina xodimi o‘qituvchilar va ota-onalar bilan sanitariya-oqartuv ishlari olib borishadi. Shu maqsadda vrach o‘qituvchilar konferensiyalari, ota-onalar majlislarida o‘quv- chilarning sog‘lig‘ini muhofaza qilishning muhim masalalari bo‘- yicha ma’ruzalar qiladi, bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilishga yordam beradigan kengash tashkil etadi, unga vrachdan tashqari o‘qituvchilar, ota-onalar kiradilar.





Download 422,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish