M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri


Parta ustki qismining o‘tiruvchiga nisbatan 15° pastga og‘ishi gigiyenik talablarga javob beradi



Download 422,93 Kb.
bet155/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

Parta ustki qismining o‘tiruvchiga nisbatan 15° pastga og‘ishi gigiyenik talablarga javob beradi.
Partalar va stollarning ustki sathi tabiiy taxta rangida yoki yashil, sariq va havo rangga bo‘yalgani ma’qul, bunda yorug‘likni qaytarish koeffitsiyenti 35—55% atrofida bo‘ladi. Shuningdek, stollar va stullar ham gigiyenik talablarga javob beradi. Shu bois ham hozir sinflar stol va stullar bilan jihozlanayapti.
Bolalarni antropometrik belgilarni hisobga olib partalarga o‘tqizish ularning to‘g‘ri rivojlanishiga ta’sir qilib qolmay, ish qobiliyatini ham oshiradi.


  1. §. SINF TAXTALARIGA QO‘YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR


Sinflardagi taxtalar, asosan, ikki devorga o‘rnatilgan va ko‘ch- ma taxtalarga bo‘linadi. Taxtadagi yozuv hammaga ko‘rinishi uchun oxirgi qatordagi partalar yoki stollarga nisbatan oraliq ko‘pi bilan 8—9 m bo‘lishi kerak. Bunday masofada sinf taxtasiga yozilganlarni o‘quvchi yaxshi ko‘radi.
Sinf taxtalarining yuzasi yaltiramaydigan, silliq jigarrang yoki to‘q yashil tusdagi linoleum, rezina yo bo‘lmasa plastmassadan tayyorlanadi. Taxtaning pastki cheti partalar balandligidan sal yuqoriroq (poldan hisoblaganda 85—95 sm baland) bo‘lishi kerak. Yaxshi ko‘rinib turadigan bo‘lishi uchun taxtalar tepasiga qo‘shimcha chiroq o‘rnatish ham mumkin.

  1. §. MAKTAB O‘QUV USTAXONALARIGA QO‘YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR

O‘quvchilarning mehnat bilan shug‘ullanishi ularning jismoniy va aqliy jihatdan uyg‘un rivojlanishiga imkon beradi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari mehnat darsida qo‘l mehna- tining yengil turlari (karton, plastilin, gazlamalar) bilan shug‘ul- lanadilar, o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilarining mehnat darsi har xil kasbni egallash bo‘yicha ustaxonalarda, ishlab chiqarish korxonalarida, jamoa xo‘jaliklari dalalarida, fermalarda o‘tadi.
Mehnat darsining samaradorligi ko‘p jihatdan gigiyenik ta- lablar asosida tashkil qilinishiga bog‘liq. Mehnat darsi ham boshqa fanlar singari 45 minut davom etishi kerak. Boshlang‘ich sinflarda ikki darsni qo‘shib o‘tishga ruxsat etilmaydi, 5—8-sinflarda ikkita mehnat darsi qo‘shib o‘tilishi mumkin, lekin har 45 minutdan so‘ng o‘n daqiqali tanaffus beriladi. Yuqorida qayd qilinganidek, boshlang‘ich sinflarda uchinchi darsda 5—7-sinf o‘quvchilarining ustaxonalardagi amaliy mashg‘ulotlarni esa ertalabki 3—4-dars- larda, peshingi o‘qishda 1—2-darslarda o‘tkazish kerak. Chunki, mehnat darsida turli harakatlar natijasida organizmda qon aylanishi, miya hujayralarining kislorod bilan ta’minlanishi yax- shilanadi. Bu esa ish qobiliyatining tiklanishi va keyingi darslarda o‘zlashtirishning yaxshilanishiga imkon beradi.

Download 422,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish