1) 2) 3) 4) 5)
25-rasm. Umurtqa pog‘onasi shaklining har xil buzilishlari.
ishga ham bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham harakatchan mashqlami bajarganda, jismoniy ishlar bilan shug‘ullanganda bolalarning yoshi, skeletining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak. Noto‘g‘ri tashkil qilingan jismoniy mashqlar bola skeletining patologik rivojlanishiga olib keladi.
Maktabgacha tarbiya yoshida boylam-bo‘g‘in apparati juda qo‘zg‘aluvchan bo‘ladi, bu mushaklar, boylamlar va paylarning kattalardagiga qaraganda nihoyatda qayishqoq bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Tishlar 5—7 yoshdan almashina boshlaydi. 5—7 yoshda dastlabki doimiy jag‘ tishlari chiqadi.
Bolalarni tishlarini to‘g‘ri parvarish qilishga o‘rgatish — gigiyena jihatidan to‘g‘ri tarbiya qilishda muhim ahamiyatga ega. Kasal sut tishlar o‘z vaqtida davolatilsa, me’da-ichak yo‘li yaxshi ishlaydi va doimiy benuqson bo‘ladi.
7 yashar bolaning qo‘l mushaklari tez rivojlanib, harakatlari tobora tez va ravon, yo‘g‘on bo‘la boradi. Biroq yetti yashargacha bo‘lgan bolalar hali uzoq davom etadigan mushak zo‘riqishiga bardosh bera olmaydilar, binobarin, jismoniy ish bilan uzoq shug‘ullanmasliklari kerak. Shuning uchun ham bolalarni jismoniy mehnatga asta-sekin o‘rgata borish kerak. Bola qurbi yetadigan ish bilan muntazam shug‘ullanganida mushaklarga
qon kelishi yaxshilanadi, bu ularning oziqlanishi, mushak to‘qimasining to‘g‘ri o‘sishiga va rivojlanishiga imkon beradi.
Teri himoya vazifasini bajaradi. U gavdaning tashqi qoplami bo‘lib, to‘qimalarni zararlanishdan saqlaydi. Bu vazifa, asosan, muguz qatlamga xos. Terining himoya faoliyati yana shundan iboratki, uning muguz qatlami organizmga mikroblar, suv va unda erigan turli xildagi zaharli moddalarning tushishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bunga yog‘ sekreti ham yordam beradi, sekretni terining yog‘ bezlari ishlab chiqaradi, u yupqa parda sifatida terining muguz qatlamini qoplab turadi. Bundan tashqari, maxsus modda — lizosim teri yuzasidagi mikroblarni holsizlantiradi va o‘ldiradi. Teri o‘zidagi ko‘p sonli retseptorlar tufayli, organizm- ning tashqi muhitdagi turli sharoitlarga moslashishida, issiqlikni idora etishida ishtirok etadi, chiniqish jarayonlarida muhim o‘rin tutadi. Teri yuzasidan issiqlik ajraladi (83% ga yaqin). Ultrabinafsha nurlar ta’sirida teridagi 7—8 degidroxolesterindan D vita- mini sintezlanadi.
Bolalar terisi juda nozik va yupqa bo‘lib, qon tomirlari ko‘p bo‘ladi. Terining rangi, tozaligi, mayinligi bolaning salomatligi haqida xulosa chiqarishga imkon beradi.
Bolalarda teri qoplamining hajmi vazniga nisbatan katta bo‘ladi, shuning uchun bolalar atrof-muhit harorati ta’sirida tez isib ketadilar va tez sovqotadilar. Suv muolajalarida va bola- larni chiniqtirishda buni hisobga olish kerak.
Maktabgacha tarbiya yoshida, 6—7 yoshga borib o‘pka bo‘laklari tuzilishi shakllanib bo‘ladi. Nafas chuqur va siyrak bo‘lib qoladi. Agar ikki-uch yashar kichkintoyda nafas tezligi bir daqiqada 28—31 bo‘lsa, 4—7 yoshda esa 23—26 bo‘ladi. Katta yoshli odamda esa 1 daqiqada nafas tezligi 16—18 martaga yetadi. Bola uxlab yotganda xuddi katta odamlardagi kabi nafas tezligi sekinlashadi.
Maktabgacha tarbiya yoshida qon aylanish a’zolarida kuchli anatomik va funksional o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bolaning yurak- tomir sistemasi juda chidamli bo‘ladi. U doimo o‘zgarib tura- digan ish sharoitlariga va zo‘r berib o‘sayotgan organizmga osonlik bilan moslashadi. Bola ulg‘aygan sari yurak shakli, ko‘krak qafasi holati o‘zgaradi. Biroq 6 yoshga borib, bolaning shakliga va holatiga ko‘ra katta yoshdagi odamning yuragidan deyarli farq qilmaydi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi 6—7 yashar bolalarning yurak vazni yangi tug‘ilgan chaqaloq yuragi vaznidan
5—5,5 barobar ortiq bo‘ladi, biroq hali katta yoshli odam yuragi vazniga yetmaydi.
yoshda yurak to‘qimasi mushak qatlamlariga aylana boshlaydi, 7—8 yoshlarga borib, yurak faoliyatini boshqarib turadigan asab apparati shakllanishi tugaydi.
8 yoshlarda yurakning bitta zarba otib chiqaradigan qon miqdori chaqaloqnikidan 9—10 hissa ortadi. Tomirning urish tezligi yurak qisqarishlari soniga mos bo‘ladi. Bola o‘sa borishi bilan tomir urish tezligi siyraklashadi. Uch yashar bolada puls tezligi o‘rta hisobda bir minutda l07—110; 5 yashar bolalarda 100; 7 yashar bolalarda 92 ta bo‘ladi. Katta yoshli odamda esa puls tezligi o‘rta hisobda bir minutda 65—75 martaga teng bo‘ladi. Bolalarda ham xuddi kattalardagi kabi uxlab yotgan vaqtda puls sekinlashadi, qo‘zg‘alganda tezlashadi, bunda faqat yurak qisqa- rishlarining tezligi emas, balki kuchi ham ortadi, arteriya bosimi ko‘tariladi. Bolalarda yurak-tomir sistemasi chiniqtirishga yor- dam beradigan jismoniy harakatlar anatomo-fiziologik xusu- siyatlarni hisobga olgan holda bajarilishi kerak.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda qon hosil qilish sistemasi salga shikastlanishi mumkin. Har qanday kasallikda, gigiyena sharoitlari yomonlashganda, kun tartibi va ovqatlanish buzilganda qon o‘zgaradi. Bolalar gavdasining 1 kg vazniga to‘g‘ri keladigan qon miqdori kattalardagiga qaraganda ancha ko‘p bo‘ladi.
Bola ulg‘ayar ekan, qonning faqat nisbiy miqdori emas, balki tarkibi ham o‘zgaradi. Chaqaloq hayotining birinchi kunlarida qornida eritrotsitlar va gemoglobin ancha ko‘p bo‘ladi. Keyinchalik ularning soni kamayadi. Xuddi shunday qonuniyat leykotsitlar xususida ham kuzatiladi. Bolalikning turli davrlarida qon tarkibining o‘zgarishi qon ishlash sistemasida kuzatiladigan o‘zgarishlarga bevosita bog‘liqdir. U xususan 4—6 yashar bolalarda jadal kechadi. 12—15 yashar bolalarda qon yaratilishi xuddi kattalardagi kabi bo‘lib qoladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning markaziy nerv sistemasida quyidagi morfologik va funksional o‘zgarishlar kuzatiladi: bosh miya po‘stlog‘i differensiyasi, asosan, yetti yosh- ga borib tugaydi, asab sistemasi reaksiyasi, asosan, yangi shartli aloqalar hosil bo‘lishi hisobiga takomillashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |