Betxoven ajoyib ijrochilik mahorati bilan barcha tinglovchilarni qoyil qoldirgan. Baland, yorqin va kuychan tovushlarga ega bo’lgan fortepiano uning sevimli sozi edi. Bu soz uchun kompozitor butun ijodiy yo’li davomida asarlar yozgan. Sonatalar, variaciyalar, 60 dan ortiq turli pesalar bunga misoldir. Bularning orasida 32 ta sonata mashhur asarlardir. Fortepiano sonatasi – kompozitor Betxovenni hayajonga solgan fikrlar va tuyg’ularni ifodalashning qulay shakli edi. Kompozitor yaratgan 32 ta sonata orstida uchtasi nihoyatda mashhur. Bular sakkizinchi sonli «Patetik» sonata, 14 - sonli «Oy» sonatasi va 23- sonli «Appassionata» asarlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |