Kasalligi, turmushini og’irligi, azob uqubatlarga va yolg’izligiga qaramay hayotbaxsh ajoyib asarlar yaratdi. Ular orasida 1824 yilda yozilgan "Tantanali messa" va butun ijodiyotining cho’qqisi bo’lgan 9 - simfoniyasi ham bor. Bu simfoniyaning asosiy g’oyasi - qardoshlik, do’stlik, birlik, ozodlik va baxt simfoniya finalida o’zining yorqin ifodasini topgan. Bu finalda Betxoven buyuk nemis shoiri F. Shillerning "Shodlik" nomli odasi tekstidan foydalangan. Simfoniya finalida xor, yakkaxon qo’shiqchilar va orkestr tomonidan ijro etilgan "Millionlar birlashing" degan kuchli chaqiriq ulug’vor madhiyadek jaranglaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |