(1770 - 1827) Lyudvig van Betxoven XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshida yashab ijod qilgan buyuk nemis kompozitoridir. U o’zining zamondoshlari Gaydn va Motsart kabi musiqa san’atidagi klassicizim oqimining buyuk namoyondasidir. Betxoven ijodida klassik musiqa yangi taraqqiyot bosqichiga ko’tarildi va rivojlanish cho’qqisiga etdi. Uning asarlarida birinchi marta avval xech uchramagan "revolyutsion kurash" mavzusi asosiy o’rin egallagan. Chunki kompozitor 1789 - yilda sodir bo’lgan buyuk Franciya revolyutsiyasini katta xursandchilik bilan kutib oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |