Betxoven 30 yoshga kirganda to’satdan eshitmay qoldi. Bu kompozitor uchun katta fojia edi. U kishilardan uzoqlasha boshladi va uzoq vaqt yolg’izlikda yashadi. Ammo taqdirga tan bermadi. San’atga, hayotga bo’lgan muhabbat g’alaba qozondi. Kar bo’lib qolganiga qaramay ijodiy ishini davom ettirdi. Orkestr uchun simfoniyalar, mashhur "Egmont" va "Koriolan" nomli uvertyuralarni yaratdi. Fortepiano uchun buyuk asar "Appassionata" nomli sonatani yozdi. Skripka va fortepiano ijrosi uchun ajoyib "Kreycer sonatasi", fortepiano va orkestr uchun yozilgan 5 ta kontsert, skripka va orkestr ijrosi uchun yozilgan kontsertlar, kvartetlar va qahramonlik mavzusidagi "Fidelio" nomli opera - Betxoven ijodining durdona asarlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |