Lutfiy va navoiy



Download 152 Kb.
bet7/9
Sana01.03.2022
Hajmi152 Kb.
#475909
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
LUTFIY VA NAVOIY

Tajnisi muzori’.Tajnisning bu turi qo‘llanganda shaklan yaqin bo‘lgan ikki so‘z boshi,o‘rtasi yoki oxiridagi bir ,ba’zan ikki harf bir-biridan farqlanib,qolgan qismi mos bo‘ladi.
Aqlu jonning ofati,din g‘orati,
Har ne bor ul ko‘zi birla qoshdadur.
Ketmadi savdosi hargiz boshtin,
Rost ayturlarki ‘’Davlat boshdadur’’.(351-bet)1
Ushbu qit’adagi ‘’qoshdadur’’ va ‘’boshdadur’’so‘zlari so‘z boshidagi bir harf farqi bilan tajnisi muzori’ ni hosil qilmoqda.
Tajnisi muzori’ so‘zlar boshi va o‘rtasidagi ikki harf bir-biridan farqlanganda ham hosil qilinishi mumkin.
Tajnisning yana bir qancha ma’no turlari mavjud.Biz ishimizda Lutfiy qit’alarida qo‘llangan turlarinigina yoritishga harakat qildik.
Tanosub.She’r baytlarida ma’no jihatidan bir-biriga yaqin tushunchalarni anglatuvchi so‘zlarni qo‘llab,ular vositasida obrazli ifodalar,lavhalar yaratish san’ati tanosub deb ataladi.
To‘ng‘a sig‘masmen farahdin gul kibi,
Kelsa ul sarvi ravon bir-bir manga.
Muncha yil ketgan bu baxtu davlatim,
Shukrillahkim,kelur bir-bir manga(351-bet)
Lutfiyning ushbu qit’asidagi farah(shodlik,quvonch),baxt,davlat so‘zlari shoirga o‘z hayotidan mamnunlik munosabatini ta’sirchan ifodalashga yordam bergan.
Aqlu jonning ofati,din g‘orati,
Har ne bor ul ko‘zi birla qoshdadur.
Ketmadi savdosi hargiz boshtin,
Rost ayturlarki ‘’ Davlat boshdadur’’(351-bet)
Shoirning ushbu qit’asidagi jon,ko‘z,qosh,bosh so‘zlari o‘zaro bir guruhga mansub bo‘lib,tanosub san’atini yuzaga keltirgan va qit’a ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilgan.
Ta’dil.’’To‘g‘rilamoq’’ ma’nosidagi bu so‘z she’rda sodda otlarni tartib bilan keltirish san’atini ifodalaydi. Lutfiyning
Sabru hushu aqlu dinu dil bari
Bordi-yu, qoldi duochi yolg‘uzun.
Oh urub faryod etarman sensizin,
Bu vujudimdin qilibtur yolg‘iz un.(353-bet)
baytlarida sabr,hush,aql,din,dil so‘zlari –sodda otlar ma’lum tartibda keltirilgan bo‘lib,keyingi misralarda ularga oid fikrlar keltiriladi.
Yana bir qit’adagi baytda ta’dil san’ati namunasini uchratamiz:
Husnu lutfu suratu ma’ni bila
Tug‘magay sentek yana jon onadin (352-bet)1
baytida husn,lutf,surat sodda otlari ta’dil san’atini yuzaga keltirib qit’a ta’sirchanligini ta’minlagan.

Download 152 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish