Lutfiy va navoiy


II-bob.Lutfiy qit’alari va ularni yozishda shoirning badiiy mahorati



Download 152 Kb.
bet4/9
Sana01.03.2022
Hajmi152 Kb.
#475909
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
LUTFIY VA NAVOIY

II-bob.Lutfiy qit’alari va ularni yozishda shoirning badiiy mahorati
2.1.Lutfiy qit’alarining mavzulari haqida
O‘zbek mumtoz she’riyati janr e’tibori bilan juda boy va xilma-xildir.Undagi janrlar faqat shakliy belgilari paydo bo‘lish tarixi ,taraqqiyot tamoyili yoki mavzu xususiyatlari bilan emas,ifoda usullari,tili ,obrazlar tizimi,poetik ruhi jihatidan ham bir-biridan ajralib turadi.Har bir lirik janr voqelikni,inson fikr va his-tuyg‘ularini o‘z badiiy ifoda usullari hamda xarakteriga mos tarzda tasvirlaydi.Shuning uchun ularni mohiyat -e’tibori bilan biri ikkinchisiga uncha o‘xshash bo‘lmagan,o‘z-o‘zicha tugal deyish mumkin.
‘’Sharq adabiyotida qit’a janri hali g‘azalning shakllanish jarayoni boshlanmasdanoq to‘la takomil topgan.Bu janrning Rudakiygacha bo‘lgan davrlardagi shoirlar ijodida keng o‘rin egallaganligi shundandir.Bu haqida akademik Abdug‘ani Mirzoyev g‘azalga bag‘ishlangan qimmatli risolasida ham fikr bildirgan.Shu o‘rinda ikki narsani alohida ta’kidlash zarurga o‘xshaydi.
1.O‘tmishda goho qasida va g‘azaldan yulib olingan teran mazmunli she’riy parchalar ilm va adabiyot ahli o‘rtasida ‘’qit’a’’deb atalgan.Biroq bunda istilohiy ma’no ko‘zda tutilmagan.Bundan tashqari,o‘zining barqaror nazariy qonuniyatlariga amal qilinmay yaratilgan kichik hajmdagi lirik she’rlarga ham qit’a nomi berilgan.Masalan,ruboiynavis shoir ruboiy uchun belgilangan an’anaviy qonun-qoidalardan chekingan bo‘lsa,u yaratgan to‘rtlik mazmunan qanchalik teran va jozibali bo‘lmasin,baribir ruboiy emas,’’…soddacha qit’a’’deyilgan.Bunday she’rlarning qit’a deb nomlanishidan qat’iy nazar,ularning qit’ajanridagi she’rlar bilan aloqasi yo‘qligi izohsiz anglashiladi,albatta.
2.Klassik shoirlarimiz ba’zan oldin yozilgan qit’alari asosida yangi qasida va g‘azallar yaratishgan.Bu fakt ham qit’aning g‘azal bilan to‘la uyg‘un bo‘lgan,degan g‘oyani ilgari surishga imkon bermaydi.’’1
Ma’lumki,Alisher Navoiy Husayn Boyqaroning podshohlik taxtiga chiqishi munosabati bilan’’ Hiloliya ‘’qasidasini yaratgan.Ana shu materialning u yoki bu qirrasini shoir o‘zining bir qancha ruboiy va qit’alarida ham yoritib bergan.Biroq Navoiy har gal bu mavzuga har bir janrning talab va imkoniyatlarini hisobga olgan holda munosabatda bo‘lgan.
Qit’a (ko‘pligimuqattaot) arabchaso‘zbo‘lib,lug‘aviyma’nosiparcha,bo‘lakdir.Istilohdaqit’ao‘ziningalohidapoetikbelgilarigaega,mavzuyo‘nalishiqat’iychegaralanmaganikkiyokiundanortiqbaytlishe’rma’nosinibildiradi.
‘’Eron olimlaridan bir Muhammad Rizo Doyi Javod qit’ani quyidagicha ta’riflaydi: Biror narsaning parchasi lug‘atda qit’a deb ataladi.Adabiy istilohda ikki baytdan kam bo‘lmagan,o‘ziga xos qofiya va vaznga ega bo‘lgan she’rlarga qit’a deyiladi.Qit’ada yagona bir maqsad bayon etiladi va u mantiqan intihosigacha yetkaziladi.Qit’aning qofiya xususiyati unda birinchi bayt o‘zaro qofiyalanmaslik bilan xarakterlanadi’’1
‘’Qit’a shakl tomondan ham,mazmun jihatdan hamo‘ziga xos qator sifatlarga ega janr.Odatda,qit’aning birinchi bayti qofiyalanmaydi.Uning qofiyalanish tarzi: ab,vb,db,gb shaklidadir.Bu janr hajm jihatdan konkret chegarani bilmaydi.Qit’a ikki baytdan boshlab ,o‘n va o‘ndan ortiq miqdorda bo‘lishi mumkin.Sharq poetikasida kichik hajmdagi qit’alar ‘’ali ul taloq qit’a’’,to‘rt baytdan ortiqlari esa ‘’qit’ayi kabir’’ deb nomlangan.’’Ali ul-taloq qit’a’’- fasohatli,xushbayon va muxtasar ma’nolarni bildiradi.Shoirlar ko‘pincha xuddi shu xildagi qit’alardan yozishga intilganlar.Bu masalada shuni aytish lozimki,o‘zbek adabiyotida umuman to‘rt baytdan ortiq miqdordagi qit’alar siyrak uchraydi.Bu tasodifiy holat emas,albatta.Chunki ,birinchidan, qit’a o‘zining xarakteri ,poetik ruhi bilan ixchamlikka ,konkretlikka dohil janr.Ikkinchidan,klassik shoirlarimiz shakl tanlashda mumkin qadar ixchamlikka intilganlar.Qisqa shaklda katta mazmunni sig‘dirishni badiiy mahoratining muhim belgilaridan deb bilganlar.Bundan tashqari qit’a aksar badiha tarzida aytilganini qo‘shsak,mohiyat yanada oydinlashadi.’’2
‘’Taniqli Sharqshunos E.Bertels qit’ani Yaqin Sharqning deyarli barcha devonlaridagi ‘’…mazmun e’tibori bilan juda boy va qiziqarli bo‘lim’’ekanligini qayd qilgan edi.’’1
Qit’aning mavzu ko‘lami hayot qadar keng va tarmoqli.Bu jihatdan Sharq lirikasidagi birorta ham lirik janr qit’aga tenglasha olmaydi.Unda ijtimoiy-siyosiy,falsafiy,axloqiy-ta’limiy va ishqiy masalalar ifodalangan.Bu janrda shoirlar hayot zavqi,umidva ishonch,insoniylikni ulug‘lash ,odob va tarbiya masalalari,e’tiqod va burch,el va yurtga muhabbat,so‘fiyona kayfiyatlar,zamondan shikoyat va boshqa ko‘plab mavzular qalamga olingan.Bu janr ma’lum bir poetik qonunlarga bo‘ysunmagan.Bu o‘z navbatida,qit’ada turli-tuman hayotiy g‘oyalarni talqin etishga keng imkoniyat tug‘diradi.Bu janr ortiqcha bo‘yoqdorlikni talab qilmaydigan janr hisoblanadi.Qit’ada kundalik turmush bilan bog‘liq hayotiy detallar boshqa janrlarga qaraganda ko‘proqdir.Qit’a tilida ortiqcha bo‘yoqdorlik yo‘q bo‘lib,ba’zan unda turli xil xalq iboralaridan,maqollaridan va qo‘pol, dag‘al so‘zlardan ham keng foydalaniladi.
Demak,qit’a mumtoz adabiyotda g‘azal,ruboiy kabi mustaqil bir lirik janr hisoblanadi.U o‘ziga xos obrazlar tizimi,kompozitsiyasi va ifoda usullariga ega janrdir.U g‘azalning yulib olingan bir bo‘lagi emas,balki Sharq adabiyotida g‘azaldan ancha oldin paydo bo‘lgan va shakllangan janrdir.U ikki baytdan kam bo‘lmagan holda,o‘zida ijtimoiy-siyosiy,axloqiy-ma’rifiy va boshqa ko‘plab mavzu doirlarini qamrab olgan janrdir.
Boshqa ko‘plab janrlarda ijod etgan Lutiy qit’a janrida ham o‘z ijod yo‘liga ega. Lutfiy devonining asosiy qismini g‘azal janri tashkil etgani holda,qit’a janri uncha ko‘p o‘rinda uchramaydi.’’Devon’’2 uning butun umri davomida yaratgan lirik asarlarini qamrab oladi.Ushbu devonida g‘azal ,ruboiy,qit’a,tuyuq, va fardlaridan iborat ona tilida yaratilgan she’rlaridan tashqari fors-tojik tilida yaratilgan ijod namunalari ham keltirib o‘tilgan.Shoir ‘’Devon’’ida qit’alar soni 9ta.Ularning deyarli barchasi ishq-muhabbat,yorga oshiqlik tarzidagi mavzulardan iborat. Shoirning ‘’Aqlu jonning ofati,din g‘orati’’deb boshlanuvchi qit’asi ijtimoiy mavzudagi qit’a namunasi bo‘lsa,’’Bermagil derlar vafosizg‘a ko‘ngul’’,’’Zoti pokingni ko‘rub aytur falak’’,’’Ey qaroqchi ko‘zli dilbar,o‘yla bil’’,’’Ishqing o‘ti jon uyig‘a tushgali’’,’’Ko‘rmadi inson munungdek nozanin’’ deb boshlanuvchi qit’alari oshiqona mavzuda yozilgan.’’To‘ng‘a sig‘masmen farahdin gul kibi’’ deb boshlanuvchi qit’asi esa hasbi hol tarzida bitilgan.
Shoir qit’anavislikda o‘z badiiy mahoratini ifodalashda,so‘z qo‘llashda o‘ziga xos badiiy uslubini namoyon qila olgan.
Bermagil derlar vafosizga ko‘ngul,
Kim,aning no‘shindin ortiq neshi bor.
Uzmagaymen la’lidin o‘lsam umid,
Jon mening jonim,kishining neshi bor.(351-bet)1
Ushbu qit’a Lutfiyning mashhur qit’alaridan biri sanaladi.Uning mazmuni quyidagicha: vafosizga ko‘ngil bermagil chunki,uning vasliga yetmoqchi bo‘lsang,(nesh) achchiq og‘udan boshqa narsa topmaysan deydilar.Lirik qahramon esa o‘z maqsadida sobit turib olgan. O‘lsamam ma’shuqa visolidan umid uzmayman ,jon meniki odamlarning nima ishi bor?Shoir bu qit’ada nesh so‘zini 2xil ma’no ( zahar ,o‘g‘u va nima ishi) da qo‘llab,so‘z tanlashdagi yuksak iqtidorini namoyon eta olgan.Ya’niki, bu tajnis so‘zlar vositasida shoir qit’aning badiiy darajasini yanada oshirgan.
Shoir qit’alarida har bir kichik detalgacha e’tibor bilan yondashgan ,ya’niki, Lutfiy lutfidan har bir misra lutf topgan.
Shoir ijodida ishq-muhabbat mavzusi doimo yetakchilik qilib kelgan.Lutfiy she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bir mavzu zamiriga yana bir mavzuni ustalik bilan singdirishdan iborat.Masalan:
Aqlu jonning ofati,din g‘orati,
Har ne bor ul ko‘zi birla qoshdadur.
Ketmadi savdosi hargiz boshtin,
Rost ayturlarki, ‘’Davlat boshdadur’’.(351-bet)
Bu qit’a bir qarashda ishq –muhabbat mavzusidagi she’rga o‘xshab ketadi.Ammo uning mohiyatiga chuqur e’tibor berilsa,qit’a tarkibiga kiritilgan ‘’Davlat boshdadur’’masali zamirida bir qancha mazmun ifodalanganini ko‘rishimiz mumkin.Aql va jonga ofat keltiradigan,dinni vayron qilish ko‘z bilan qoshning odatidir.Yor savdosi boshdan hech ketmaydi,’’Davlat boshdadur’’deb rost aytadilar.’’Davlat boshdadur’’ maqoli ‘’Aql va davlat boshda’’maqoliga teng keladi.Hamma narsa insonning aqlidan quvvat olib o‘sadi.Davlat,boylikning inson qo‘lida to‘planishi aql mahsulidir ya’ni davlat aql bilan to‘planadi.Shoir bu qit’ada yor vasli orzusi bilan birga ijtimoiy mavzularni ham singdirib o‘tadi.
Shoir qit’alarida o‘z hayoti bilan bog‘liq shodlik ,xursandchilik holatlarini ham yuqori pafosda namoyon etadi.
To‘ng‘a sig‘masmen farahdin gul kibi ,
Kelsa ul sarvi ravon bir-bir manga.
Muncha yil ketgan bu baxt-u davlatim,
Shukrillahkim,kelur bir-bir manga.(351-bet)
Bu qit’a shoirning o‘z hayotidan mamnunligini,hayot yo‘lida hamma narsa izga tushib, asta-sekin o‘zgarib borayotganini bayon etadi.Shoir bu uchun Allohga shukrlar keltiradi va bu orqali o‘zining solih shaxs ekanligini ham namoyon etib boradi.Shoirning ma’shuqadan shikoyat etgan o‘rinlari ham mavjud.
Furqatingdin bo‘lmisham zoru zaif,
Tengri uchun, mundin ortiq qilma zor.
Chun mening qonimni to‘ktung hajr ila,
O‘z eshiging tegrasinda qil mazor.(351-bet)
Bu qit’ada ma’shuqa hajrida ado bo‘lgan oshiq yorning bu jabrini tugatishini so‘raydi.Yorning o‘zi uchun tugatmasa-da, Alloh uchun tugatishini so‘raydi.Oshiq sevgi va sadoqat bobida shunchalik yaktoki,yor hajrida bu dunyoni tark etsa ham ma’shuqa eshigini o‘ziga mozor qilishni istaydi.Oshiq yor hajrida qancha qon to‘kmasin, baribir ma’shuqa uchun jonini fido qilaveradi.
Darhaqaqiqat,shoir qit’alari mavzular olami rang-barang va beqiyos. Lutfiy qit’alarida yorga oshiqlik,vafo,sadoqat,hajr azobi,yordan shikoyat,o‘z hayotidan mamnuniyat,shodlik,quvonch kabi mavzular yoritilgan.Shoir qit’alari yuksak badiiyat namunalaridir.

Download 152 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish