Lug‘atlar 8 sinf ona tili bo‘yicha



Download 107,49 Kb.
Sana10.02.2022
Hajmi107,49 Kb.
#440336
Bog'liq
8-sinf lug‘at



LUG‘ATLAR 8 - SINF ONA TILI BO‘YICHA

  1. Viqor – mag‘rurona, ulug‘vor ko‘rinish, salobat

  2. Kibr – o‘zini hammadan yuqori his etish, manmanlik, kekkayish hissi

  3. G‘urur – insonning o‘z qadr-qimmatini bilishi, hurmat qilishi, izzat-nafs

  4. Gunoh – odob-axloq doirasiga sig‘maydigan ish, nojo‘ya xatti-harakat, ayb

  5. Harom-xarish – nopok, iste‘molga yaramaydigan

  6. Hayo – nojo‘ya, noma‘qul xatti-harakatdan tiyilish hissi, uyat, sharm

  7. Iffat – vijdoni poklik, nomus

  8. Odob – ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi yaxshi axloq, tarbiya, xushmuomalik

  9. Ziyo – bilim, ilm, ma‘rifat

  10. Ma‘naviy – axloqqa, insonning ichki dunyosiga oid

  11. Uslub – til unsurlarining ma‘lum vazifa bajarishga bog‘liq holda birlashadigan, o‘ziga xos tanlanadigan tizimi

  12. Malaka – bilim va kasbni, ishni yaxshi o‘zlashtirish natijasida orttirilgan tajriba, mahorat

  13. Adabiy – badiiy adabiyotga, badiiy ijod faoliyatiga oid

  14. Sheva – umxalq tilining ma‘lum hududga xos tarmog‘I, mahalliy til

  15. Targ‘ibot – biror g‘oya, ta‘limotni yoyishga, kishilar ongiga singdirishga qaratilgan ishlar

  16. Mavlono – olim va fozil kishi

  17. Jigargo‘sha – eng yaqin kishi, tug‘ishganday yaqin, birodar

  18. Mulozim – amaldorlar xizmatida bo‘lgan kishi

  19. Padari buzrukvor – cheksiz hurmatga loyiq ota

  20. Xok – mayda tuproq, tuproqqa aylangan inson jasadi

  21. Aqlni peshlash – asboblar tig‘I, olamini tiklamoq, aql-idrokni o‘stirmoq

  22. Uchqun – olov zarrasi

  23. Shu‘la – lipillab, ko‘rinib-ko‘rinmay turgan olov yoki yorug‘lik

  24. Nur – bir yo‘nalishda yo‘nalgan yorug‘lik

  25. Ziyo – bilim, ilm, ma‘rifat

  26. Yog‘du – tumanday taraluvchi yog‘du

  27. Lapar – to‘y va yig‘in, xalq sayillarida yigitlar bilan qizlar orasida tarafma-taraf bo‘lib birgalikda ijro etiladigan qo‘shiq va raqs

  28. Baxil – birovga hech narsani ravo ko‘rmaydigan, sarf-xarajatni yoqtirmaydigan

  29. Saxiy – birovdan narsasi, iliq so‘zi va mehrini ayamaydigan

  30. Insof – adolat va vijdon bilan ish tutish

  31. Omonlashmoq – salomlashmoq, vidolashmoq

  32. Yo‘ymoq – biror narsaning sababini o‘zicha taxmin qilmoq

  33. Nazm – she‘riy shakldagi ijod

  34. Devon – nazmiy asarlar to‘plami

  35. Tig‘ – nayza, yoy kabi jang quroli

  36. Shukrona – yaratgan bergan ne‘mat uchun savob ish qilmoq

  37. Mutafakkir – buyuk donishmand

  38. Xaloyiq – odamlar, jamoa

  39. Bir ariqdan suv ichmoq – yonma-yon qo‘shni bo‘lib yashamoq

  40. Iste‘dod – yuqori darajali tug‘ma qobiliyat

  41. Insho – tashkil etish, yaratish, qurish, barpo qilish

  42. Bilim – borliq haqidagi yoki ilmiy, madaniy, ma‘rifiy, ma‘naviy, harbiy va boshqa sohalarga oid nazariy, amaliy ma‘lumotlar, tushunchalar majmuyi

  43. Ko‘nikma – biror ishda orttirilgan malakadan kamroq tajriba

  44. Malaka – kasbni, ishni yaxshi o‘zlashtirish natijasida orttirilgan ko‘nikmadan balandroq mahorat

  45. Tafakkur – o‘ylash, fikr yuritish

  46. Izlanish – yangilik toppish, yaratish harakatida bo‘lish, shunday maqsadli harakat, faoliyat

  47. Mas‘uliyat – biror ish, xatti-harakat oqibati, natijasi uchun bo‘lgan javobgarlik

  48. Muqarrar- vujudga kelishi aniq, shubhasiz turgan gap.

  49. Chiston - narsa yoki hodisaning muhim belgilarini tavsiflab, nimaligini topishni o’quvchiga havola etadigan she‘riy shakl.

  50. Mantiq - gap, fikr, harakat kabilarni aqlga monandligi, asosligi.

  51. Fasl - vaqt, muddat, davr; yilning 4 davr bir qismi, bo’lak, qism.

  52. Epigraf – adabiy asarning mazmunini ifodalaydigan sitata , maqol, ibora

  53. Muxtasar – 1)qisqa, lo‘nda; 2)biror asarning qisqartirilgan variant

  54. To‘tiyo – 1)juda aziz, muqaddas, yoki noyob narsa; 2)ko‘zga surtiladigan dori

  55. Emgak – 1)mehnat; 2)zahmat, qiyinchilik

  56. Timsol – 1)asos, dalil, isbot sifatida keltirilgan namuna; 2)ibrat bo‘ladigan narsa, o‘rnak; 3)belgi, ramz

  57. Samimiy – sidqidillik bilan, chin qalbdan qilingan, aytilgan; yurakdan, dildan chiqqan

  58. Haqqoniy – haqiqatga to‘g‘ri keladigan, to‘g‘ri, rost, odilona

  59. Sulola – bir avloddan tarqalib, vorislik, valiahdlik huquqiga asosan birin-ketin taxtga o‘tirgan podshohlar, amirlar, xonlar, dinastiya

  60. Izzat-nafs – o‘z qadr-qimmatini, o‘z fazilatlarini sezish va uni qadrlash hissi, nafsoniyat

  61. Voqif bo‘lmoq – xabardor bo‘lish, boxabar bo‘lish

  62. Madrasa – sharq o‘tmishida oliy ma‘lumot beruvchi ta‘lim muassasasi

  63. Mohir – yuksak mahoratga ega bo‘lgan, mahorat qozongan; usta

  64. Me‘mor – imorat qurilishini loyihalash bo‘yicha mutaxassis

  65. Poydevor – bino devorining asos qismi

  66. Fursat – vaqtning zum, damdan keyingi kichik qismlaridan biri

  67. Boqiy – abadiylikka ega

  68. Oliy – eng yuqori

  69. Malolat – malol kelish, og‘rinish

  70. Afqor – xor bo‘lish, ezg‘in holatga tushish

  71. Miodi – muddat, ijro vaqti

  72. Sa‘b – o‘zga holat, say‘y-harakat

  73. Nesh – nish, tig‘

  74. Resh – yara, jarohat

  75. Solik – komillik sari harakat qilayotgan kishi

  76. Takbiri fano – o‘tkinchi dunyo uchun Haqni ulug‘lash

  77. Ko‘shish – qiyin, og‘ir

  78. G‘avvos – suv tagida harakat qilish, suzish

  79. Soyi – sayin, sari

  80. Ranj – mashaqqat, mushkullik

  81. Raxsh – ot, ulov

  82. Ganj – boylik, davlat

  83. Sabukxez – yengil, chaqqon

  84. Shavq – zavqli harakat

  85. Sayyor – sayr qiluvchi, sayohatchi

  86. Tegishmoq – tegajog‘lik qilmoq

  87. Ahmoq – bilib turib xato qiladigan kishi

  88. Karomat – mo‘jizasimon holat

  89. Evaz – o‘rniga, badaliga to‘lanadigan yoki olinadigan haq, narsa badal

  90. Bashara – xunuk ko‘rinishli, yoqimsiz qiyofa

  91. Pili damon – mast, quturgan fil

  92. Palang – yo‘lbars

  93. Mash‘uf – maftun, oshiq

  94. Kufr – kofirlik, dindan qaytganlik

  95. Mo‘ri lang - cho‘loq chumoli

  96. Tama‘ - hirs, ochko‘zlik, tilanchilik, umid

  97. Rohravga kesh – yo‘lovchi, maqsadga erishgan kishi

  98. Bardi rohe – yo‘ldagi band, to‘siq, monelik

  99. Besh – Afzal, tuzuk

  100. Nahv (grammatika) – tilning sintaktik qurilishi haqidagi soha

  101. Johil - (omi) o‘qimagan, savodsiz 102. Dovul – kuchli shamol

  1. Bo‘ron – yomg‘ir aralash kuchli shamol

  2. Mahv – yengish, daf qilish

  3. Hilm – muloyimlik, halimlik

  4. Axloq – xulqning arab tilidagi ko‘plik shakli 107. Milh – tuz

  1. Xulq – kishining o‘zini tutishi, ma‘naviy qiyofasi

  2. Qovog‘ini solmoq – achchiqlanib qoshini chimirib olmoq

  3. Xomush bo‘lmoq – g‘amgin holatga tushmoq

  4. O‘rlamoq – balandga ko‘tarilmoq

  5. Kirdikor – yashirib qilingan noto‘g‘ri ishlar

  6. O‘zini bosmoq – hayajon holatida o‘zini tutmoq

  7. Langar – qirg‘oqqa tashlanib, kemani ushlab turadigan moslama

  8. Munofiq – so‘zi va amali bir bo‘lmagan kishi

  9. Afzali - yaxshisi

  10. Madh qilmoq – maqtamoq 118. Parishon bo‘ldi – xafa bo‘ldi 119. Masrur – xushnud bo‘lish

  1. Mag‘firat qilmoq – kechirmoq

  2. Qabohat – yomonlik

  3. Evaz - o‘rniga, badaliga

  4. Kaklik – “kak-kak” ovoz chiqarib sayraydigan tog‘ qushi

  5. Moyil bo‘lmoq – yon bosmoq, rozi bo‘lmoq

  6. Xushomadgo‘ylik – o‘zidan zo‘rga soxta mulozamat ko‘rsatmoq

  7. Xiyonat qilmoq – va‘dasida turmaslik

  8. O‘zini chetga olmoq – aralashishni istamaslik

  9. Jo‘yali – o‘rinli, muvofiq

  10. Kerik – orasi ochilgan, teshiklari kata

  11. Siyrat – odamning ichki olami, ruhiy dunyosi 131. Javraqi – yoqimsiz gaplarni ko‘p gapiradigan

  1. Mag‘rib – kunbotish tomon, g‘arb

  2. Notob – tobi qochgan, kasallangan

  3. Dongdor – shuhrat qozongan, dovrug‘I ketgan

  4. Hujra – madrasa, qorixona, masjidda shogirdlar, domlalar yashashi uchun ajratilgan kichik xonalar; odam yashaydigan kichik xona

  5. Kigiz – jundan bosib (presslab) tayyorlanadigan qalin, pishiq palos, namat

  6. Valine‘mat – o‘ziga qaram kishilarni moddiy jihatdan ta‘minlab turuvchi, ularga ne‘mat beruvchi shaxs

  7. Mustafid – mutlaq hukmronlikka ega bo‘lgan hokim, istibdod egasi

  8. Mahram – ishonchli xizmatkor, do‘st

  9. Xo‘jazoda – xo‘jayinning o‘g‘li, asilzoda kishining farzandi

  10. Muqaddima – bir ish, narsa, matnning boshi

  11. Xiroj – diniy soliq

  12. Devon – tashkilotning yozishmalar amalga oshiriladigan bo‘limi

  13. Zakot – moli-pulining 40dan birini ro‘zada ehson-sadaqa qilish

  14. Qushbegi – o‘tmishda hukumat boshlig‘i

  15. Miqyosi nafs – nafs chegarasi, me‘yori

  16. Qasd qilish – astoydil urinish

  17. Sa‘y qilish – ahd, kirishmoq

  18. Maqbul – qabul qilingan, e‘tirof etilgan

  19. Nuqson – me‘yor darajasidan pastlik, yetishmovchilik

  20. Af‘ol – fe‘l – atvor, xarakter

  21. Fazl-u kamol – fazilatlar buyukligi

  22. Musofir – safardagi kishi

  23. Mijja qoqmay – uyqusiz holda bo‘lish

  24. Jin ko‘cha – faqat odam yura oladigan, tor; boshi berk

  25. Qush oshyonasi – qushlarning boshpanasi, qafasi

  26. Qo‘l ostida bo‘lish – bir kishi yoki narsaning boshqa bir kishi yoki narsaga bo‘ysinishi

  27. Aysh-u kom – rohat-farog‘at

  28. Tojdor – hukmdor

  29. Bojdor – bojxona xodimi, soliq yig‘uvchi

  30. Ko‘lanka – soya

  31. Anjuman – yig‘in, majlis

  32. Af‘ol – fe‘l-atvor

  33. Nadim – yaqin, sirdosh do‘st, hamsuhbat, shoh saroyida eng yaqin xizmatchi, mahram va maslahatchi

  34. Nizo qilmoq – ziddiyatda bo‘lmoq

  35. Mo‘tabar – ulug‘, aziz; o‘zgalar oldida eng oldi, sarasi 167. Ilik – qo‘l

  1. Mucha – oyoq, qo‘l, tana, va bosh

  2. Mo‘ysafid – Yoshi o‘tib qolgan kishi

  3. Begim – ayollarga hurmat yuzasidan murojaat qilganda qo‘llanadigan so‘z

  4. Qandil – yoqish uchun shamlar solib ilib qo‘yiladigan uy jihozi

  5. Koshin – chinniga o‘xshatib ishlangan, yaltiroq, naqshli g‘isht plitka

  6. Bakovul – ish boshqaruvchilik lavozimi

  7. Choshnagir – saroyda ovqat ta‘mini tekshiruvchi

  8. Mirzo – amir o‘g‘li

  9. Bakovul – podshoh, xon va lashkarga ovqat tayyorlash uchun nazorat olib boruvchi.

  10. Choshnag’ir – bosh oshpaz, saroyda ovqat ta’mini tekshiruvchi.

  11. Shig’ovul – Buxoro va Xiva xonliklarida elchilarni kutib olish, xon huzuriga olib kirish, saroydagi qaqbul marosimlarini boshqarish va nazorat qilish bilan shug’ullanadigan shaxs.

179.Salom og’a - !!! Amir va xon saroyida rasmiy marosimlarga boshchilik qilib, nazorat qilib turuvchi.

  1. Dodxoh – adolat talab etuvchi, adolat istovchi. Buxoro xonligida adolat, haq-huquq istovchilardan amir nomiga ariza qabul qiluvchi va uning javobini arizachilarga yetqazuvchi lavozimli kishi.

  2. Hudaychi – xon va amirningh huzuriga ish va arz bilan kelganlar haqida xon, amirga xabar beruvchi v axon, amirning javobini ularga yetqazuvchi amaldor.

  3. Ponsadboshi – xonlik davrida askar boshliqlariga berilgan unvon. 500 kishiga boshchilik qiluvchi.

  4. Navozish- 5 mulozamat. 7. Lutf. 8. Marhamat. 9. Erkalash.

  5. Nazarkarda - ulug‘ kishilarning nazari tushgan. 185. Nabi – Xudoning xabarini yetqazuvchi.

  1. Nabobat – o’simliklar dunyosi.

  2. Navozanda – 3. Kuy ijro etuvchi. 4. Navo qiluvchi. 5. Sozanda.

  3. Muqarrar - aniq.

  4. Jaholat – ilimsizlik.

  5. Kom – tanglay, og’iz. Shakldoshi: shodlik 191. To’xtovsiz – tinimsiz.

192. Chora o’ylamoq – chora izlamoq. 193. Oz fursat o’tmay – tezda, ko’p o’tmay.

  1. Lafz – 1. tana a’zosi. 3. Nutq hosil qiluvchi a’zo.

  2. Muqobalasi – qarshilik

  3. Orasta – saronjom-sarishta, tartibli.

  4. Oroyish – bazak, bezalgan, zeb-ziynat, pardoz. Orasta-oroyish – bezanmoq, yasanmoq. 198. Qabog’– 6. Ko’z kosasini qoplovchi. 7. Ochilib yopilib turadigan teri. 8. Poliz ekin o’simligi.

199. Meng – yuzdagi xol. 200. Irg’ay – qizg’anchiq, yog’ochi qattiq, po’sti qirg’ich buta.

  1. Isliqi – iflos, isqirt.

  2. G’alamis – kishilar o’rtasini buzishga, janjal chiqarishga urinuvchi, fitnachi, g’iybatchi.

  1. Azon – namoz o’qishga chaqiriq; tong yorishishi, g’ira-shira payti; erta tong.

  2. Ibtido – biror narsa, ish-harakat, hodisaning boshlanish davri, boshi, avvali. 253. Muhmali g’alba – g’alla qopi kiyadigan darajaga tushgani. 254. Muhmal – xom

  1. Musta’mal – pishiq, mukammal.

  2. Munshiy – saroyda yozuv ishlarini olib brogan kotib.

  3. Fozila – Ilm-fan asoslarini yaxshi egallagan ayol, olima. 258. Kutval – shahar hokimi.

  1. Navkar – o’tmishda harbiy xizmatkor, askar.

  2. Ko’shk – qadimda baland, bahavo qilib solingan yengil imorat.

  3. Eshkakchi - odam va yuklarni daryodan o’tkazishni o’ziga kasb qilib olgan kishi; qayiqchi.

  4. Tolor – yog’och yoki yengil matall panjaradan qilingan ayvon.

  5. Mehrob – Masjid ichida uning qibla tomonidagi devorida taxmon shaklida qurilgan joy( namoz shu tomonga qarab o’qiladi. 264. Nosih – nasihatgo’y.

  1. Tizgin – hayvonlarni bog’lash yoki qantarib qo’yish uchun xizmat qiladigan, uchi suvliqqa yoki boshvoqqa biriktiriladigan, uzun tasma yoki chizimcha boshqarish vositasi.

  2. Nuqson – kishi nomiga munosib, uni salbiy jihatdan ko’rsatadigan belgi;kamchilik; illat, qusur, ayb.

  3. Tama – birovdan bir narsa undirish hissi ,o’ziniki qilish, olishga bo’lgan intilish, umidvorlik, umid, ilinj.

  4. Tamiz – (toza, ulug’,asl) 4. O’z bilimi,aqli, farosati bilan tegishlicha ish tutish qobilyati, fahm- farosat.

  5. Raso – kami yo’q, to’liq, but; 7. Aqliy jihatdan to’la rivojlangan, kamolotga erishgan; yetuk, barkamol.

  6. Xalifa – musulmonlar jamoasi va musulmon __latining diniy , ayni bir paytda dunyoviy boshlig’i.


Download 107,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish