Loyihalarni moliyalashtirish



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana26.01.2020
Hajmi1,1 Mb.
#37436
1   2   3   4   5
Bog'liq
investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholash


LOYIHALARINI 

AMALGA 

OSHIRISHDA  TENDER  SAVDOLARINI  TASHKIL  ETISH  VA 

O’TKAZISHNI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI 

 

Investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tender  savdolarini  tashkil  etish 



va  o’tkazishda  loyihalarning  ma’lum  ilmiy-tadqiqot,  amaliy  izlanishlar  va 

marketing  tadqiqotlari  natijasida  tuzilishi  hamda  ilmiy-texnik,  moliyaviy-

iqtisodiy,  tashkiliy-huquqiy,  ijtimoiy-ekologik  jihatdan  asoslanishi  zarurdir. 

Izlanishlar natijasi sifatida aniq g’oya va loyihaning kontsepsiyasi yaratiladi va 

ishlab chiqiladi. G’oya esa real va aniq davr bilan chegaralanadi. 

Investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tender  savdolarini  tashkil  etish 

va  o’tkazishda  ularning  yo’naltirilgan  maqsadini  amalga  oshirish  uchun 

texnologik  jarayonlarni,  texnik  va  tashkiliy  hujjatlashtirish  jarayonini, 

ob’ektlarni barpo etish va ishga tushirish jarayonini, moddiy, moliyaviy, mehnat 

resurslarining harakatini, shuningdek tegishli boshqaruv qarorlari va tadbirlarni 

o’zida mujassamlashtiruvchi tizim sifatida qaralishi mumkin. 

Investitsiya loyihasi o’z maqsadi, yo’nalishi, amal qilish sohasi, muddati va 

chegarasiga ega bo’lgan alohida faoliyat turi hisoblanadi. U tashkiliy, huquqiy, 

ijtimoiy,  ekologik,    iqtisodiy  jihatdan  to’liq  va  mukammal  hisob-kitoblar 

yordamida asoslangan yuridik hujjat hisoblanadi. 

Tender  savdolarini  tashkil  etish  va  o’tkazishda  investitsiya  loyihasi 

g’oyasining  shakllanishi  muhim  rol  o’ynaydi.  Uning  murakkab  jarayonlar 

asosida  yaratilishida  turli  tadqiqotlar  va  tahlil  etish  ishlarini  olib  boruvchi 

mutaxassislarning  asosiy o’rin egallashlarini alohida e’tiborga olmoq zarurdir. 

Investitsiya  loyihasining  o’ziga  xos  xususiyati  uning  amalga  oshirilishi 

moliyalashtirishning  turli  shakllariga  mos  tushishi  bilan  izohlanadi.  Bunda 

investitsiya  loyihasini  amalga  oshirish  uchun  turli  manbalardan  mablag’larni 

jalb  etish  mumkinligi  uning  qulayligini,  foydaliligini,  samaradorligini  va 

afzalligini oshiradi. 



47 

 

Umuman  olganda,  investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tender 



savdolarini  tashkil  etish va o’tkazish  jarayoni,  investitsiya  loyihasi investitsion 

tadbirkorlik  va  tashabbusning  mevasi,  natijasi  sifatida  yaratilgan  investitsion 

hujjat  bo’lib,  investitsiyalar  bilan  ta’minlangan  har  qanday  tadbirlar  majmuasi 

hisoblanadi.  Ya’ni  u  cheklangan  muddat  va  vaqt  mobaynida  foyda  (daromad) 

olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadidagi bir-biri bilan bog’liq, bir-biri 

bilan aloqadorlikdagi murakkab tadbirlar yig’indisidir.  

Investitsiya  loyihalarini  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirish  investitsiya 

fazasining  investitsiya  oldi  bosqichida  amalga  oshirilganligi  sababli  mazkur 

bosqichda  kelgusida  investitsiya  loyihasini  amalga  oshirish  jarayonida  unga 

ta’sir  etuvchi  turli  riskli  omillarni  aniqlash  va  baholash  imkoniyati  mavjud 

bo’ladi.  Shunday  vaziyatlar  bo’ladiki,  amalda  investitsion  qarorlarni  qabul 

qilishda  jiddiy  murakkabliklarga  duch  kelinishi  hollari  mavjud  bo’lib,  mazkur 

holatlarda  investorlar  uchun  investitsiyalashning  muqobil  va  samarali 

variantlarini  izlab  topish  va  u  bo’yicha  qarorlarni  qabul  qilish  maqsadga 

muvofiq sanaladi. Bu esa investitsiya loyihalarining muqobil variantlarini ishlab 

chiqish va ularni o’zaro, qiyosiy tahlil qilish zarurligini va ahamiyatini keltirib 

chiqaradi. 

Investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tender  savdolarini  tashkil  etish 

va  o’tkazish  tadbirkorlik  faoliyatining  bir  muncha  qiyin  va  yuqori  riskli 

ko’rinishini ifoda etib, alohida oddiy ko’rinishlarga bo’linmaydi hamda alohida 

bilim, malaka va tajribani talab qiladi. 

O’zbekiston  Respublikasi  hududida  oxirgi  o’n  yillikda  investitsiya 

loyihalarini  amalga  oshirishda  tender  savdolarini  tashkil  etish  va  o’tkazish 

malakaviy  faoliyatning  alohida  bir  ko’rinishiga  aylandi.  Ko’pgina  sanoati 

rivojlangan  mamlakatlar  iqtisodiyotining  davlat  va  xususiy  sektorlarida 

investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tender  savdolarini  tashkil  etish  va 

o’tkazish bo’yicha tajribalar etarlicha to’plangan.  


48 

 

Investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tender  savdolarini  tashkil  etish 



va o’tkazish tomonlar manfaatlarining nomoyon bo’lishini aniqlash bilan amalga 

oshiriladi.  Garchi  xar  bir  ishtirokchi  o’zicha  va  turlicha  baxolash  ishini  olib 

borsada,  biroq  kelgusidagi  foydadan  manfaatdorlik  barcha  ishtirokchi  uchun 

umumiy xisoblanadi. 

Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tender savdolarini o’tkazish har 

qanday  investitsiya  loyihasining  hayotga  tadbiq  etilishi  uning  jalb 

etuvchanligiga (jozibadorligiga) asoslanadi. Loyihalar samaradorligini baholash 

usullari  esa  uning  jalb  etuvchanligini  ko’rsatib  berish  uchun  qo’llaniladi. 

Loyihaning  jalb  etuvchanligini  baholash  usullari  ikki  guruhga:  diskontlash 

kontseptsiyasini  qo’llashga  asoslangan  va  diskontlash  kontseptsiyasini  

qo’llashni  nazarda  tutmaydigan  usullarga  bo’linishi  bilan  xususiyatlanadi. 

Ushbu  barcha  usullar  orqali  loyihaning  absalyut  jalb  etuvchanligini  aniqlash 

imkoni yaratiladi.  

Investitsiyalardan  samarali  foydalanish  hamda  loyihalar  bo’yicha  qaror 

qabul  qilish  etarli  darajada  qiyin  vazifa  hisoblanadi.  Chunki  unga  bir  qator 

omillar ta’sir etadi: 

-birinchidan, investitsiya xarajatlarini bir yo’la yoki uzoq davrlar bo’yicha 

bo’lib-bo’lib amalga oshirilishi mumkin; 

-ikkinchidan, investitsiya loyihasini amalga oshirishdan boshlab, to natijaga 

erishishgacha bo’lgan jarayon ham uzoq hisoblanadi; 

-uchinchidan,  uzoq  muddat  talab  qilinganligi  sababli  investitsiyalarni 

baholashda risk va noaniqliklar bo’lish ehtimoli kattaroq bo’ladi. 

Xudi  shu  omillar qaror  qabul  qilishga ta’sir  qilganligi sababli  investitsiya 

loyihalarini baholashning maxsus usullari ishlab chiqilgan. Bu usullar orqali eng 

xato  va  kamchiliklarga  yo’l  qo’ygan  holda  investitsiya  qarorlarini  qabul  qilish 

mumkin. 


49 

 

Investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tender  savdolarini  o’tkazishda 



xalqaro  ko’rsatkichlar  sifatida  umumiy  andoza  qilib  tan  olingan  tahlil  qilish 

ko’rsatkichlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 

Investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tender  savdolarini  o’tkazishda 

tijorat  asosida  doimiy  ravishda  faoliyat  yuritadigan  investitsion  loyihalar 

ko’rgazmasini  (o’ziga  xos  birja)  tashkil  etish  foydadan  xoli  emas.    Ushbu 

ko’rgazma  o’z  navbatida  respublikaning  barcha  mintaqalarida  o’z  bo’lim  va 

filiallariga ega bo’lishi mumkin. 

Investitsion loyiha aniqlanishiga ko’ra analitik ishonch bilan prognozlashi 

mumkin  bo’lmagan  kelajakka  bog’liqdir.  Shu  sababli,  moliyaviy  tahlil  va 

baholash  ishlari  risk  va  noaniqlikni  hisobga  olgan  holda  olib  borilishi  lozim. 

Risk  o’tgan  davrdagi  ma’lumotlar  asosida  turlicha  oqibatlar  bilan  bog’liq 

ehtimolliklar  baholanishi  mumkin  bo’lgan  xollarda  vujudga  keladi.  Noaniqlik 

esa yuz berishi mumkin bo’lgan oqibatlar ehtimolligini o’tgan davrlarda tegishli 

ma’lumotlarning  bo’lmasligi  sababli  sub’ektiv  ravishda  aniqlashga  to’g’ri 

kelgan hollarda mavjud bo’ladi. 

Investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tender  savdolarini  tashkil  etish 

va  o’tkazish  uchun  ma’lumotlarning  to’liq  va  ishonchli  bo’lishi  risk  va 

noaniqlikning  paydo  bo’lishining  oldini  oladi.  Biroq  noaniqlining  umumiy 

sabablaridan  bo’lib  inflyatsiya,  texnologiyaning  o’zgarshi,  nominal  quvvatni 

to’g’ri  baholamaslik,  qurilish  va  ishga  tushirish  ishlari  davrining 

davomiyligining  to’g’ri  baholanmasligi,  konvertatsiyaning  to’la  ma’noda  joriy 

qilinmasligi kabilar hisoblanadi. 

Investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tender  savdolari  tender 

komissiyasi  tomonidan  belgilangan  muddat  mobaynida  o’tkaziladi.  Takliflarni 

baholash  tender  komissiyasi  tomonidan  belgilangan  har  bir  baholash  mezoni 

bo’yicha ball qo’yish yo’li bilan amalga oshiriladi.  

Investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tender  savdolarini  tashkil  etish 

va  o’tkazishda,  tanlov  savdolarida  ishtirik  etuvchi  talabgorlarning  moliyaviy  - 



50 

 

iqtisodiy ahvoli va tajribasi, moddiy texnik taminotini chuqur tahlil etib tanlov 



savdolariga  jalb  qilish,  buning  natijasida  loyihalarni  amalga  oshirish 

jarayonidagi ba’zi  muammolarni yuzaga kelishini oldi olinadi.        

Investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tender  savdolarini  tashkil  etish 

va  o’tkazishda  loyihaga  ta’sir  ko’rsatuvchi  turli  xil  bozorlarga  xos  omillarni 

mukammal  darajada  o’rganish  va  tadqiq  qilishga  e’tiborni  kuchaytirish  va  uni 

takomillashtirib borish loyiha samaradorligini yanada oshirishga ko’maklashadi. 

Investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tender  savdolarini  tashkil  etishda 

texnik  va  texnologik  omillar  ta’sirini kuchli o’rganib  chiqish,  jumladan, ishlab 

chiqarishga  va  amalga  oshirish  tadbiq  etiladigan  texnologiyaning  ichki  bozor 

darajasida emas, balki xalqaro bozor miqyosidagi raqobatbardoshligini o’rganish 

va baholash zarurdir. 

Investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tender  savdolarini  tashkil  etish 

va  o’tkazishda  yana  bir  jihat  loyiha  mahsuloti  uchun  zaruriy  xom  ashyoni 

qidirayotganda,  ishlab  chiqarishni  davomiyligini  ta’minlash  uchun  asosan 

mahalliy  xom  ashyodan  foydalanishga  harakat  qilish  zarur.  Chunki  import 

qilinadigan xom ashyo uchun ham valyuta kerak. Korxonada esa har xil vaziyat 

bo’lishi mumkin. Agar xom ashyo ichki bozorda ham topilsa, bu muammoni hal 

qilish nisbatan oson kechadi. 

 


51 

 

XULOSA 



  

Amalga oshirilgan tadqiqotlarning natijalariga asoslangan holda investitsiya 

loyihalarini  amalga  oshirishda  tender  savdolarini  tashkil  etish  va  o’tkazish 

yuzasidan quyidagi xulosalar shakllantirildi: 

1. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tender savdolarini o’tkazishda  

loyihalarning  texnik  va  boshqa  tomonlardan  mukammal  va  puxta  baholanishi, 

kelib chiqishi mumkin bo’lgan risklarni hisobga olish, baholash hamda aniqlash, 

ularning oldini olish yoki pasaytirish eng muhim vazifalardan hisoblanadiki, bu 

esa  loyihaning  ko’zlangan  darajadagi  yuqori  samarasini  hosil  qilishga  imkon 

beradi. 


2.  Investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tender  savdolarini  tashkil 

etish  va  o’tkazish  samaradorligini  ta’minlashda  eng  asosiy  va  bosh  omil 

loyihaning  sifatli,  putxa,  haqqoniy  ishlab  chiqilganligi,  to’g’ri,  aniq  va  chuqur 

o’rganib chiqilganligi hamda tahlil etilganligidir.  

3.  Tender  savdolarini  tashkil  etish  va  o’tkazishda,  tanlov  savdolarida 

ishtirik etuvchi talabgorlarning moliyaviy - iqtisodiy ahvoli va tajribasi, moddiy 

texnik taminotini chuqur tahlil etib tanlov savdolariga jalb qilish darkor.  

Olib  borilgan  izlanishlar  natijasida  investitsiya  loyihalarini  amalga 

oshirishda tender savdolarini tashki etish va o’tkazish bo’yicha quyidagi takliflar 

ishlab chiqildi: 

1.  Investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tender  savdolarini  tashkil 

etish  va  o’tkazishda  loyihaga  ta’sir  ko’rsatuvchi  turli  xil  bozorlarga  xos 

omillarni mukammal darajada o’rganish va tadqiq qilishga e’tiborni kuchaytirish 

va uni takomillashtirib borish lozim. 

2.  Investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tender  savdolarini  tashkil 

etishda texnik va texnologik omillar ta’sirini kuchli o’rganib chiqish, jumladan, 

ishlab  chiqarishga  va  amalga  oshirish  tadbiq  etiladigan  texnologiyaning  ichki 


52 

 

bozor  darajasida  emas,  balki  xalqaro  bozor  miqyosidagi  raqobatbardoshligini 



o’rganish va baholash zarurdir. 

3.  Loyihalarni  amalga  oshirishda  tender  savdolarini  tashkil  etish  va 

o’tkazishda avvalo, loyiha mahsuloti uchun zaruriy xom ashyoni qidirayotganda, 

ishlab  chiqarishni  davomiyligini  ta’minlash  uchun  asosan  mahalliy  xom 

ashyodan  foydalanishga  harakat  qilish  kerak  ekanligini  o’rganish.  Chunki, 

korxonada  har  xil  vaziyat  bo’lishi  mumkin.  Agar  xom  ashyo  ichki  bozorda 

topilsa, bu muammoni hal qilish nisbatan oson kechadi. 

4.  Tender  savdolari  orqali  amalga  oshirilayotgan  loyihalarni  safatli  va 

tartibli tashkil etilishi yuzasidan doimiy kuzatuvlarni tashkil etish kerak. 

Shunday  qilib,  ayni  paytda  investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda 

tender savdolarini  tashkil  etish  va  o’tkazish orqali iqtisodiyotni  yanada kuchli, 

barqaror va mutanosib rivojlangan holda maydonga chiqishi, jahon bozorlarida 

o’zining  mustahkam  o’rnini  egallash,  shular  asosida  izchil  iqtisodiy  o’sishni 

ta’minlash  bo’yicha  oldimizda  turgan  ustuvor  vazifalarni  muvaffaqiyatli  hal 

etish uchun ishonchli zamin yaratadi. 

 

 



 

53 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 



 

I.  O’zbekiston  Respublikasi  qonunlari.  O’zbekiston  Respublikasi 

Prezident  farmonlari  va  qarorlari,  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari, 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari: 

 

1.  O’zbekiston  Respublikasining  “Investitsiya  faoliyati  to’g’risida”gi 

qonuni, 1998. 24 dekabr.   

2.  O’zbekiston  Respublikasining  “Chet  el  investitsiyalari  to’g’risida”gi 

qonuni, 1998. 30 aprel.  

3.  O’zbekiston  Respublikasining  “Ipoteka to’g’risida”gi  Qonuni. 2006  yil 

5  oktyabr.  –  O’zbekiston  moliya  qonunchiligi.  –  Toshkent:  Agroxarita,  2006.- 

№11. – B 

4.  O’zbekiston  Respublikasining  “Lizing  to’g’risida”gi  qonuni.  /Xalq 

so’zi/, 1999. 28 aprel.   

5.  O’zbekiston  Respublikasining  “Chet  ellik  investorlar  huquqlarining 

kafolatlari  va  ularni  himoya  qilish  choralari  to’g’risida”gi  qonuni.  1998.  30 

aprel.  

6.  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 aprel “To’g’ridan-

to’g’ri  xususiy  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  qilishni  rag’batlantirish  borasidagi 

qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni. 

7.  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 aprel PQ-56-sonli 

“Bank  tizimini  yanada  isloh  qilish  va  erkinlashtirish  chora-tadbirlari 

to’g’risida”gi Qarori. 

8.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “O’zbekiston  iqtisodiyotida 

xususiy  sektorning  ulushi  va  ahamiyatini  tubdan  oshirish  chora-tadbirlari 

to’g’risida”gi Farmoni. 2003. 24 yanvar.  

9.  O’zbekiston 

Respublikasi 

Prezidentining 

“2007-2010 

yillarda 

xususiylashtirish jaryonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni 



54 

 

faol jalb qilish chora tadbirlari to’g’risida”gi Qarori, 2007 yil 20 iyul, PQ-672-



son. 

10.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Xorijiy  investitsiyalar  va 

kreditlarni  jalb  etish  hamda  o’zlashtirish  jaryonini  takomillashtirish  chora 

tadbirlari to’g’risida”gi Qarori 2008 yil, 24iyul, PQ-927-son. 

11.  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-69  sonli "Ipoteka krediti 

berishni qo’llab quvvatlash jamg’armasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari 

to’g’risida"gi Qarori. – Toshkent, 2005 yil 6 may 

12.  O’zbekiston 

Respublikasi 

Prezidentining 

PQ-1049-son 

“Qishloqqurilishloyiha”  ma’suliyati  cheklangan  jamiyat  loyiha-qidiruv 

institutini tashkil etish to’g’risidagi Qarori – Toshkent, 2009 yil 27 yanvar 

13.  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  № PQ-10 - sonli  "Uy - joy 

qurilishi  va uy-joy  bozorini  yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to’g’risida"gi 

Qarori. – Toshkent, 2005 yil 16 fevral 

14.  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda 

xo’jalik 

munosabatlari 

mexanizmini 

takomillashtirish 

chora-tadbirlari 

to’g’risida”gi Qarori. 2003. 12 sentyabr. 

15.  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  “Jalb  etiladigan 

xorijiy  kreditlar  bo’yicha  O’zbekiston  Respublikasi  kafolatlarini  berish  tartibi 

to’g’risida”gi Qarori. 2003. 28 noyabr. 

16.  O’zbekiston 

Respublikasi 

Vazirlar 

Maxkamasining 

“Xorijiy 

investitsiyalar 

ishtrokidagi 

korxonalarga 

berilayotgan 

imtiyozlarning 

rag’batlantiruvchi  rolini  oshirishga  doir  qo’shimcha  chora-tadbirlar 

to’g’risida”gi Qarori, 2006 yil, 1may,74-son. 

17.  O’zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  tomonidan  19  may  2004 

yildagi  1358-son  bilan  ro’yxatga  olingan  “Markazlashtirilgan  moliyalashtirish 

manbalari  hisobidan  “kaliti  bilan”  sharti  asosida  ob’ektlar  qurilishini  amalga 

oshirayotgan pudrat qurilish tashkilotlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash 

tartibi to’g’risida”gi Nizom 


55 

 

18.  Tijorat 



banklari 

tomonidan 

yirik 

investitsiya 



loyihalarini 

sinditsiyalashtirilgan  kreditlashni  amalga  oshirish  tartibi  to’g’risidagi  Nizom, 

1509-son, 2005. 20 avgust 

19.  To’g’ridan-to’g’ri  xususiy  xorijiy  investitsiyalar  uchun  soliq 

imtiyozlarini qo’llash tartibi to’g’risida Nizom, 2005 yil 28 noyabr, 1524-raqam 

20.  Karimov  I.A.  Bank  tizimi,  pul  muomalasi,  kredit,  investitsiya  va 

moliyaviy barqarorlik to’g’risida.-  T.: “O’zbekiston” NMIU, 2005. – 528 b. 

20.  Karimov  I.A.  Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  O’zbekiston 

sharoitida  uni  bartaraf  etishning  yo’llari  va  choralari.-T.-O’zbekiston,  2009.-

56b.  


21. Karimov  I.A.  Asosiy  vazifamiz  –  vatanimiz  taraqqiyoti  va  xalqimiz 

farovonligini yanada yuksaltirishdir. – T: «O’zbekiston», 2010. – 80 b. 

22. Karimov  I.A.  Barcha  reja  va  dasturlarimiz  Vatanimiz  taraqqiyotini 

yuksaltirish,  xalqimiz  farovonligini  oshirishga  xizmat  qiladi  –  Toshkent. 

«O’zbekiston» - 2011 y. -49 b.   

23. Karimov  I.A.  2012  yil  Vatanimiz  taraqqiyotini  yangi  bosqichga 

ko’taradigan yil bo’ladi. – Toshkent: O’zbekiston, 2012. - 36 b. 

24. Karimov  I.A.  Bosh  maqsadimiz  –  keng  ko’lamli  islohotlar  va 

modernizatsiya yo’lini qatiyat bilan davom ettirish. – Toshkent: “O’zbekiston”, 

2013 yil. 64b. 

25. Karimov I.A. “Zamonaviy uy-joy qurilishi – qishloq joylarini kompleks 

rivojlantirish  va  qiyofasini  o’zgartirish  hamda  aholi  hayotining  sifatini 

yaxshilash  omili”  mavzusidagi  xalqaro  konferentsiyasining  ochilish 

marosimidagi nutqi. Xalq so’zi.2013 yil 18 aprel № 74 (5748)-4b.  

26. Karimov  I.A.  Oqsaroyda  “Zamonaviy  uy-joy  qurilishi  –  qishloq 

joylarini  kompleks  rivojlantirish  va  qiyofasini  o’zgartirish  hamda  aholi 

hayotining  sifatini  yaxshilash  omili”  mavzusidagi  xalqaro  konferentsiyada 

ishtirok  etish  uchun  mamlakatimizga  kelgan  Osiyo  taraqqiyot  banki  vitse-

prezidenti Shiao Jaoni qabuli. Xalq so’zi. 2013 yil, 19 aprel, № 75 (5749) – 4b. 


56 

 

II.  Asosiy va qo’shimcha adabiyotlar: 

 

27. Anshin  V.M  «Investitsionniy  analiz»  Moskva  izd.  «Delo»  2000  goda 



173 str.  

28. Bocharov V.V. Investitsii: Uchebnik dlya vuzov. 2-e izd.- SPb.: Piter, 

2008.- 384s. Il.- (Seriya “Uchebnik dlya vuzov”) 

29. Balabanov I.T. Operatsii s nedvijimostyu v Rossii. - Moskva: Finansi i 

statistika, 2006, -192 s. 

30. Baranovskiy T., Leksis V. Obshchaya teoriya kredita. – M.:Delo, 2000. 

– 212s. 

31. Valinurova 

L.S., 

KazakovaO.B 



Upravlenie 

investitsionnoy 

deyatelnostyu: Uchebnik.-M.: KNORUS, 2005 g 

32. Goremikin  V.A.,  Bugulov  E.R.  Ekonomika  nedvijimosti.  Uchebnik.  - 

Informatsionno-izdatelskiy dom «Filin», 2009.-592s.  

33. Smirnov  V.V.,  Lukina  Z.P.  Ipotechnoe  jilishchnoe  kreditovanie.  - 

M.: Izdatelskiy dom «Auditor», 2009.- 112s. 

34. Deeva A. I. Investitsii: uchebnoe posobie.-M.: «Ekzamen», 2005 g. 

35. Jo’raev A.S, Xo’jamqulov D.Yu., Mamatov B.S.”Investitsiya loyihalari 

tahlili” Toshkent “Sharq” nashriyoti 2003 yil 130 b. 

36. Igoshin N.V. «Investitsii» Moskva izd. «Yuniti» 2000 goda 377 str. 

37. Ivasenko  A.G.,  Nikonova  Ya.I.  Investitsii  istochniki  i  metodi 

finansirovaniya.-M.: «Omega-L», 2007 g 

38. Investitsionnaya politika: Uchebnoe posobie/ Pod. red. Yu.N.Lapigina.-

M.: KNORUS, 2005g.  

39. Investitsionnaya  deyatelnost:  uchebnoe  posobie  /  Pod.  Red. 

Podshivalenko.-M.: KNORUS, 2006 g. 

40. Kikot  I.I.  «Finansirovanie  i  kreditovanie  investitsiy»  Minsk 

«Visheyshaya shkola» 2003 goda 123 str.  


57 

 

41. Kovalev  V.V.  «Sbornik  zadach  po  finansovomu  analizu» 



Ucheb.posobie- Moskva izd. «Finansi i statistika» 2001 goda -128 str.  

42. Koltinyuk  B.A.  «Investitsionnie  proekti»  Sankt  Peterburg  izdatelstvo 

V.A.Mixaylova 2000 goda 209 str.  

43. Krilov  E.I.,  Vlasova  V.M,  Juravkova  I.V.  «Analiz  effektivnosti 

investitsionnoy i innovatsionnoy deyatelnosti predpriyatiya» Moskva «Finansi i 

statistika» 2003 goda 190 str.  

44. Kazimagomedov  A.A.  "Bankovskoe  obslujivanie  naseleniya".  –  M.: 

"Finansi i statistika", 2011. – S.194. 

45. Lopuxin  A.V.  Problemi  i  perspektivi  razvitiya  ipotechnogo 

kreditovaniya  v  Rossii.  Materiali  mejdunarodnoy  nauchno-prakticheskoy 

konferentsii. – Tashkent: Moliya, 2012. – S. 21. 

46. Rimer M.I., Kasatov A.D., Matienko N.N. «Ekonomicheskaya otsenka 

investitsiy» Moskva izd. «Piter» 2006 goda 54-117, 226 str 

47. Usoskin  V.M.  Sovremenniy  kommercheskiy  bank:  upravlenie  i 

operatsii. – M.: Vazar-Ferro, 1999. –364 s. 

48. Uzoqov  A.,  Nosirov  E.,  Saidov  R.,  Sultonov  M.  Investitsiya 

loyihalarini  moliyalashtirsh  va  ularning  monitoringi.  O’quv  qo’llanma.  –  T.: 

“IQTISOD – MOLIYA”, 2006 y,. 263b. 



 

III. Davriy nashrlar, statistik to’plamlar va hisobotlar. 

 

49. Berejnaya O. Bez ipoteki rossiyskoy ekonomiki net budushchego/RRE. 

Moskva, 2005. – S.6. 

50. Busov E.I. Problemi organizatsii ipotechnogo biznesa v Rossii//Dengi i 

kredit- Moskva, 2006 - №2. - S. 58 – 60. 

51. Voevodskaya  N.P,  Jilishchnoe  kreditovanie//Dengi  i  kredit-Moskva, 

2006- №1. – S. 52 – 56. 


58 

 

52. Gulyamova  S.  Mirovoy  opit  emissionnix  ipotechnix  tsennix  bumag  // 



Ipotechnoe  kreditovanie:  mejdunarodniy  opit,  problemi  i  perspektivi  razvitiya: 

materiali  mejdunarodnoy  nauchno-prakticheskoy  konferentsii.  –  Tashkent: 

Moliya, 2006. – S. 71-73 

53. Ivanov  A.,  Bez  ipoteki  jilishchnuyu  problemu  ne  reshit//  Stroitelnaya 

gazeta. – Moskva, 2005. - №51. – S.7-9. 

54. Ivanov V. Otkrit vajniy istochnik finansirovaniya// Stroitelnaya gazeta. 

– Moskva, 2005. –S. 10. 

55. Karimov N. «Xorijiy investitsiyalarning huquqiy asosalari»- Toshkent,  

«Bozor, pul va kredit» jurnali 2004 yil 12- soni 

56. Kirillova  A.N.  i  dr.  Analiz  pravovoy  bazi  poryadka  predostavleniya 

lgot  predpriyatiyam  i  organizatsiyam,  prinimayushchim  uchastie  v  dolevom 

stroitelstve  jilya.  Problemi  teorii  i  praktiki  reformirovaniya  regionalnoy 

ekonomiki. Sbornik nauchnix trudov. Moskva: URSS. 2009.- 312 s. 

57. Lipsits  I.V.,  Kossov  V.V.  «Ekonomicheskiy  analiz  realnix  investitsii» 

Moskva izd. «Ekonomist» 2004 goda 121-221 str.  

58. Yuldashov  Q.  M.  “O’zbekiston  Respublikasida  xususiy  sektor 

taraqqiyotining  moliyaviy  muammolari  va  ularni  hal  etish  yo’nalishlari”  I.f.n. 

ilm. dar. olish uchun Avt. 22-6et. 



 

IV. Internet saytlari ma’lumotlari. 

http://www.cbu.uz

 O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki 

http://www.mf.uz

 O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi 

http://www.gov.uz

 O`zbekiston Respublikasi Hukumati portali 

http://www.uza.uz

 O`zbekiston Respublikasi Axborot agentligi 

http://www.agro.uz

. AOTB Agrobank sayti 

http.://www.stat.uz



 O`zbekiston Respublikasi Statistika qo`mitasi  

 

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish