Loyihalarni moliyalashtirish


O’zbekiston Respublikasi investitsion siyosatining asosiy tamoyillari



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana26.01.2020
Hajmi1,1 Mb.
#37436
1   2   3   4   5
Bog'liq
investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholash


O’zbekiston Respublikasi investitsion siyosatining asosiy tamoyillari 

Iqtisodiyotning  turli  sohalarini  rivojlantirishda  investitsiyalarni  amalga  oshirish  tenderlar 

asosida o’tkazilishi lozim 


12 

 

to’rtinchidan,  korxonalarning  eskirgan  ishlab  chiqarish  quvvatlarini, 



moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi; 

beshinchidan, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga 

ko’maklashadi va h.k. 

Investitsiyalarni  yuqorida  qayd  etilgan  ijtimoiy  va  iqtisodiy  ustuvorligini 

anglagan  holda  mamlakatimiz  rahbariyati  mustaqillikning  dastlabki 

kunlaridanoq mahalliy va xorijiy investitsiyalarni rivojlantirishga alohida e’tibor 

qaratdi va ularni muvofiqlashtirishga oid bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qildi. 

Natijada  milliy  iqtisodiyotimizdagi  minglab  xorijiy  investitsiyali  korxonalar 

barpo  etilib,  ular  yosh  davlatimiz  taraqqiyotiga  munosib  hissa  qo’shib 

kelmoqda.  

O’zbekiston  Respublikasi  hududida  oxirgi  o’n  yillikda  investitsiya 

loyihalarini  ishlab  chiqish  va  texnik  iqtisodiy  asoslash  bo’yicha  qarorlar  qabul 

qilish malakaviy faoliyatning alohida bir ko’rinishiga aylandi. Ko’pgina sanoati 

rivojlangan  mamlakatlar  iqtisodiyotining  davlat  va  xususiy  sektorlarida 

investitsiya  loyihalarini  ishlab  chiqish  va  moliyalashtirish  bo’yicha  qarorlar 

qabul  qilish  bo’yicha  tajribalar  etarlicha  to’plangan.  Investitsiya  loyihasini 

ishlab  chiqish  va  texnik  iqtisodiy  asoslash  bo’yicha  qarorlar  qabul  qilishda 

mutaxassis va ekspertlar oldiga qo’yiladigan eng muhim va asosiy talablar, hal 

etilishi  lozim  bo’lgan  masalalardan  biri  –  bu  loyihani  boshqarish  doirasida 

markaziy  o’rinni  egallovchi  loyiha  risklarini  aniqlash,  ularni  baholash  va 

boshqarish.  

Investitsiya  loyihasini  ishlab  chiqishda  risklarni  aniqlash  va  baholashning 

yuqoridagi usullarining qo’llanilishi loyihaning  samarali va  yuqori  foyda  bilan 

faoliyat  ko’rsatishini  aniqlash  va  unga  qaratilgan  chora-tadbirlarning  qabul 

qilinishiga imkon beradi. 

Milliy iqtisodiyotda investitsiya loyihalarini muvafaqiyatli amalga oshirish 

yuqori  texnik  saviyadagi  tayyor  mahsulotlar  ulushi  oshirilishiga  imkon  beradi. 

Bu esa quyidagi jihatlarga bog’liq bo’ladi: xorijiy davlatlardagi korxonalar bilan 



13 

 

O’zbekistondagi  eksport  qiluvchi  korxonalar  o’rtasida  kooperatsiya 



aloqalarining  shakllanishiga  ko’maklashishi;  yuqori  texnologiya  va  ilmtalab 

qiluvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishi soha va soha ichi tizimi yaxshilanishiga 

xizmat  qiladi;  eksportning  intellektual  mulk  ob’ektlari  litsenziyalarini  hamda 

nou-xau  shaklida  texnik-tijorat  sirlarini  sotish,  injiniring  va  lizing  sohalarida 

xizmatlar  ko’rsatish  kabi  turlarini  rivojlantirish  yo’li  bilan  respublikamizda 

erishilgan ilmiy-texnik yutuqlarning jahon xo’jaligi aylanmasiga kirib borishini 

tezlashtirish;  ilmiy  ishlanmalarga,  xususan,  amaliy  fan  va  texnologiyalar 

transferti  sohasidagi  ilmiy  ishlanmalarga  bozor  yo’nalishini  beruvchi  shart-

sharoit  yaratuvchi  innovatsiyalarni  qo’llab-quvvatlashning  samarali  tizimini 

ishlab  chiqish;  innovatsiya  jarayonini  davlat  tomonidan  va  tijorat  usulida 

qo’llab-quvvatlashning  eng  maqbul  uyg’unlashuvi  asosiy  yo’llarini  belgilab 

olish  hamda  ilmiy-texnik  ishlanmalarni  tijorat  ahamiyatiga  molik  natijalar 

darajasigacha etkazish; o’zbek olimlari va mutaxassislarning chet eldagi etakchi 

institutlar,  tashkilotlar  va  firmalar  bilan  hamkorligini  kengaytirish  va 

chuqurlashtirish;  yuqori  darajali  marketing  tadqiqotlari  o’tkazish.  Tijorat  va 

texnologiya  menejmenti  sohasidagi  yutuqlarni  o’rganish,  xorijiy  bozorlarning 

kon’yunkturasi,  sig’imi  hamda  raqobatchilarning  narx  siyosati,  kooperatsiya, 

qo’shma korxonalar tashkil etish bo’yicha hamkorlar qidirish yuzasidan tahliliy 

ma’lumotlarni o’rganishdan iboratdir. 

 

1.2.  Investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tender  savdolarini 

tashkil etish va o’tkazishning o’ziga xos xususiyatlari 

 

Milliy  iqtisodiyotni  rivojlantirishda  investitsiya  loyihalarini  amalga 

oshirishning ahamiyati benihoya katta bo’lib, u quyidagilar bilan izohlanadi:  

birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va 

texnologiyalarni  joriy  etib,  eksportga  mo’ljalangan  mahsulotlarni  ishlab 

chiqarishni rivojlantiradi;  



14 

 

ikkinchidan,  import  o’rnini  bosuvchi  tovar  ishlab  chiqarishni  yo’lga 



qo’yish  va  buning  uchun  xorijiy  investitsiyalarni  iqtisodiyotning  ustuvor 

sohalariga  yo’naltirish  va  pirovardida  aholining  me’yordagi turmush darajasini 

ta’minlash imkonini yaratadi; 

uchinchidan,  kichik  biznesni  rivojlantirish  va  qishloq  xo’jaligi  ishlab 

chiqarishini  jadalashtirish  orqali  o’sib  borayotgan  aholini  ish  joylari  bilan 

ta’minlaydi;  

to’rtinchidan,  korxonalarning  eskirgan  ishlab  chiqarish  quvvatlarini, 

moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi; 

beshinchidan, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga 

ko’maklashadi va h.k. 

Investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tender  savdolarini  tashkil  etish 

va  o’tkazishning  o’ziga  xos  xususiyatlari  belgilab  berilgan.  O’zbekiston 

Respublikasida  ishlab  chiqariladigan  xom  ashyo,  materiallar,  butlovchi 

buyumlar va asbob-uskunalarni davlat byudjeti, davlat byudjetida jamlanadigan 

byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar mablag’lari, hukumat kafolati ostida 

beriladigan  xorijiy  kreditlar  hamda  xalqaro  va  xorijiy  moliya  institutlari,  shu 

jumladan  Jahon  banki  guruhi,  Evropa  tiklanish  va  taraqqiyot  banki,  Osiyo 

taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki, “KfV” banki va boshqalar 

tomonidan  beriladigan  xorijiy  grantlar  hisobiga  xarid  qilish  yuzasidan  tender 

savdolari  (keyingi  o’rinlarda  “tenderlar”  deb  ataladi)  o’tkazishni  tashkil  etish 

mexanizmini belgilab berilgan. 

Investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tender  savdolarini  tashkil  etish 

va o’tkazishda xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar 

xarid qilishga yo’naltiriladigan davlat byudjeti, davlat byudjetida jamlanadigan 

byudjetdan  tashqari  maqsadli  jamg’armalar  mablag’laridan,  hukumat  kafolati 

ostida  beriladigan  xorijiy  kreditlar  va  xorijiy  grantlardan  foydalanish 

samaradorligini  oshirish  hamda  xarid  qilinadigan  xom  ashyo,  materiallar, 


15 

 

butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar sifatini oshirish tenderlar o’tkazishning  



maqsadi hisoblanadi. 

Investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tender  savdolari  100  ming 

AQSh  dollariga  teng  miqdordan  ortiq  bitta  kontrakt  bo’yicha  tovarlar  etkazib 

berishni amalga oshirishda o’tkaziladi. 

Qiymati  100  ming  AQSh  dollariga  teng  miqdordan  kam  bo’lgan  bitta 

kontrakt  bo’yicha  tovarlar  etkazib  berishni  amalga  oshirishda  xaridlar  eng 

yaxshi tanlov takliflarini tanlab olish asosida amalga oshiriladi. 

Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tender savdolarini tashkil etish, 

tender  bo’yicha  xaridlarda  qatnashuvchi  mamlakatimiz  tovar  ishlab 

chiqaruvchilari  (etkazib  beruvchilari)  bilan  hisob-kitoblar  so’mlarda  amalga 

oshiriladi. 

Investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tender  savdolari  xaridlarning 

faqat  manbalarning  mavjudligi  va  mablag’  bilan  ta’minlash  miqdorlari 

to’g’risida  tasdiqnomalar  (moliya  organlari  yoki  byudjetdan  tashqari 

jamg’armalarni  tasarruf  etuvchilarning  bildirish  xati,  xorijiy  kreditorlar  bilan 

hukumat kafolati ostida imzolangan kredit shartnomalari, xorijiy grantlar berish 

to’g’risidagi  bildirish  xati  va  boshqalar)  mavjud  bo’lgan  hajmi  bo’yicha  e’lon 

qilinishi mumkin. 

Investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tenderlarni  tashkil  etish  va 

o’tkazish quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi: 

 tenderning sohasini belgilash; 



 tender  hujjatlarini  (ixtisoslashgan  texnik  va  tijoriy  konsultantlarni  jalb 

etgan holda) tayyorlash; 

 tenderni  ommaviy  axborot  vositalarida  e’lon  qilish  va/yoki  tenderda 



qatnashishi  mumkin  bo’lganlarga  tenderda  qatnashish  uchun  taklifnomalar 

jo’natish; 

 tender qatnashchilaridan tender bo’yicha takliflarni qabul qilish; 



 tenderda qatnashishi mumkin bo’lganlarni aniqlash; 



16 

 



 tender bo’yicha tushgan takliflarni baholash va tender g’olibini aniqlash; 

 tender g’olibi bilan kontraktni imzolashlarni kiritish mumkin. 



Milliy iqtisodiyotda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tenderlarni 

muvaffaqiyatli tashkil etilish yuqori texnik saviyadagi tayyor mahsulotlar ulushi 

oshirilishiga  imkon  beradi.  Bu  esa  quyidagi  jihatlarga  bog’liq  bo’ladi:  xorijiy 

davlatlardagi  korxonalar  bilan  O’zbekistondagi  eksport  qiluvchi  korxonalar 

o’rtasida  kooperatsiya  aloqalarining  shakllanishiga  ko’maklashishi;  yuqori 

texnologiya  va  ilmtalab  qiluvchi  mahsulotlar  ishlab  chiqarilishi  soha  va  soha 

ichi  tizimi  yaxshilanishiga  xizmat  qiladi;  eksportning  intellektual  mulk 

ob’ektlari litsenziyalarini hamda nou-xau shaklida texnik-tijorat sirlarini sotish, 

injiniring  va  lizing  sohalarida  xizmatlar  ko’rsatish  kabi  turlarini  rivojlantirish 

yo’li bilan respublikamizda erishilgan ilmiy-texnik yutuqlarning jahon xo’jaligi 

aylanmasiga  kirib  borishini  tezlashtirish;  ilmiy  ishlanmalarga,  xususan,  amaliy 

fan  va  texnologiyalar  transferti  sohasidagi  ilmiy  ishlanmalarga  bozor 

yo’nalishini  beruvchi  shart-sharoit  yaratuvchi  innovatsiyalarni  qo’llab-

quvvatlashning  samarali  tizimini  ishlab  chiqish;  innovatsiya  jarayonini  davlat 

tomonidan va tijorat usulida qo’llab-quvvatlashning eng maqbul uyg’unlashuvi 

asosiy  yo’llarini  belgilab  olish  hamda  ilmiy-texnik  ishlanmalarni  tijorat 

ahamiyatiga  molik  natijalar  darajasigacha  etkazish;  o’zbek  olimlari  va 

mutaxassislarning  chet  eldagi  etakchi  institutlar,  tashkilotlar  va  firmalar  bilan 

hamkorligini  kengaytirish  va  chuqurlashtirish;  yuqori  darajali  marketing 

tadqiqotlari o’tkazishda erishiladi.  

Investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tenderlarni  tashkil  etishdagi 

axborotda quyidagi ma’lumotlar bo’ladi: 

  ishchi organning nomi; 



  tenderning mavzusi; 

  tovarni  etkazib  berish  shartlari  va  mo’ljallangan  etkazib  berishni 



bajarish muddatlari; 

17 

 



  tenderda  qatnashish  uchun  da’vogarlarni  oldindan  malakali  tanlash 

muddatlari; 

  tender  hujjatlarini  olishi  mumkin  bo’lgan  tender  komissiyasi  ishchi 



organining manzili, bog’lanish telefoni va  telefaksi; 

  tender hujjatlarining narxi; 



  tender bo’yicha taklif berish vaqtida tender qatnashchisi uchun zakalat 

summasi; 

  tender komissiyasi tomonidan takliflarni qabul qilib olishning (kun va 



soat ko’rsatilgan holdagi) so’nggi muddati; 

  to’lov shartlari, zakalatni va tender hujjatlari haqini to’lash uchun bank 



rekvizitlari; 

  mamlakatimiz  tovar  ishlab  chiqaruvchilari  (etkazib  beruvchilari)ning, 



shu jumladan kichik biznes korxonalarining tenderda qatnashishi mumkinligiga 

doir ko’rsatmalar hisoblanadi.  

Investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tenderlarni  tashkil  etishdagi 

hujjatlar  shartlariga  tender  qatnashchisi  uchun  yo’riqnoma,  tenderning  texnik 

qismi, tenderning tijorat qismi, kontraktning rasmiy shakllarini kiritish mumkin. 

Investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tenderlarni  tashkil  etish 

hujjatining tijorat qismi quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

-tovar  narxi  va  uni  belgilash  tartibi  (tender  savdolarida  qatnashish  uchun 

xorijiy  tovar  etkazib  beruvchilar  jalb  qilingan  hollarda  xarid  qilinadigan 

tovarlarni tashib keltirishning qiymati alohida ajratib ko’rsatiladi); 

- etkazib berish shartlari; 

- to’lov sharti va to’lovlar jadvali; 

- bitishuvlarni mablag’ bilan ta’minlash manbalari. 

Investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tenderlarni  tashkil  etish    va 

o’tkazishda takliflarini baholash  tender komissiyasi tomonidan  belgilangan  har 

bir baholash mezoni bo’yicha ball qo’yish yo’li bilan amalga oshiriladi. Tender 

qatnashchilari  yoki  ularning  vakillari  tender  takliflarini  baholash  chog’ida 


18 

 

qatnashish  huquqiga  ega  emas.  Baholash  chog’ida  tender  komissiyasi 



tushuntirishlar  berish,  qo’shimcha  ma’lumotlar  va  tasdiqlashlar  olish  uchun 

da’vogarlarni    chaqirish  huquqiga  ega.  Tender  xulosalarini  chiqarishda  tender 

qatnashchilari va ularning ishonchli vakillari ishtirok etishi mumkin. 

Xulosa  qilib  aytganda,  investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda 

tenderlarni  tashkil  etish  va  ularni  o’tkazishni  o’ziga  xos  xususiyatlari 

rivojlangan  bozor  iqtisodiyotini  barpo  etish  bilan  bog’liq  ko’pgina  vazifalarni 

hal etishga ko’maklashadi. Uning amalga oshirilishi birgina qo’shimcha faoliyat 

va  ishlab  chiqarishning  yo’lga  qo’yilishini  ta’minlab  qolmasdan,  balki  jamiyat 

hayotining  haqiqiy  darajasini  ko’rsatib  beruvchi  aholi  turmush  farovonligining 

oshishiga  va  davlat  boyligining  ko’payishiga  hamda  uning  iqtisodiy  qudratini 

oshirishga xizmat qiladi. 

 

1.3.  Investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tender  savdolarini 



tashkil etishning me’yoriy-huquqiy asoslari 

 

Investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tender  savdolarini  tashkil  etish 



birinchi  navbatda,  uning  ishlab  chiqarishga  yo’naltirilganligi  va  uzoq  muddat 

mobaynida  amal  qilishi  bilan,  ya’ni  g’oyadan  boshlab,  uning  to  moddiylikka 

aylanishigacha bo’lgan jarayon bilan izohlanadi.  

Investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tender  savdolarini  tashkil 

etishning  me’yoriy-huquqiy  asoslari  jumlasiga,  O’zbekiston  Respublikasining 

“Investitsiya  faoliyati  to’g’risida”gi  (1998  yil  24  dekabr,  719-1-sonli), 

O’zbekiston  Respublikasining  “Chet  el  investitsiyalari  to’g’risida”gi  (1998  yil 

30  aprel,  609-1-sonli),  O’zbekiston  Respublikasining  “Chet  el  investorlar 

huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida”gi (1998 

yil  30  apreldagi  612-1-sonli)  Qonunlari,  “Chet  el  investitsiyalari  va  xorijiy 

investorlar faoliyatining kafolatlarini takomillashtirish to’g’risida”gi 1998 yil 30 

apreldagi  Farmoni,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Xorijiy 



19 

 

investitsiyali  korxonalarni  tashkil  etish  va  faoliyatini  rag’batlantirish  bo’yicha 



qo’shimcha  chora-tadbirlar  to’g’risida”gi  1996  yil  31  maydagi  UP-1467  sonli 

Farmoni, “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni rag’batlantirish borasidagi 

qo’shimcha  chora-tadbirlar  to’g’risida”gi,  1998  yil  19  yanvardagi  Farmoni, 

“Xorijiy  investitsiyalar  ishtirokidagi  loyihalarni  amalga  oshirish  mexanizmini 

takomillashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  1998  yil  9  fevraldagi  Farmoni, 

“To’g’ridan-to’g’ri  chet  el  investitsiyalarini  jalb  qilishni  rag’batlantirish 

to’g’risida”gi 2005 yil 11 apreldagi Qarori va Farmonlarini keltirish mumkin.  

Mamlakatda  investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tender  savdolarini 

tashkil  etish  va  o’tkazish  faoliyatini  tartibga  solishning  zaruriy  asosi  bo’lib, 

davlat  qonunchiligi  hamda  huquqiy  asosni  shakllantirish  hisoblanadi.  Buni  biz 

quyidagi rasm orqali ko’rishimiz mumkin: 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

3-rasm. O’zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini tartibga 

solishning huquqiy asoslari

4

 

                                                           

4

 Nazariy ma’lumotlar asosida shakllantirildi 



Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tender savdolarini tashkil etish 

va o’tkazish faoliyatini tartibga solish 

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida 

O’zbekiston Respublikasining 

tegishli qonunlari yordamida 

O’zbekiston Respublikasi 

Prezidenti, Farmonlari yordamida 

O’zbekiston Respublikasining tegishli davlat muassasalari 

yoki organlari tomonidan chiqarilgan me’yoriy-huquqiy 

hujjatlar yordamida 



20 

 

 



Vazirlar  Mahkamasining  2007  yil  7  iyundagi  110-sonli  qaroriga  asosan 

“Investitsiya  loyihalari  hujjatlarini  ishlab  chiqish,  ekspertizadan  o’tkazish  va 

tasdiqlash  tartibi  to’g’risida”gi  Nizomi  ishlab  chiqildi.  Mazkur  qonun  va 

farmonlar  investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tender  savdolarini  tashkil 

etishning  me’yoriy-huquqiy  asoslarining  huquqiy  asosini  tashkil  etish  bilan 

birga investitsion faollikni o’sishiga yangi zamin yaratadi. 

Vazirlar  Mahkamasining  2000  yil    21  noyabrdagi  456-sonli  qaroriga 

muvofiq xom ashyo,  materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar xarid 

qilish  bo’yicha  tender  savdolari  o’tkazish  bugungi  kunda  quyidagi  tartiblarda 

amalga oshirilmoqda. 

Import  qilinadigan  va  O’zbekiston  Respublikasida  ishlab  chiqariladigan 

xom  ashyo,  materiallar,  butlovchi  buyumlar  va  asbob-uskunalarni  davlat 

byudjeti,  davlat  byudjetida  jamlanadigan  byudjetdan  tashqari  maqsadli 

jamg’armalar  mablag’lari,  hukumat  kafolati  ostida  beriladigan  xorijiy  kreditlar 

hamda xalqaro va xorijiy moliya institutlari va boshqalar tomonidan beriladigan 

xorijiy  grantlar  hisobiga  xarid  qilish  yuzasidan  tender  savdolari    o’tkazishni 

tashkil etish mexanizmini belgilab beradi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  qabul  qilingan 

qarorlarga muvofiq  tovarlarni tender bo’yicha xarid qilishga, shuningdek agar 

xorijiy  kreditlar  va  grantlarni  berish  shartlarida    xaridlarning  boshqacha  tartibi 

belgilangan  bo’lsa,  tatbiq  etilmaydi.  Bugungi  kunda  xom  ashyo,  materiallar, 

butlovchi  buyumlar  va  asbob-uskunalar  xarid  qilishga  yo’naltiriladigan  davlat 

byudjeti,  davlat  byudjetida  jamlanadigan  byudjetdan  tashqari  maqsadli 

jamg’armalar  mablag’laridan,  hukumat  kafolati  ostida  beriladigan  xorijiy 

kreditlar  va  xorijiy  grantlardan  foydalanish  samaradorligini  oshirish,  xarid 

qilinadigan  xom  ashyo,  materiallar,  butlovchi  buyumlar  va  asbob-uskunalar 

sifatini oshirish tenderlar o’tkazishning  maqsadi hisoblanadi. 


21 

 

Tender  savdolari  100  ming  AQSh  dollariga  teng  miqdordan  ortiq  bitta 



kontrakt  bo’yicha  tovarlar  etkazib  berishni  amalga  oshirishda  o’tkaziladi. 

Qiymati 100  ming AQSh dollariga teng miqdordan kam bo’lgan bitta kontrakt 

bo’yicha tovarlar etkazib berishni amalga oshirishda xaridlar eng yaxshi tanlov 

takliflarini tanlab olish asosida amalga oshiriladi. 

Tender  bo’yicha  xaridlarda  qatnashuvchi  mamlakatimiz  tovar  ishlab 

chiqaruvchilari  (etkazib  beruvchilari)  bilan  hisob-kitoblar  so’mlarda  amalga 

oshiriladi.  Tender  savdolari  xaridlarning  faqat  manbalarning  mavjudligi  va 

mablag’ bilan ta’minlash miqdorlari to’g’risida tasdiqnomalar (moliya organlari 

yoki  byudjetdan  tashqari  jamg’armalarni  tasarruf  etuvchilarning  bildirish  xati, 

xorijiy  kreditorlar  bilan  hukumat  kafolati  ostida  imzolangan  kredit 

shartnomalari,  xorijiy  grantlar  berish  to’g’risidagi  bildirish  xati  va  boshqalar) 

mavjud bo’lgan hajmi bo’yicha e’lon qilinishi mumkin. 

Hozirgi  jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi  davom  etayotgan  davrda  ham 

investitsiya  faoliyatining  huquqiy  asosini  takomillashtirish  borasidagi  bir  qator 

amalga  oshirilayotgan  ishlarni  misol  keltirish  mumkin.  Bular  jumlasiga, 

O’zbekiston 

Respublikasi 

Prezidentining 

“Iqtisodiyot 

real 


sektori 

korxonalarining  moliyaviy  barqarorligini  yanada  oshirish  chora-tadbirlari 

to’g’risida”gi  2008  yil  18  noyabrdagi  PF  -  4053-sonli,  “Iqtisodiyotning  real 

sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash 

va eksport salohiyatini oshirish chora – tadbirlari dasturi to’g’risida”gi 2008 yil 

28  noyabrdagi  PF  -  4058-  sonli,  “Navoiy  viloyatida  erkin  industrial-iqtisodiy 

zona tashkil etish to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 

2 dekabrdagi PF-4059-sonli Farmonlarini kiritish mumkin. 

O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrdagi “Investitsiya faoliyati 

to’g’risida”gi  Qonunida  investitsiyalarning  mazmuni  “iqtisodiy  va  boshqa 

faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga 


22 

 

doir huquqlar”



5

, sifatida ta’riflanadi. 

Bizga  ma’lumki,  iqtisodiy  o’sish  investitsiya  resurslarisiz  bo’lishi  mumkin 

emas,  bu  resurslar  o’z  mohiyati  bilan  ishlab  chiqarishni  rivojlantirishga 

qaratilgan  mablag’lardir.  Pul  mablag’lari  shaklidagi  investitsiyalar  nominal 

investitsiyalardir.  Bu  investitsiyalar  moddiylashib,  amalda  ishlab  chiqarishga 

jalb  etilgandan  so’ng  real  investitsiyalarga  aylanadi  va  iqtisodiy  o’sishni 

ta’minlaydi. 

Investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  tender  savdolarini  tashkil  etish 

har  qanday  mamlakat  iqtisodiyoti  o’sishini  ta’minlash,  uni  har  tomonlama 

taraqqiy  ettirishning  zarur  sharti  va  manbai  hisoblanadi.  Shunga  ko’ra, 

O’zbekistonda  so’nggi  yillardagi  qulay  investitsiya  muhiti,  ishlab  chiqarishni 

modernizatsiya  qilish,  texnik  va  texnologik  jihatdan  yangilash  dasturlarining 

faol  amalga  oshirilishi,  samarali  investitsiya  siyosatini  ishlab  chiqish  va  uni 

izchil  ravishda  amalga  oshirish  doimiy  diqqat  markazida  bo’lib  kelmoqda.  Bu 

esa,  iqtisodiyotdagi  investitsiya  hajmining  yildan-yilga  sezilarli  ravishda  o’sib 

borishi hamda muqarrar ravishda milliy ishlab chiqarish hajmining o’sishi orqali 

o’zining ijobiy natijalarini ko’rsatishiga imkon yaratmoqda.  

Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tender savdolarini tashkil etish va 

o’tkazishda  zamonaviy  texnologiyalarni  tatbiq  qilish  zaruriyati,  tadbirkorlik 

bo’yicha chet el tajribasini o’zlashtirish va investitsiya muhitining yaxshilanishi 

investitsiya  loyihalarini  ishlab  chiqish  va  texnik  iqtisodiy  asoslanish  borasida 

amalga oshirilgan  chora-tadbirlar mamlakatda kapital qo’yilmalarning umumiy 

hajmida  chet  el  investitsiyasi  tarkibining  o’zgarishiga  olib  keldi.  Bunda 

to’g’ridan-to’g’ri  investitsiyalarni  olib  kirishning  faollashuvi  kuzatildi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimovning  2005  yil  11  apreldagi 

“To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag’batlantirish 

bo’yicha  qo’shimcha  chora-tadbirlar  to’g’risida”gi  Farmonining  amaliyotga 

                                                           

5

  O’zbekiston  Respublikasining  “Investitsiya  faoliyati  to’g’risida”gi  Qonuni,  1998.  24  dekabr.  //Soliqlar  va 



bojxona xabarlari. 4-son, 1999. 3-b. 

23 

 

tatbiqi  natijasi,  shuningdek,  O’zbekistonda  investitsiya  muhitini  yaxshilashga 



davlat tomonidan katta e’tibor (jumladan, turli soliq va boj imtiyozlari, huquqiy 

kafolatlar,  yaratilgan  turli  preferentsiyalar  va  boshqalar)  berilayotgani 

natijasidir.  

Respublika  iqtisodiyotining  ustuvor  tarmoqlarida  investitsiya  loyihalarini 

amalga  oshirishda  tender  savdolarini  tashkil  etish  va  o’tkazishning  zaruriyati 

quyidagilardan  kelib  chiqadi:  ishlab  chiqarish  quvvatlarining  jismoniy  va 

ma’naviy  eskirganligi,  ularning  qayta  tiklashga  yoki  texnik  jihatdan  qayta 

jihozlashga yoki umuman yangilashga oid bo’lib qolganligi; sanoat tarmog’ida 

moddiy  texnika  bazasining  o’ta  pastligi  va  ko’pgina  zarar  ko’rib  ishlaydigan 

korxonalarning  mavjudligi;  respublika  milliy  daromadida  jamg’arish  bilan 

iste’mol  o’rtasidagi  nisbatning  iste’mol  tomonga  ko’plab  sarflanayotgani  va 

jamg’arishning  investitsiya  manbai  sifatida  kamayib  borayotganligi; 

O’zbekistonning  tabiiy  boyliklarga  boyligi  va  bu  erda  ko’plab  qayta  ishlovchi 

korxonalarni  qurish  imkoniyating  mavjudligi;  aholi  sonining  o’sib 

borayotganligi  (mehnat  resurslari)  va  kichik  zamonaviy  ixcham  korxonalarni 

barpo  etish,  ularni  mehnat  resurslarining  manbai  bo’lmish  qishloqqa 

yaqinlashtirish  zarurligi;  respublika  eksportida  xom  ashyo  salmog’ini 

kamaytirish  va  ko’plab  tayyor  mahsulotlar  ishlab  chiqarish  imkoniyatiga  ega 

bo’lish zarurligi va boshqalar. 


24 

 


Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish