Loyihalar turlari
Loyihalarni turli belgilariga qarab turkumlash mumkin:
Loyihalar sinfi ularni tarkibi va tuzilmasiga ko‘ra tavsiflaydi. Monoproekt, mul’tiproekt i megaproektlar bo‘lishi mumkin..
Loyihalar tiplari faoliyat sohalariga bog‘liq bo‘lib, texnik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy va aralash turlariga bo‘linadi.
Loyiha ko‘rinishlari ularning predmet sohalariga bog‘liq.. Investitsion-qurilish, innovatsion, ilmiy-tadqiqotvao‘quv-ta’limloyihalarimavjud.
Loyihalar masshtablari ularning ko‘lami, ishtirokchilar soni va otrof-muhitga ta’sir doirasi bilan belgilanadi. SHunga ko‘ra mayda, o‘rta, yirik va o‘ta yiriklarga ajratiladi.
Loyihalarningdavomiyligi ularning amalga oshirilish muddatini nazarda tutadi. SHunga mos ravishda qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatlilarga bo‘linadi.
Murakkablik darajasiga ko‘ra sodda, murakkab va o‘ta murakkab bo‘ladi..
Zamonaviy loyihalar aralash xarakterg aega.
Loyihalarni boshqarishning ijtimoiy, madaniy, texnik va texnologik aspektlarini ajratish mumkin. Ushbu aspektlarning ratsional uyg‘unlashtirilishi loyihaning natijaviyligi va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni belgilaydi.
YAgona maqsad va ijro shartlari tufayli o‘zaro bog‘liq loyihalar va turli chora-tadbirlar guruhi dastur deb ataladi (programm).
Dasturlar mazmuniga ko‘ra makroiqtisodiy va aholining qiziqishlarini inobatga olgan bo‘lishi mumkin. Ular iqtisodiy (economical), ijtimoiy (social), tashkiliy (organizational), texnik (technical) i aralash (mixed) bo‘lishlari mumkin.
Dasturlar doirasida mega- i multiloyihalar ko‘zda tutilgan bo‘ladi.
Megaloyihalar(megaprojects)- bu maqsadli dasturlar bo‘lib, ular umumiy maqsad birlashtirib turgan turli loyihalar, ajratilgan resurslar va ularning bajarilishi uchun muddatga egadirlar. Ular xalqaro, davlat, milliy, regional, tarmoqlararo, tarmoq va aralash bo‘ladi.
Multiloyihalar (multiprojects )- bu kompleks dasturlar yoki loyihalar bo‘lib, yirik korxonalar doirasida amalga oshiriladi.
Loyihaning zararsizlik nuqtasi
Zararsizlik tahlili deganda loyiha bo’yicha ishlab chiqarish jarayonida ishlab
chiqarish hajmi, mahsulot tannarxi va foydaning bir-biriga bog’liqligini tadqiq
qilish tushuniladi. Ba’zi hollarda bunday tahlil harajatlar, ishlab chiqarish hajmi va
foydaning bir-biriga nisbatini tahlil qilish db ham ataladi. Bunda eng asosiy
maqsad harajatlarni qoplash uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish hajmini
aniqlashdan iborat va bu holat korxona rahbarlariga va loyiha menejerlariga
quyidagi omillarning o’zgarishi foydaga ta’sirini aniqlash imkoniyatini beradi:
- doimiy harajatlar (miqdori ishlab chiqarish hajmiga qarab o’zgarmaydigan
harajatlar, masalan, qarz foizi, garov puli, ijara haqi, renta to’lovari va boshqalar);
- o’zgaruvchan xarajatlar (miqdori ishlab chiqarish hajmiga nisbatan to’g’ri
mutanosiblikda o’zgarib turuvchi harajatlar, masalan, ish haqi, xom ashyo,
yoqilg’i, yuk tashish harajatlari va boshqalar);
- sotish hajmi;
- mahsulot tannarxi;
- sotilishi ko’zda tutilgan mahsulot assortimenti.
Harajatlarni qoplash uchun zarur bo’lgan sotish hajmi maxsus nuqtani
tavsiflaydi, ya’ni u ishlab chiqarish hajmining kritik nuqtasini ifodalaydi. Mana
shuning uchun ham bunday tahlil zararsizlik nuqtasi db nomlanadi. Bunda korxona
foyda ham olmaydi, zarar ham ko’rmaydi, ya’ni mahsulot sotishdan tushgan
tushum mahsulotning to’liq tannarxiga (harajatlarga) barobardir.
Zararsizlikni tahlil etish mahsulotni sotishdan tushgan tushumning sotilgan
mahsulot ishlab chiqarish xarajatlariga teng bo’lgandagi, algebraik va grafik yo’l
bilan topiladigan tenglik nuqtasini aniqlashdan iboratdir. Agar mahsulot sotish
hajmi ushbu nuqtadan past bo’lsa (mahsulot tannarxidan past bo’lsa), u holda
korxona ko’rgan zarari uchun chidashga majbur bo’ladi, agarda sotishdan tushgan
tushum ishlab chiqarish xarajatlariga teng bo’lsa, bu holat uning o’z faoliyatini
zararsiz yuritayotganidan dalolat beradi.
Zararsizlik nuqtasini aniqlash uchun, eng avvalo, sotish hajmi (Q)
o’zgarishining foydaga (P) ta’sirini aniqlash lozim bo’ladi. Bunday o’zgarishlar
nisbatini aniqlashdagi elementlar bo’lib, mahsulot birligi narxi (P), mahsulot
birligidagi o’zgaruvchan xarajatlar (V) va mahsulot birligidagi doimiy harajatlar
(C). Formula quyidagi ko’rinishga ega:
P = P*Q – (V*Q + C) (2)
bu erda: Q - sotish hajmi; P – foyda; P - mahsulot birligi narxi;V - mahsulot
birligidagi o’zgaruvchan xarajatlar; C - mahsulot birligidagi doimiy harajatlar.
Ishlab chiqarishning zararsizlik nuqtasida P = 0 ga teng bo’ladi va bundan
zararsizlik nuqtasi kelib chiqadi:
Q = C / P –V
Shunday qilib, zararsizlik nuqtasini aniqlashda sotish narxi, mahsulot birligiga
ketgan o’zgaruvchan harajatlar hamda ma’lum vaqt (yil yoki oy) davomidagi
doimiy harajatlar eng muhim omillardandir.
Shunday qilib, zararsizlik tahlilidan quyidagi amaliy xulosalarni qilish
mumkin:
- yuqori zararsizlik nuqtasi istalmas bo’lib, u firma ishlab chiqarish (mahsulot
sotish) darajasining o’zgarishiga bog’liq bo’ladi;
- doimiy xarajatlar qanchalik yuqori bo’lsa, zararsizlik nuqtasi shunchalik
yuqori bo’ladi;
- sotiladigan mahsulot birligi bahosi va o’zgaruvchan nisbiy xarajatlar
o’rtasidagi farq qanchalik katta bo’lsa, zararsizlik nuqtasi shanchalik kichik
bo’ladi
Kritik yo`l usuli
Kritik yo`l usuli bo’yicha operatsiyalar davomiyligini yuqori darajada aniqliik va ehtimollik bilan baholash mumkin. ”PERT” usuli operatsiyalar vaqti noaniqligini nazarda tutadi va ushbu noaniqlikni loyiha bo’yicha ishlarning muddatlariga ta’sirini tahlil qiladi. Hozirgi kunda butun jaxonda loyihalarni amalga oshirish ishlarini boshqarishning kritik yo`l usuliga asoslangan tizimlari qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |