109
Nomoddiy ne’matlarning quyidagi turlari mavjud:
- intellektual
faoliyat natijalari;
- xizmat
va tijorat siri;
- shaxsiy nomulkiy huquqlar.
Nomoddiy ne’matlarning bir qismi, ya’ni intellektual faoliyat
natijalari, xizmat va tijorat siri iqtisodiy mazmunga ega bo‘lib, tovar
shakliga kiradi va mulkiy muomalada mutlaq huquq obyektlari sifatida
namoyon bo‘ladi.
SHaxsiy nomulkiy huquqlar esa fuqarolik muomalasida o‘ziga xos
tarzda, tovar shakliga kirmagan va iqtisodiy mazmunga ega bo‘lmagan
holda namoyon bo‘ladi.
Nomoddiy ne’matlarning fuqarolik huquqi obyekti sifatidagi
xususiyati shundaki, bunda
birinchidan, buzilgan nomoddiy huquq
mazmunidan,
ikkinchidan, bunday buzilish oqibatlari xarakteridan kelib
chiqqan holda fuqarolik huquqlarining himoya qilish usullaridan
foydalanadi.
Nomoddiy ne’matga nisbatan huquqlarni himoya qilishda ko‘p
hollarda sud huquqni qayta tiklash yoki huquqbuzarliklarni to‘xtatishni
ta’minlovchi choralar ko‘radi. Nomoddiy ne’matlar orasida shaxsning
(yuridik shaxsning ham) sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si
alohida o‘rinni egallaydi. Ayni vaqtda nomoddiy ne’matlar shaxsiy
huquqlar nomi bilan yuritiluvchi o‘ziga xos huquqlar majmuini ham o‘z
ichiga oladi (masalan, nomga, yashash joyini tanlashga, yozishmalar
daxlsizligi, ya’ni sir saqlanishiga bo‘lgan huquq kabilar).
FKning 99-moddasida nomoddiy ne’matlar huquq sohibiga yo
tug‘ilgandan boshlab tegishli bo‘ladi (yashash huquqi, sog‘-salomat
bo‘lishiga bo‘lgan huquq, shaxs sha’ni, shaxsiy daxlsizligi, shaxsiy hayot
daxlsizligi, xususiy va oilaviy sirga bo‘lgan huquqlar kabi) yoxud qonunga
muvofiq huquq subyektiga tegishli bo‘ladi (masalan, nomga bo‘lgan
huquq, erkin ko‘chib yurish huquqi, yashash joyini tanlash huquqi kabi)
deb ko‘rsatilgan.
Nomoddiy ne’matlar shaxsning o‘zidan begonalashtirilmaydi, biroq
ularni amalga oshirish va himoya qilish uchinchi shaxslarga topshirilishi
mumkin (masalan, yangi tug‘ilgan chaqaloqqa ism qo‘yish ota-onasi
tomonidan amalga oshiriladi).
Nomoddiy ne’matning ashyoviy mazmunga ega emasligi, uning
sohibi bo‘lgan subyektning shaxsi bilan uzviy bog‘liq ekanligi zarur
elementlar hisoblanadi, ba’zan ularning birortasi bo‘lmasligi ham mumkin.
Nomoddiy ne’mat o‘z sohibining shaxsini individuallashtiradi, ijtimoiy
mavqeini xarakterlaydi. Nomoddiy ne’matlarning amal qilish muddati
cheklanmagan.
110
Ayni vaqtda bu belgilar shartli xarakterga ega, masalan, intellektual
mulk nomoddiy ne’mat sifatida qaralsa ham, fuqarolik muomalasida
o‘ziga xos tovar sifatida harakatda bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: