Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   205
Vasiylik va homiylik 
 
O‘zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik  kodeksining  32-moddasi          
1-qismiga  binoan,  vasiylik  va  homiylik  muomalaga  layoqatsiz  yoki 
muomalaga  to‘liq  layoqatli  bo‘lmagan  fuqarolarning  huquq  va 
manfaatlarini  himoya  qilish  uchun  belgilanadi.  Voyaga  yetmaganlarga 
vasiylik  va  homiylik  ularni  tarbiyalash  maqsadida  ham  belgilanadi. 
Vasiylar  va  homiylarning  bunga  tegishli  huquq  va  burchlari  qonun 
hujjatlari bilan belgilanadi. 
Vasiylik  va  homiylik  o‘z  huquq  va  manfaatlarini  o‘zlari  mustaqil 
himoya  qilishga  qiynaladigan  yoki  eplay  olmaydigan  fuqarolarni  himoya 
qilish usulidir. Voyaga yetmaganlar uchun esa vasiylik va homiylik ularni 
oilada  tarbiyalanishi  uchun  imkoniyatdir.  Umuman  olganda  esa,  vasiylik 
va  homiylik  tarkibiga  fuqarolik,  oila,  ma’muriy  huquq  qoidalarini  olgan 
kompleks huquqiy institut hisoblanadi. 
Vasiylik va homiylikni quyidagi ikki ma’noda tushunish mumkin: 
1)  keng  ma’noda  (fuqarolik-huquqiy)  –  bu  muomala  layoqatining 
etishmagan  qismini  to‘ldirish  va  voyaga  yetmagan  hamda  muomalaga 
layoqatsiz shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish usuli; 
2)  tor  ma’noda  (davlat  organining  xizmat  vazifalari)  –  ota-ona 
qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya 
qilish, shuningdek, ularni tarbiyalashdir. 
Vasiylik va homiylik sohasidagi munosabatlarni quyidagi guruhlarga 
ajratiladi: 
1.  Vasiyning  vasiylikdagi  shaxs  bilan  munosabatlari  mulkiy  va 
shaxsiy aloqalar bilan bog‘liq. Vasiyga vasiylikdagi shaxsga nisbatan ota-
onaning  o‘z  bolasiga  nisbatan  hokimiyat  huquqi  tegishli  bo‘ladi  va 
vasiyning  vasiylikdagi  bolaning  shaxsiga  nisbatan  bevosita  majburiyati  – 
unga tarbiya berish hisoblanadi. 
2.  Vasiylikdagi  shaxsning  mol-mulkiga  nisbatan  munosabat 
vasiylikdagi  shaxsning  vakili  sifatida  harakatlarni  amalga  oshirish 
huquqlarini  ifoda  etadi.  Bunda  birinchi  navbatda,  vasiylikdagi  shaxsning 
mol-mulkini  uning  ehtiyojlari  uchun  sarflash,  shuningdek,  uning  mol-
mulkini saqlashga e’tibor qaratiladi. 
3.  Vasiyning  uchinchi  shaxsga  nisbatan  munosabati  bir  tomondan 
vasiylikdagi shaxsga nisbatan hukmronlik huquqiga ega subyekt sifatidagi, 


71 
 
ikkinchi  tomondan  vasiyning  vasiylikdagi  shaxs  qonuniy  vakili  sifatidagi 
maqomidan kelib chiqadi. 
4.  Vasiylik  bir  emas,  bir  nechta  vasiy  tomonidan  ifodalanganda  va 
ba’zan  vasiy  bilan  birga,  homiy  ham  tayinlanganda,  vasiylar  o‘rtasida, 
shuningdek, vasiy va homiy o‘rtasida munosabat yuzaga keladi. 
5.  Vasiyning  vasiylik  idorasi  bilan  munosabati.  Bu  holda  vasiy 
vasiylik  idorasining  nazoratida  bo‘ladi  va  undan  tposhiriq,  farmoyishlar 
oladi. 
 “Vasiylik  va  homiylik  to‘g‘risida”  gi  Qonunnning  3-moddasiga 
ko‘ra,  vasiylik –  o‘n  to‘rt  yoshga  to‘lmagan  etim  bolalarni  va  ota-
onasining  qaramog‘idan  mahrum  bo‘lgan  bolalarni,  shuningdek,  sud 
tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga ta’minot, 
tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va 
qonuniy  manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy 
shakli; 
homiylik –  o‘n  to‘rt  yoshdan  o‘n  sakkiz  yoshgacha  bo‘lgan  etim 
bolalarni  va  ota-onasining  qaramog‘idan  mahrum  bo‘lgan  bolalarni, 
shuningdek,  sud  tomonidan  muomala  layoqati  cheklangan  fuqarolarni 
ularga  ta’minot,  tarbiya  va  ta’lim  berish,  ularning  mulkiy  va  shaxsiy 
nomulkiy  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlarini  himoya  qilish  maqsadida 
joylashtirishning huquqiy shaklidir. 
Vasiylik  yoki  homiylik  belgilanishiga  muhtoj  bo‘lgan  shaxslar  – 
alohida g‘amxo‘rlikka, shuningdek, o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy 
manfaatlari  himoya  qilinishiga  muhtoj  bo‘lgan  etim  bolalar  va  ota-
onasining  qaramog‘idan  mahrum  bo‘lgan  bolalar,  ota-onalik  huquqidan 
mahrum  etilmagan  ota-onasi  bo‘lgan  hamda  bolalarning  hayoti  yoki 
sog‘lig‘iga bevosita tahdid tug‘dirayotgan yoki ularning ta’minoti, tarbiya 
va  ta’lim  olishiga  doir  talablarga  javob  bermaydigan  sharoitda 
yashayotgan  bolalar,  sog‘lig‘ining  holatiga  ko‘ra  homiylikka  muhtoj 
bo‘lgan  voyaga  etgan  muomalaga  layoqatli  fuqarolar,  muomalaga 
layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqarolar hisoblanadi. 
Vasiylik va homiylik bo‘yicha faoliyat: 
tuman,  shahar  xalq  ta’limi  muassasalari  faoliyatini  metodik 
ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari tomonidan – voyaga yetmaganlarga 
nisbatan; 
tuman,  shahar  tibbiyot  birlashmalari  tomonidan  –  sud  tomonidan 
muomalaga  layoqatsiz  yoki  muomala  layoqati  cheklangan  deb  topilgan 
fuqarolarga nisbatan; 
tuman,  shahar  bandlikka  ko‘maklashish  va  aholini  ijtimoiy 
muhofaza  qilish  markazlari  tomonidan  –  sog‘lig‘ining  holatiga  ko‘ra 


72 
 
homiylikka muhtoj bo‘lgan voyaga etgan muomalaga layoqatli fuqarolarga 
nisbatan amalga oshiriladi. 
Vasiylik  va  homiylik  tuman,  shahar  hokimining  qarori  bilan 
belgilanadi. 
Vasiylik  yoki  homiylik  vasiylik  yoki  homiylik  belgilanishiga 
muhtoj  bo‘lgan  shaxsning  yashash  joyi  bo‘yicha,  agar  shaxs  muayyan 
yashash  joyiga  ega  bo‘lmasa,  vasiyning  yoki  homiyning  yashash  joyi 
bo‘yicha belgilanadi. 
Qonunchilikka  ko‘ra  muayyan  toifdagi  shaxslar  vasiy  yoki  homiy 
etib tayinlanishi mumkin emas va ular quyidagilardir: 
-  ota-onalik  huquqidan  mahrum  etilgan  yoki  ota-onalik  huquqlari 
cheklangan shaxslar; 
-  sud  tomonidan  muomalaga  layoqatsiz  yoki  muomala  layoqati 
cheklangan deb topilgan shaxslar; 
- sobiq farzandlikka oluvchilar, agar farzandlikka olish ularning o‘z 
zimmasiga  yuklatilgan  majburiyatlarini  bajarishdan  bo‘yin  tovlaganligi 
yoki  lozim  darajada  bajarmaganligi,  ota-onalik  huquqlarini  suiiste’mol 
qilganligi,  farzandlikka  olinganlar  bilan  shafqatsiz 
munosabatda 
bo‘lganligi, surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lganligi 
oqibatida bekor qilingan bo‘lsa; 
-  o‘z  zimmasiga  yuklatilgan  majburiyatlarni  bajarmaganligi  yoki 
lozim darajada bajarmaganligi yoxud o‘z huquqlarini suiiste’mol qilganligi 
uchun  vasiy  yoki  homiy  majburiyatlarini  bajarishdan  chetlashtirilgan 
shaxslar; 
-  qasddan  sodir  etgan  jinoyati  uchun  ilgari  hukm  qilingan  shaxslar 
(“Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasi). 
Qonunchilikka  binoan  vasiylar  o‘z  vasiyligidagi  shaxslarning 
qonuniy  vakili  bo‘lib,  ularning  nomidan  yoki  ularning  manfaatlarini 
ko‘zlab barcha zarur bitimlarni tuzadi. 
Homiylar  o‘z  homiyligidagi  shaxslarning  qonuniy  vakili  bo‘lib, 
homiyligidagi  shaxslarga  o‘z  huquqlarini  amalga  oshirishida  va 
majburiyatlarini  bajarishida  ko‘maklashadi,  shuningdek,  ularni  uchinchi 
shaxslar tomonidan bo‘ladigan suiiste’molliklardan muhofaza qiladi. 
Vasiy va homiylarning, vasiylik va homiylikdagi shaxslar huquq va 
majburiyatlari,  vasiylik  va  homiylikning  tugatish  asoslari  “Vasiylik  va 
homiylik to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan. 
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish