Shartli bitim – taraflar oʻrtasida tuziladigan bitimning amalga
oshirilishi yoki bekor boʻlishi, biror-bir shartga bogʻlab qoʻyilishidir.
Shartnoma – ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va
burchlarini vujudga keltirish, oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi
kelishuvi.
Shoʻba xoʻjalik jamiyati – bir (asosiy) xoʻjalik jamiyati yoki
shirkati ikkinchi xoʻjalik jamiyatining ustav fondida undan ustunlik
mavqeiga ega boʻlgan holda ishtirok etishi tufayli yoxud ular oʻrtasida
tuzilgan shartnomaga muvofiq yo boʻlmasa boshqacha tarzda ikkinchi
xoʻjalik jamiyati tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni belgilab berish
imkoniga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyati.
12
Do'stlaringiz bilan baham: |