Ommaviy mulk huquqi – Respublika mulki va ma’muriy-hududiy
tuzilmalar mulkidan (munitsipal mulk) iborat boʻlgan davlat mulk shakli.
Ommaviy shartnoma – tashkilot tomonidan tuzilgan hamda uning
bunday tashkilot oʻz faoliyati xususiyatiga koʻra oʻziga murojaat qiladigan
har bir shaxsga nisbatan amalga oshirishi shart boʻlgan tovarlar sotish,
ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish sohasidagi vazifalarini (chakana
savdo, umumiy foydalanishdagi transportda yoʻlovchi tashish, aloqa
xizmati, energiya bilan ta’minlash, tibbiy xizmat, mehmonxona xizmati va
sh.k.) belgilab qoʻyadigan shartnoma.
Do'stlaringiz bilan baham: |