Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Qarzdorning javobgarlikdan ozod qilinishi asoslari



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   205
 
Qarzdorning javobgarlikdan ozod qilinishi asoslari 
 
Qarzdorning  majburiyatni  bajarmaganligi  yoki  lozim  darajada 
bajarmaganligi  uning  aybisiz  sodir  boʻlganligi  yoki  bunday  holat 
kreditorning  aybi  bilan  bogʻliq  boʻlsa,  umumiy  qoida  boʻyicha  qarzdor 
javobgarlikdan ozod boʻladi. 
Qarzdor  tomonidan  majburiyatning  aniq  bajarilishiga  toʻsqinlik 
qilgan  yuqorida  koʻrsatilgan  yuridik  faktlardan  birining  boʻlishi  – 
majburiyat bajarilishi mumkin boʻlmasligi tushunchasini bildiradi. 
Oddiy  tasodifiy  holat  –  yuridik  ma’noda  majburiyatning  qarzdor 
tomonidan uning va kreditorning aybi boʻlmay turib bajarilmaganligi yoki 
lozim  darajada  bajarilmaganligini  sodir  qilgan  holat  hisoblanadi.  Bunday 
holatlar uchinchi shaxslarning, chunonchi, boshqa shaxslarning harakatlari 
bilan  ham  bogʻliq  boʻlishi  mumkin.  Masalan,  begona  bir  shaxsning 
harakatlari  natijasida  qarzdor  yoʻqligida  u  tomondan  oldi-sotdi 
shartnomasi  boʻyicha  kreditorga  topshirilishi  lozim  boʻlgan  uyga  oʻt 
tushib, yonib ketishini koʻrsatish mumkin. Bozor munosabatlari sharoitida 
tadbirkorlikning  ahamiyatini  hisobga  olgan  holda  tadbirkorlar  uchun 
muhim  kafolatni  koʻzda  tutadi.  FKning  333-moddasi  3-qismiga  asosan 
basharti,  qonunda  yoki  shartnomada  nazarda  tutilgan  boʻlmasa, 
tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshirishda  majburiyatni  bajarmagan  yoki 
lozim  darajada  bajarmagan  shaxs  majburiyatni  lozim  darajada  bajarishga 
yengib  boʻlmaydigan  kuch,  ya’ni,  favqulodda  va  muayyan  sharoitlarda 
oldini  olib  boʻlmaydigan  vaziyatlar  (fors-major)  tufayli  imkon 
boʻlmaganligini isbotlay olmasa, javobgar boʻladi. 
FKning  qoidasida  majburiyatlarning  qarzdor,  shuningdek  kreditor 
xatti-harakatlari  tufayli  bajarilmasligi  yoki  lozim  darajada  bajarilmasligi 
toʻgʻrisida  soʻz  boradi.  Bunday  hollarda  qarzdorning  javobgarligi  hajmi 
ham kamaytirilishi mumkin.  


269 
 
Mazkur  holda  sud  har  ikki  tarafning  aybi  darajasini  belgilashi  va 
qarzdorning  javobgarligi  miqdorini  tegishlicha  kamaytirishi,  kreditor 
koʻrgan  zararlarni  qisman  toʻlashga  majbur  qilishi,  kreditorga  toʻlanishi 
lozim boʻlgan neustoyka summasini kamaytirishi lozim. 
Modomiki,  majburiyatlarni  bajarishda  har  ikki  taraf  oʻzi  uchun 
foydali,  tejamli  samaraga  erishishni  koʻzlab  harakat  qilar  ekan,  kreditor 
oʻz aybi bilan zarar kamayishi uchun choralar koʻrmasa, oʻz majburiyatini 
bajarmagan  hisoblanadi.  Majburiyatni  bajarmaslikdagi  aybi  keyinchalik 
majburiyatni lozim darajada bajara olmagan qarzdorning javobgar boʻlish 
darajasini belgilashda e’tiborga olinadi. 
Majburiyatni bajarmaslikda har ikki taraf teng darajada aybli boʻlsa, 
koʻrilgan zarar taraflar oʻrtasida bab-baravar taqsimlanishi zararning faqat 
yarminigina  toʻlashga  majbur  qilinadi.  Zararning  ikkinchi  yarmi  esa 
kreditorga  toʻlanmay  qoladi.  Ammo  bunday  javobgarlik  barcha  hollarda 
ham bir xil boʻlmaydi. Chunonchi, sud qarorlarida har ikki tarafning aybini 
taqqoslab  koʻrib,  toʻlanadigan  zarar  summasi  birmuncha  kamaytirilishi 
hollari koʻriladi. 
Ba’zi hollarda qarzdor majburiyatni bajarish uchun barcha choralarni 
koʻrsa  ham  kreditor  oʻzining  harakatsizligi  va  beparvoligi  bilan 
majburiyatning  bajarilishiga  toʻsqinlik  qiladi.  Bunday  holda  sud 
qarzdorning  majburiyatni  bajarmaslik  yoki  lozim  darajada  bajarmaslik 
javobgarligidan ozod qiladi. 
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish