Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslari



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   205
Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslari 
 
Qarzdor  tomonidan  majburiyatning  bajarilmasligi  yoki  lozim 
darajada  bajarilmasligi  huquqqa  xilof  harakat  yoki  harakatsizlik 
hisoblanadi.  Buning  uchun  umumiy  qoida  sifatida  faqat  muayyan  asoslar 
mavjud  boʻlgandagina  qarzdorning,  ya’ni  majburiyatni  buzgan  shaxsning 
mulkiy javobgarlikka tortilishi belgilanadi. 
Yuridik javobgarlik shartlariga koʻra odatda, majburiyatni buzganlik 
uchun  qarzdorning  yoki  zarar  yetkazuvchining  javobgarlikka  tortilishi 
uchun quyidagi toʻrtta asos boʻlishi koʻrsatilgan:  
birinchidan, huquqqa xilof harakat yoki harakatsizlik
ikkinchidan, zarar yetkazilishi; 
uchinchidan,  huquqqa  xilof  harakat  yoki  harakatsizlik  bilan  sodir 
boʻlgan zarar oʻrtasida sababiy bogʻlanish boʻlishi; 


264 
 
toʻrtinchidan,  qarzdorning  yoki  zarar  yetkazuvchining  aybi  mavjud 
boʻlishi. 
Shuni  koʻrsatib  oʻtish  kerakki,  shartnomadan  yoxud  boshqa  bir 
tomonlama bitimdan kelib chiqadigan majburiyatlarda uning bajarilmasligi 
oqibatida boshqa shaxsga gʻayriqonuniy ravishda zarar yetkazish – barcha 
hollarda  huquqqa  xilof  hisoblanadi.  Mazkur  hollarda  qarzdor  xatti-
harakatining huquqqa xilof boʻlishini belgilashda qanday shartlar  mavjud 
boʻlganida  majburiyatni  ijro  etmaslik  uchun  fuqarolik-huquqiy 
javobgarlikning belgilanishini aniqlash zarur boʻladi. 
Zarar  hamma  vaqt  ham  qarzdorning  majburiyatni  bajarmaganligi 
yoki  lozim  darajada  bajarmaganligidan  kelib  chiqavermaydi.  Ba’zi 
hollarda  majburiyatning bajarilmasligi  natijasida  yuqorida  aytganimizdek, 
mulkiy  zarar  boʻlmasligi  ham  mumkin.  Ammo  aksariyat  hollarda  zarar 
javobgarlikni belgilash uchun zarur asos boʻladi. 
Agar  kreditorning  talablari  zararni  undirishga  qaratilgan  boʻlsa,  u 
holda,  albatta,  quyidagi  asoslar:  zararning  boʻlishi,  qarzdorning  huquqqa 
xilof  harakati  yoki  harakatsizligi  bilan  kreditorning  koʻrgan  zarari 
oʻrtasida  sababiy  bogʻlanishlar  boʻlishi  va  nihoyat,  qarzdorning  aybi 
boʻlishi  talab  etiladi.  Agar  kreditorning  talabi  faqat  neustoyka,  penya, 
jarimani undirishga qaratilgan boʻlsa, qarzdor  faqat aybi boʻlgandagina 
mulkiy javobgarlikka tortiladi. 
Qarzdorga mulkiy javobgarlikni belgilashdan oldin, ya’ni kreditorga 
yetkazilgan zararning undan undirilishidan oldin sud har bir aniq holatda, 
mazkur  zararlar  qarzdorning  oʻz  majburiyatlarini  buzishidan  vujudga 
kelgan-kelmaganligini aniqlashi, ya’ni qarzdorning huquqqa xilof harakati 
yoki  harakatsizligi  bilan  kreditorning  koʻrgan  zarari  oʻrtasida  sababiy 
bogʻlanishni aniqlashi lozim. 
Masalan, agar temir yoʻl transporti korxonasi yuk 
oluvchiga  zararlangan  yukni  yetkazib  bersa,  sud  kreditorga  bunday  zararni  kim 
yetkazganligini,  mahsulot  yuboruvchi  tashkilotmi  yoki  temir  yoʻl  korxonasi 
tomonidan 
yetkazilganligini, 
bunday 
zararning 
sifatsiz 
tovar 
yuboruvchi 
tashkilotning aybi, huquqqa xilof harakati bilan boʻlish-boʻlmaganligini yoki tashish 
uchun  qabul  qilingan  yukning  yoʻlda  saqlanishini  ta’minlamagan  temir  yoʻl 
korxonasining  huquqqa  xilof  harakatlaridan  boʻlgan-boʻlmaganligini  aniqlashi 
lozim.
 
FKning  324-moddasida  koʻrsatilganidek,  qarzdor  majburiyatni 
bajarmaganligi  yoki  lozim  darajada  bajarmaganligi  tufayli  kreditorga 
yetkazilgan  zararni  toʻlashi  shart.  Bunda  shartnoma  bilan  belgilanadigan 
majburiyat munosabatlarida ham sababiy bogʻlanish muammosini qoʻyish 
va hal qilish zarurligi kelib chiqadi. 


265 
 
Muayyan  bir  natija  qator  sabablarning  oqibati  boʻlishi  mumkinligi 
tufayli,  kreditorning  zarar  koʻrishiga  aloqasi  boʻlgan  qarzdorning  har 
qanday harakati ham huquqiy ahamiyatga ega.  
Qachonki  natija,  ya’ni  kreditorga  zarar  yetkazilishi  qarzdorning 
huquqqa  xilof harakati  yoki  harakatsizligidan  bevosita  vujudga  kelganligi 
ma’lum boʻlsa, ya’ni toʻgʻridan-toʻgʻri sababiy bogʻlanish mavjud boʻlsa, 
u holda masalaning hal etilishi uncha qiyinchilik tugʻdirmaydi. 
Qarzdorning  huquqqa  xilof  harakati  yoki  harakatsizligi  bilan  sodir 
boʻlgan  natija  oʻrtasidagi  sababiy  bogʻlanish  qarzdorning  majburiyatni 
butunlay  bajarilmaganligi  yoki  lozim  darajada  bajarilmaganligi  uchun 
javobgarlikka  tortilishiga  obyektiv  asos  boʻladi.  Shu  bilan  birga,  qonun 
javobgarlikning  subyektiv  asosini  ham,  ya’ni  qarzdorning  aybini  ham 
nazarda tutadi. 
Majburiyat  bajarilmaganligi  uchun  qarzdorning  javobgarligini 
belgilaydigan  shart  sifatida  koʻriladigan  ayb  qonunda  nazarda  tutilgan. 
Jumladan,  FKning  333-moddasida  koʻrsatilganidek,  qarzdor  aybi  boʻlgan 
taqdirda 
majburiyatni 
bajarmaganligi 
yoki 
uni 
lozim 
darajada 
bajarmaganligi  uchun,  agar  qonun  hujjatlarida  yoki  shartnomada 
boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, javob beradi.  
Qarzdor  majburiyatni  lozim  darajada  bajarish  uchun  oʻziga  bogʻliq 
boʻlgan  hamma  choralarni  koʻrganligini  isbotlasa,  u  aybsiz  hisoblanadi. 
Aybning  yoʻqligi  majburiyatni  buzgan  shaxs  tomonidan  isbotlanadi. 
Yuqorida yozilgan nazariy asosni quyidagicha izohlash oʻrinlidir 
Masalan, 
mebel fabrikasiga qarashli  yuk  kirakash avtopark  mashinasida  tashilishida  yongʻin 
boʻlib,  fabrikaga  mulkiy  zarar  yetkaziladi.  Da’vo  ishining  sudda  koʻrilishida 
avtopark  yongʻin boʻlishida aybi  yoʻqligini  isbotlay olmadi.  Binobarin,  fabrikaning 
mashinadagi yongʻin natijasida koʻrgan zararini toʻlashga avtopark majbur qilinadi. 
Fuqarolik  huquqi  fanida,  ayb  qasd  yoki  ehtiyotsizlik  (beparvolik) 
shaklida ifodalanadi. 
Qasd  shaklida  ayb  boʻlishida  shaxs  majburiyatni  ongli  ravishda, 
atayin bajarmaydi yoki lozim darajada bajarmaydi. 
Fuqarolik  muomalasida  majburiyatni  bajarishga  nisbatan  bunday 
munosabatda  boʻlish  faqat  ayrim  hollardagina  uchraydi.  Umumiy  qoida 
sifatida  tashkilotlar  va  fuqarolar  oʻz  zimmalariga  olgan  majburiyatlarni 
bajarishga vijdonan munosabatda boʻladilar. 
Majburiyatlarning  ayrim  turlari  boʻyicha  qasd  shaklida  ayb 
qonunlarda bevosita nazarda tutiladi. 
Tashkilotlar  tomonidan  majburiyatlarning  qasddan  bajarilmasligi 
ularning  fuqarolik-huquqiy  (mulkiy)  javobgarlikka  tortilishiga,  ba’zi 


266 
 
hollarda  mansabdor  shaxslarning  jinoiy  javobgarlikka  ham  tortilishiga 
sabab boʻlishi mumkin. 
Aybning navbatdagi shakli esa – beparvolikdir. Beparvolikda qarzdor 
majburiyatni bajarishga intilmaydi, harakat qilmaydi, buning uchun barcha 
kuch  va  qobiliyatini  yetarli  darajada  safarbar  qilmaydi,  ishni  bajarishda 
diqqatsizlikka, e’tiborsizlikka yoʻl qoʻyadi. Beparvolik shaklidagi ayb ham 
FKning tegishli moddalarida belgilab qoʻyilgan. 
Fuqarolik  kodeksida  qoʻpol  ehtiyotsizlik  oddiy  ehtiyotsizlik,  oddiy 
beparvolikdan  farqlanadi.  Qonun  ba’zi  hollarda  qarzdorga  javobgarlik 
belgilash  uchun  oddiy  ehtiyotsizlik  (beparvolik)  emas,  balki  qoʻpol 
ehtiyotsizlik boʻlishini shart qilib qoʻyadi. 
Agar majburiyat har ikki tarafning aybi bilan bajarilmagan boʻlsa, u 
holda sud qarzdorning javobgarligini tegishlicha kamaytiradi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish