104
Pullar va qimmatli qog‘ozlar – fuqarolik huquqining obyekti
sifatida. Pul ham fuqarolik huquqining obyekti sanaladi. Pul o‘zining uzoq
davom etgan tadrijiy rivojlanishida mol-hol, zaytun yog‘i, oltin va kumush
yombisi ko‘rinishidagi ayirboshlash vositalaridan hozirgi elektron
pullarga, kredit kartochkalariga qadar bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Pul bozor
iqtisodiyotini
rivojlantirishning
eng
muhim
elementlaridan
biri
hisoblanadi.
Manbalarda keltirilganidek, fuqarolik huquqi nuqtai nazaridan
pulning xususiyatlari va vazifalari quyidagilarda ko‘rinadi:
- pul qonun hujjatlariga muvofiq iste’mol qilinadigan, turga xos
alomatlari bilan belgilanadigan ashyolarning o‘ziga xos xususiyatlariga
ega bo‘lgan turi
hisoblanadi;
- pul ko‘pchilik fuqarolik-huquqiy munosabatlarda (qarz, kredit,
hadya shartnomalarida) mustaqil
obyekt sifatida ishtirok etadi;
- pul fuqarolik-huquqiy munosabatlarda (oldi-sotdi, mahsulot
yetkazib berish, kontraktatsiya shartnomalarida) teng qiymatga ega
bo‘lgan obyekt hisoblanadi;
- umumiy ekvivalent, ya’ni teng qiymatga ega bo‘lgan obyekt
sifatida har qanday ashyo bilan almashtirish, yetkazilgan moddiy va
ma’naviy zararni qoplash uchun ham qo‘llaniladi;
- pul har qanday qonuniy qarzni, uning har qanday holatlar asoslarida
(masalan, majburiyat bajarilmagani yoki lozim darajada bajarilmagani
tufayli) vujudga kelishidan qat’i nazar, uni tuzish, to‘lash, qoplash vositasi
sifatida muhim rol o‘ynaydi
1
(juz’iy tahrir bizniki –
M.B.).
Mustaqil davlatning asosiy atributlaridan biri – bu uning milliy
valyutasidir. Mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan tizimli
islohotlar natijasida O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi –
so‘mni muomalaga kiritish bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-iyundagi
“O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish
to‘g‘risida”gi 870-son farmoni bilan 1994-yilning 1-iyulidan boshlab
O‘zbekiston Respublikasining hududida 1000 so‘m pul kuponga bir
“so‘m” nisbati bilan O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi –
“so‘m” muomalaga kiritildi. So‘m unga yozilgan qiymat bo‘yicha qabul
qilinishi shart. Farmonga ko‘ra 1994-yilning 1-iyulidan boshlab
O‘zbekiston Respublikasi hududida “So‘m” mulkchilik shaklidan qat’i
nazar qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi.
1
Раҳмонқулов Ҳ. Фуқаролик ҳуқуқининг объектлари. Ўқув қўлланма. –Т.: ТДЮИ, 2009. –Б.37-38.
105
Pullar jismiy alomatlari bilan belgilangan ashyolar qatorida bo‘lib,
pul belgilarining soni bo‘yicha hisoblanmay, balki bu belgilarda
ko‘rsatilgan summalarga qarab hisoblanadi.
Milliy so‘mdan tashqari chet el valyutasi ham muomalada bo‘ladi.
Pul va chet el valyutasi bir xil tushunchaga ega. Faqat chet el valyutasi
xorijiy mamlakatlarga tegishli bo‘lib, mamlakatimizda ular bilan hisob-
kitob qilishda farq mavjud. Chet el valyutasi bilan bog‘liq munosabatlar
“Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi
1
.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasida
valyutani tartibga soluvchi davlat organidir. Chet el valyutasida
operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan banklar
vakolatli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: