7
mulohazalar, fikrlar, konsepsiyalar va nazariyalar tizimini oʻzida ifoda
etgan yurisprudensiyaning asosiy tarmogʻi.
Fuqarolik huquqi funksiyalari – mulkiy va shaxsiy nomulkiy
munosabatlarga yuridik ta’sir etishning asosiy yoʻnalishlari boʻlib,
ularning mazmuni huquqning mohiyati va jamiyat hayotidagi ijtimoiy
vazifasi bilan belgilanadi.
Fuqarolik huquqi metodi – bu mulkiy va shaxsiy nomulkiy
munosabatlar bilan bogʻliq ijtimoiy sohada yuridik usullar yigʻindisi,
yuridik ta’sir vositalarini qoʻllashni ifoda etuvchi tartib va qoidalar
yigʻindisidir.
Fuqarolik huquqida muddat – aniq belgilangan, oʻtishining
boshlanishi va tamom boʻlishi muayyan huquqiy oqibatlarni vujudga
keltiradigan, fuqarolik huquqlarini amalga oshirish va muhofaza qilishga
qaratilgan paytlar va vaqt davrlari.
Do'stlaringiz bilan baham: