tayyorlash kompleks dasturi” doirasida tayyorlangan.
© Mualliflar jamoasi.
© Toshkent davlat yuridik universiteti, 2017.
3
MUNDARIJA
KIRISH ............................................................................................................4
GLOSSARIY ...................................................................................................6
1-MAVZU. FUQAROLIK HUQUQI TUSHUNCHASI, TAMOYILLARI
VA TIZIMI ......................................................................................................14
2-MAVZU. FUQAROLIK HUQUQINING MANBALARI .........................33
3-MAVZU. FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABAT ...............................45
4-MAVZU. FUQAROLAR – FUQAROLIK HUQUQINING SUBYEKTI
SIFATIDA .......................................................................................................60
5-MAVZU. YURIDIK SHAXSLAR ..............................................................76
6-MAVZU. DAVLAT – FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLAR
ISHTIROKCHISI SIFATIDA ........................................................................87
7-MAVZU. FUQAROLIK HUQUQINING OBYEKTLARI ........................98
8-MAVZU. BITIMLAR .................................................................................113
9-MAVZU. VAKILLIK VA ISHONCHNOMA ............................................125
10-MAVZU. FUQAROLIK HUQUQIDA MUDDATLAR. DA’VO
MUDDATI ......................................................................................................138
11-MAVZU. MULK HUQUQI ......................................................................154
12-MAVZU. XUSUSIY MULK HUQUQI ....................................................168
13-MAVZU. OMMAVIY (DAVLAT) MULK HUQUQI .............................177
14-MAVZU. UMUMIY MULK HUQUQI ....................................................185
15-MAVZU.
MULK
HUQUQI
VA
BOSHQA
ASHYOVIY
HUQUQLARNI HIMOYA QILISH ..............................................................198
16-MAVZU. MAJBURIYAT HUQUQI TUSHUNCHASI, TIZIMI,
VUJUDGA KELISH ASOSLARI ..................................................................209
17-MAVZU. MAJBURIYATLARNI BAJARISH ........................................224
18-MAVZU.
MAJBURIYATLARNING
BAJARISHINI
TA’MINLASH…………………………. .......................................................234
19-MAVZU. FUQAROLIK-HUQUQIY JAVOBGARLIK ..........................248
20-MAVZU.
MAJBURIYATLARNI
BUZGANLIK
UCHUN
JAVOBGARLIK .............................................................................................261
21-MAVZU. MAJBURIYATLARNING BEKOR BOʻLISHI ......................273
22-MAVZU.
SHARTNOMA
TOʻGʻRISIDA
UMUMIY
TUSHUNCHALAR ........................................................................................285
4
KIRISH
Mamlakatimizda
amalga
oshirilayotgan
islohotlar
fuqarolik
muomalasi ishtirokchilari bilan bogʻliq munosabatlarni huquqiy tartibga
solish bilan bevosita bogʻliqdir. Bozor munosabatlariga oʻtish,
iqtisodiyotda xususiy mulkning mavqeini oshirish, xususiy mulkdorlar
sinfini shakllantirish, tadbirkorlik faoliyatiga keng yoʻl ochib berish, bozor
infratuzilmasi institutlarini tashkil etish, raqobat muhitini shakllantirish,
tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquq va manfaatlarini himoya qilish
ayni kunda dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Darhaqiqat, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida tub islohotlar
amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyot liberallashib, islohotlar chuqurlashmoqda
va kishilarning tafakkuri, huquqiy ong va huquqiy madaniyati
yuksalmoqda, oʻz mulkiy va shaxsiy huquqlarini himoya qilish borasida
amaliy koʻnikmalarga ega boʻlmoqda.
Buning natijasida mamlakatimiz, shahar va qishloqlarimiz qiyofasi
tanib boʻlmas darajada oʻzgarib bormoqda, ishlab chiqarish va sanoat jadal
sur’atlar bilan rivojlanmoqda, uning tarkibi tubdan yangilanmoqda, yuqori
texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalar ishga tushirilib, ishlab
chiqarish
modernizatsiya
va
diversifikatsiya
qilinmoqda,
iqtisodiyotimizning raqobatdoshligi oshmoqda
1
.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar
fuqarolik huquqi fani oldiga gʻoyatda muhim vazifalarni qoʻymoqda.
Ma’lumki, fuqarolik huquqi yurisprudensiyaning asosiy sohalaridan biri
hisoblanadi. Huquqiy munosabatlar tarkibida esa fuqarolik-huquqiy
munosabatlar asosiy mavqeni egallaydi. U mulkiy va shaxsiy huquqlar
bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Huquqiy munosabat ishtirokchilarining yuridik jihatdan tengligiga
asoslangan mulkiy, shaxsiy va tashkiliy munosabatlarni huquqiy tartibga
solishda, shaxslar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni shartnomaviy usulda
tartibga solishda, ijodiy faoliyatni huquqiy muhofaza qilishda fuqarolik
huquqi muhim oʻrin tutadi. Zero, u kundalik amalga oshiradigan
faoliyatimiz, oʻzaro muloqotlar, tashkiliy-xoʻjalik aloqalari, moddiy va
ma’naviy ehtiyojlarimizni qondirish kabi koʻplab hayotiy munosabatlarni
tartibga soladigan, oʻrganadigan huquq sohasi sanaladi. Zero, fuqarolik
huquqi alohida huquq sohasi, ilm-fan sohasi va oʻquv predmeti
1
Каримов И.А. Асосий вазифамиз – жамиятимизни ислоҳ этиш ва демократлаштириш, мамлакатимизни
модернизация қилиш жараёнларини янги босқичга кўтаришдан иборат. Ўзбекистон Республикаси Биринчи
Президенти Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 23 йиллигига
бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси. //Халқ сўзи, 2015 йил 6 декабрь.
5
hisoblanadi. Huquq sohasi ijtimoiy hayotdagi munosabatlarni tartibga
solsa va mustahkamlasa, ilm-fan esa uni oʻrganadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-
huquqiy islohotlar va tub oʻzgarishlar, shuningdek, Oʻzbekiston
Respublikasi bilan xorijiy davlatlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi
rezidentlari va xorijiy rezidentlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni
dinamik harakteri huquqshunos kadrlarga nisbatan yangidan-yangi qat’i
talablar qoʻymoqda. Bu esa yuridik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan
isloh qilishni taqozo etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyunda qabul
qilingan “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi 1990-son qarori gʻoyatda muhim
ahamiyatga molik huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi. Ushbu Qaror oʻz
mohiyatiga koʻra bu sohada tub ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirish
uchun huquqiy negiz sifatida baholanishi mumkin. Ushbu qarorning
mazmun-mohiyati, unda huquqshunos pedagoglar oldiga qoʻyilgan
vazifalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari, tadbirlari nihoyatda
keng koʻlamli, shuningdek zalvorli hisoblanadi.
Qarorda oʻquv jarayonining sifatini tubdan yaxshilash choralariga
ham e’tibor qaratilgan boʻlib, jumladan, oʻquv jarayoniga zamonaviy
pedagogik texnologiyalar shakllarini qoʻllagan holda amaliy mashgʻulotlar
sifatini (“keys-stadi”, ilmiy prezentatsiyalar, jamoada ishlash va boshq. )
oshirish zaruriyati koʻrsatib oʻtildi.
Butun dunyo huquq tizimlarida sivilistika deb ataluvchi mazkur
huquq sohasi tartibga soluvchi munosabatlar iqtisodiyotning barcha
tarmoqlariga kirib borgan. Shu sababli, zamonaviy yurist fuqarolik huquqi
fanini puxta oʻzlashtirgan taqdirda yetuk mutaxassis sifatida shakllanishi
mumkin.
Yangi avlod huquqshunos kadrlarni tayyorlashda, mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy islohotlarni hisobga
olgan holda darslik va qoʻllanmalar tayyorlash muhim ahamiyat kasb
etadi. Darslikni yozishda sivilistika ilmi erishgan eng soʻnggi yutuqlardan
ijodiy foydalanildi hamda amaldagi qonun hujjatlari va ularga kiritilgan
oʻzgartish va qoʻshimchalar e’tiborga olindi.
Darslik fuqarolik qonun hujjatlariga 2017-yil 1-yanvargacha
kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar asosida yozilgan.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |