40
Fuqarolik qonunlarining vaqt, hudud va shaxslar bo‘yicha
amalda bo‘lishi. Qonun analogiyasi va huquq analogiyasi
Ma’lumki, fuqarolik qonun hujjatlari muayyan makon va zamonda
amal qiladi. Agar makon muayyan hududiy yaxlitlik sifatida mavjud
bo‘lsa, zamon esa fuqarolik kodeksining kuchga kiritilgandan to bekor
bo‘lgunga qadar bo‘lgan davr hisoblanadi. Fuqarolik qonun hujjatlari
orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin
vujudga kelgan munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladi. Qonun u amalga
kiritilgunga qadar vujudga kelgan munosabatlarga qonunda to‘g‘ridan-
to‘g‘ri nazarda tutilgan hollardagina tatbiq etiladi. Fuqarolik qonun hujjati
amalga kiritilgunga qadar vujudga kelgan munosabatlar bo‘yicha bu qonun
hujjati u amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan huquq va burchlarga
nisbatan qo‘llaniladi.
Agar shartnoma tuzilganidan keyin taraflar uchun majburiy bo‘lgan,
shartnoma tuzilayotgan paytdagidan boshqacha qoidalarni belgilaydigan
qonun qabul qilingan bo‘lsa, tuzilgan shartnomaning shartlari o‘z kuchini
saqlab qoladi, qonunning avval tuzilgan shartnomalardan kelib chiqqan
munosabatlarga tatbiq etilishi ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.
Fuqarolik qonun hujjatlarining amalga kiritilishi bevosita ushbu
qonun hujjatida belgilab qo‘yiladi. Fuqarolik qonun hujjatlari hujjatlar,
agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, ular
rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Fuqarolik qonun
hujjatlarni e’lon qilishga doir talablar “Normativ-huquqiy hujjatlar
to‘g‘risida”gi Qonunning 5-bobida belgilab qo‘yilgan.
Ijtimoiy hayot, fan texnika taraqqiyoti yangidan yangi voqeliklar,
huquqiy munosabatlarni vujudga keltirmoqda. Ularning ba’zilari mutlaqo
yangi mazmunga ega bo‘lganligi sababli ularni tartibga soluvchi fuqarolik
qonun hujjatlari mavjud bo‘lmasligi mumkin. Biroq bu ular mutlaqo qonun
bilan tartibga solinmaydi degan ma’noni anglatmaydi. Chunki fuqarlik
huquqida analogiya, qiyosiy o‘xshatishga yo‘l qo‘yiladi. Uning huquqiy
asoslari FKning 5-moddasida belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra fuqarolik
huquqiy munosabatlar qonun hujjatlari yoki taraflarning kelishuvi bilan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solinmagan hollarda fuqarolik qonun
hujjatlarining o‘xshash munosabatlarni tartibga soluvchi normasi
qo‘llaniladi (qonun o‘xshashligi). Masalan, intellektual mulkning yangi
obyekti yaratilgan bo‘lib, uni huquqiy rejimiga doir qoida belgilanmagan
41
bo‘lsa u holda mavjud unga o‘xshash obyektning huquqiy rejimini
belgilovchi qonun hujjati qo‘llaniladi.
Agar ko‘rsatib o‘tilgan hollarda qonun o‘xshashligidan foydalanish
mumkin bo‘lmasa, u holda fuqarolik qonun hujjatlarining umumiy
negizlari va mazmuni ya’ni, huquq o‘xshashligiga amal qilinadi. Qonun
hujjatlarining umumiy negizlari FKning 1-moddasida bel gilab qo‘yilgan
bo‘lib halollik, oqillik va adolat talablariga rioya qilgan holda tartibga
solinadi
1
.
Fuqarolik huquqiy munosabat ishtirokchilariga tashabbus ko‘rsatish,
qonunda ta’qiqlanmagan faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi.
Fuqarolik huquqlarini cheklaydigan va javobgarlik belgilaydigan
normalarni o‘xshashlik bo‘yicha qo‘llanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: