Subyektiv huquq – muayyan huquqiy munosabatda qatnashuvchi
shaxsga tegishli huquqdir.
Subsidiar javobgarlik – qonun hujjatlari yoki majburiyat shartlariga
muvofiq asosiy qarzdor boʻlgan boshqa shaxsning javobgarligiga
qoʻshimcha ravishda javobgarlik.
Tijorat vakilligi – bir shaxsning tadbirkorlar shartnomalar
tuzayotganida ikkinchi shaxs nomidan doimo va mustaqil suratda vakillik
qilishi.
Turar joy – fuqarolarning doimiy yashashiga moʻljallangan,
belgilangan sanitariya, yongʻinga qarshi, texnik talablarga javob
beradigan, shuningdek, belgilangan tartibda maxsus uylar (yotoqxonalar,
vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolgʻiz qariyalar
uchun internat uylar, shuningdek, bolalar uylari va boshqa maxsus
maqsadli uylar) sifatida foydalanishga moʻljallangan joylar deb
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |