Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


      9-MAVZU. VAKILLIK VA ISHONCHNOMA



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   205
 


125 
 
 
9-MAVZU. VAKILLIK VA ISHONCHNOMA 
 
Vakillik tushunchasi. Vakolat va uning turlari. Ishonchnoma. 
 
Vakillik tushunchasi 
 
Shunday  paytlar  bo‘ladiki,  shaxslar  o‘z  huquq  va  majburiyatlarini 
bevosita  o‘zlari  amalga  oshirish  imkoniyatiga  ega  bo‘lmay  qoladilar. 
Bunday  hollarda  ularga  fuqarolik  huquqidagi  vakillik  instituti  haqidagi 
tushunchalar  yordam  beradi.  Vakillarning  xizmatiga  fuqarolar  ham, 
yuridik shaxslar ham muhtoj bo‘ladilar. Shu sababli ishonchnoma, qonun, 
sud qarori yoki davlat organining hujjati asosan vujudga keluvchi vakillik 
institutining  vazifasi  vakolat  beruvchi  nisbatan  fuqarolik  huquq  va 
majburiyatlarini bevosita vujudga keltirish, o‘zgartirish va bekor qilishdan 
iboratdir.  
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
43-moddasida 
shaxslarning  huquq  va  erkinliklari  davlat  tomonidan  kafolatlanishi 
belgilangan.  Zero  qonunchikning  eng  asosiy  vaziflaridan  biri  ham  aynan 
shaxslarning  huquq  va  erkinliklarini  muhofaza  qilish,  ularning 
daxlsizligini  kafolatlashdir.  Fuqarolik  qonun  hujjatlari  ham  shaxslarning 
subyektiv  huquq  va  manfaatlarini  himoya  qilish,  ularning  fuqarolik-
huquqiy  munosabatlarda  tengligi  va  o‘z  huquqlarini  amalga  oshirishda 
hech qanday to‘siqlarsiz, erkin harakat qilishni ta’minlashga qaratilgandir. 
Bunda fuqarolik huquqi subyektlari har qanday holatdan qat’i nazar huquq 
layoqatiga ega ekanligi etirof etiladi. Qolaversa, shaxslar ayrim subyektiv 
va  obyektiv  sabablar  bilan  o‘z  huquqlarini  o‘zi  amalga  oshira  olmasalar 
boshqa  shaxslar  yordamida,  ya’ni  o‘z  vakillari  orqali  bu  huquqlarini 
amalga oshirishlari mumkin.  
Hozirgi  bozor  munosabatlari  sharoitida  vakillik  instituti  shaxslarning 
huquq va burchlarini amalga oshirishlari va ularning qonuniy manfaatlarini 
himoya qilishdagi o‘rnini quyidagi holatlarda ko‘rinadi:   
-  jamiyatdagi  subyektlarning  huquq  va  majburiyatlarini  o‘z  vaqtida 
amalga oshirilishini ta’minlaydi; 
-  shaxslarning  o‘z  huquq  va  majburiyatlarini  amalga  oshirishga 
yordamlashadi; 
-  shaxslarning  qonuniy  huquq  va  erkinliklari  buzilishining  oldini 
oladi; 
- subyektlar o‘rtasida o‘zaro huquqiy munosabatlarining barqarorligini 
ta’minlash  va  boshqa  vazifalarni  bajarishi  bilan  jamiyat  taraqqiyotida 
muhim hisoblanadi. 


126 
 
Vakillik  bu  kecha  yoki  bugun  vujudga  kelgan  institut  emas,  balki 
insoniyat  rivojlanishining  barcha  davrlarida  muayyan  shaklda  rivojlanib 
kelgan, ayniqsa, qadimgi Misr, Chin, Yunon va Rim davlatlarida savdo va 
hunarmandchilik  faoliyatida  undan  keng  foydalanilgan.  Qadimgi  Rimda 
vakillik  asosan  topshiriq  shartnomasi  ko‘rinishida  yuzaga  kelgan.  Bunda 
bir taraf (mandant) topshiriq berishi va ikkinchi tomon (mandatariy) uning 
vakili  sifatida  topshiriqni  bajarishni  o‘z  zimmasiga  olishi  lozim  bo‘lgan. 
Vakillik predmeti sifatida yuridik harakatlar ham, faktik tusdagi xizmatlar 
ham  e’tirof  etilgan.  Vakillik  keyinchalik  XVIII-XIX  asrlarga  kelib  ancha 
takomillashtirildi  va  ayrim  o‘zgarishlar  bilan  huquqiy  jihatdan  hozirgi 
kundagi shaklga keltirildi. Vakillik so‘zining o‘zi (ingliz. representation) - 
bir  shaxs  o‘zida  mavjud  bo‘lgan  vakolat  asosida  boshqa  shaxs  nomidan, 
uning uchun bevosita  huquqlarni  vujudga keltirish (o‘zgartirish, tugatish) 
yo‘li bilan harakat qiladigan munosabatdir.  
Vakillik  deb,  bir  shaxsning  ikkinchi  shaxs  nomidan  yuridik 
harakatlarni  amalga  oshirishiga  aytiladi.  Ishonchnomaga,  qonunga,  sud 
qaroriga yoki vakil qilingan davlat organining hujjatiga asoslangan vakolat 
bilan  bir  shaxs  (vakil)  tomonidan  boshqa  shaxs  (vakolat  beruvchi) 
nomidan  tuzilgan  bitim  vakolat  beruvchiga  nisbatan  fuqarolik  huquq  va 
majburiyatlarini  bevosita  vujudga  keltiradi,  o‘zgartiradi  va  bekor  qiladi 
(FKning 129-moddasi). 
Vakillik  institutidagi  munosabatlar  insoniylik,  o‘zaro  yordam, 
fuqarolik  munosabatlarda  barchaning  teng  ishtirokini  ta’minlash 
g‘oyalariga  asoslanadi.  Vakillik  fuqarolik,  oila,  xo‘jalik,  ma’muriy 
huquqiy  munosabatlarni  o‘zida  jamlagan  kompleks  huquqiy  institut 
hisoblanadi. Vakillikda vakolatlar huquqiy hujjatlar va shartnomalar bilan 
aniq tarzda belgilanadi.  Vakillikning vujudga kelishi va bekor bo‘lishi har 
xil  obyektiv  va  subyektiv  yuridik  faktlarga  bog‘liq  hisoblanadi;  vakillik 
instituti  shaxslarga  fuqarolik  huquq  va  majburiyatlarini  amalga 
oshirishdagi  yuridik  yordamning huquqiy asosidir. 
FKning  129-moddasining  mazmunidan  kelib  chiqsak,  vakillikni 
amalga  oshirishda  vakilga  nisbatan  hech  qanday  yuridik  oqibat  kelib 
chiqmaydi, ya’ni unda huquq va majburiyat hamda undan kelib chiqadigan 
javobgarlik  ham  bo‘lmaydi.  Masalan,  A.  o‘z  vakili    B.  orqali    o‘z  mol-
mulkini    S.  ga  ijaraga  beradigan  bo‘lsa,  bu  munosabatlardan  kelib 
chiqadigan huquq va majburiyatlar A. va S. o‘rtasida bo‘ladi, ijara haqini 
olish, uni tasarruf etish huquqi yoki mulkdagi kamchiliklarni bartaraf etish 
majburiyatlari A. ga nisbatan vujudga keladi. Bunda vakil  B. da  bunday 
huquq  va  majburiyatlar,  undan  kelib  chiqadigan    javobgarlik  bo‘lmaydi. 


127 
 
Ammo agar shaxs 14 yoshga to‘lmagan yoki muomalaga layoqatsiz bo‘lsa, 
unga  nisbatan  vasiylik  belgilanadi.  Vasiy    barcha  munosabatlarda  o‘z 
vasiyligi  ostidagi  shaxslar  nomidan  harakat  qiladi  va  nafaqat  ularga 
nisbatan  huquq  va  majburiyatlarni  vujudga  keltiradi,  o‘zgartiradi,  bekor 
qiladi, balki amalda ularni  shaxsan o‘zi amalga oshiradi va ulardan kelib 
chiqadigan  oqibatlar  uchun  ham  shaxsan  o‘zi  javob  beradi.  Muomalaga 
layoqatli fuqarolargina vakil bo‘lishlari, vakillik qilishlari mumkin. Istisno 
sifatida  ayrim  hollarda  o‘n  olti  yoshga  to‘lib,  pasport  olgan  fuqaro  ham 
vakil  bo‘lishi  mumkin.  Fuqarolarning  faqat  bir-birlari  uchungina  emas, 
ba’zi  hollarda  yuridik  shaxslar  uchun  ham  vakil  bo‘lishlariga  qonun  yo‘l 
qo‘yadi.  Masalan,  savdo  va  ta’minot  bo‘limlarining  tijorat  vakillari, 
mahsulot  tayyorlovchi  vakil  va  boshqa  xodimlar  yuridik  shaxslarning 
vakillari sifatida ish olib boradilar. 
Vakillik  qonunchilikda  nazarda  tutilgan  asoslarga  ko‘ra  vujudga 
kelgan holda, quyidagi shaxslar o‘rtasida amalga oshiriladi:  
- jismoniy shaxsning jismoniy shaxsga yoki yuridik shaxsga nisbatan 
vakilligi; 
-  yuridik  shaxsning  jismoniy  shaxsga  yoki  yuridik  shaxsga  nisbatan 
vakilligi; 
- davlatning jismoniy shaxsga yoki yuridik shaxsga nisbatan vakilligi. 
Bu  vakillikning  mazmun-mohiyati,  amalga  oshirilishi  usuli,  shakli, 
uning turlarga bo‘linishida va vakillik subyektlarining huquqiy maqomini 
belgilashda katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun vakillik institutining 
eng  muhim  jihatlaridan  biri  -  uning  subyektlari  hisoblanib,  ular  vakolat 
beruvchi – bu har qanday shaxs, ayni vaqtda davlat ham bo‘lishi mumkin. 
Masalan,  davlat    shartnoma  asosida  ma’lum  bir  shaxslarga  davlat  ulushi 
bo‘lgan  aksiyadorlik  jamiyatlarining  direktorlar  kengashida  davlat 
manfaatlarini ifoda etish uchun o‘z vakilini tayinlashi mumkin yoki ayrim 
hollarda  fuqarolik munosabatlarda davlat  nomidan maxsus vakil qilingan 
yuridik  shaxslar  ham  ishtirok  etishi  nazarda  tutilgan.  Vakil  –  bu  faqat 
muomalaga  layoqatli  shaxslar  bo‘lishi  mumkin.  Qonunchilikda  vakil 
bo‘lishi taqiqlangan shaxslar bundan mustasno. 
vakillikning  quyidagicha  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  ko‘rsatib 
o‘tishimiz mumkin: 
1) 
vakillik  munosabatlarining  subyektlari  har  qanday  shaxs 
bo‘lishi mumkin; 
2) 
  vakillikdan  kelib  chiqadigan    munosabatlarda    uchdan  ortiq 
taraflar ishtirok etadi


128 
 
3) 
vakillik  instituti  munosabatlari  insoniylik,  o‘zaro  yordam, 
fuqarolik  munosabatlarda  barchaning  teng  ishtirokini  ta’minlash 
g‘oyalariga asoslanadi; 
4) 
 vakillik  haq  evaziga  ham,  tekinga  ham  amalga  oshirilishi 
mumkin;  
5) 
vakillik    fuqarolik,  oila,  xo‘jalik,  ma’muriy  huquqiy 
munosabatlarni o‘zida jamlagan
6) 
vakillik  instituti  mavjudligining  asosi  bo‘lgan  vakolatlar 
huquqiy hujjatlar va shartnomalar bilan aniq tarzda belgilanadi;   
7) 
vakillikning vujudga kelishi va bekor bo‘lishi har xil obyektiv 
va subyektiv yuridik faktlarga bog‘liq hisoblanadi; 
8) 
vakillik instituti shaxslarga fuqarolik huquq va majburiyatlarini 
amalga oshirishdagi yuridik yordamning huquqiy asosidir. 
qonun hujjatlarida belgilangan asoslardan kelib chiqqan holda, vakolat 
beruvchi vakilga muayyan vakolat beradi, vakil esa shu vakolat doirasida 
harakat  qilgan  holda  nafaqat  vakolat  beruvchiga  nisbatan,  balki  uchinchi 
shaxslar uchun ham huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi. 
Har qanday munosabatlarda bo‘lgani kabi vakillik munosabatlarining 
ham  eng  asosiy  elementlaridan  biri  -  bu  taraflarning  huquq  va 
majburiyatlaridir.  Vakillik  munosabatlaridan  kelib  chiqadigan  huquq  va 
majburiyatlar ikkiga bo‘linadi: 
1) 
vakolat beruvchi va vakil o‘rtasidagi huquq va majburiyatlar; 
2) 
uchinchi  shaxslarga  nisbatan  vujudga  keladigan  huquq  va 
majburiyatlar. 
Shu  bilan  birga,  vakillik  munosabatlaridagi  huquq  va  majburiyatlar 
vakillikning  turlariga  bog‘liq    holda  ham  har  xil  hisoblanadi  va  ayni  shu 
mezonlardan,  ya’ni  huquq  va  majburiyatlar  kimga  nisbatan  vujudga 
kelganligiga,  ularning  vakillikning  qaysi  turiga  mansubligidan  kelib 
chiqqan  holda  vakillik  munosabatlaridagi  huquq  va  majburiyatlarning 
mohiyati yoritiladi. 
Vakillik  munosabatlarida  vakolat  beruvchi  va  vakilning  huquq  va 
majburiyatlari  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Ularning  mazmun-mohiyati 
vakillikning turlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish