34
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 147-moddasi “Saylov
huquqining yoki ishonchli vakillar vakolatlarini amalga oshirishiga to’sqinlik qilish”
– deb atalib, unda fuqarolarning saylash va saylanish, targ’ibot olib borish
huquqlarini erkin amalga oshirilishiga zo’rlik ishlatish, qo’rqitish, aldash yoki
og’dirib olish bilan to’sqinlik qilish jazolanishi belgilangan
1
. Bu esa saylovda
ixtiyoriy ishtirok etishning ta’minlashni muhim vositasidir.
O’zbekistonda saylovda, ovoz berishda ishtirok etmaganlik uchun hech qanday
chora, jazo ko’rish tartibi yo’q. Ammo ayrim xorijiy mamlakatlarda saylovlarda
ishtirok etmaganlik uchun ayrim choralar ko’rish tartibi bor. Ayrim mamlakatlarda
saylovda ishtirok etishning majburiyligi belgilangan.
Jumladan, Italiya Konstitusiyada saylovni amalga oshirish fuqarolik burchi deb belgilangan,
uning qonunchiligida bunday holat yuz bersa jamoat izzasi qo’llanilishi belgilangan. Ayrim
mamlakatlarda saylovda ishtirok etmaganlik uchun turli choralar ko’rilishi belgilangan.
Avstraliyada saylovda ishtirok etmaslik uchun jarima solish nazarda tutilgan. Gretsiya va Turkiyada
saylovda ishtirok etish majburiyat hisoblanib, ovoz berishda ishtirok etmagan fuqaro ozodlikdan
mahrum etilishi ham mumkin. Saylovni burch sifatida belgilash va majburiy tus berish Belgiya,
Gollandiya ayrim Lotin Amerikasi davlatlarida ham mavjud
2
.
Ayrim mamlakatlarda saylov ishtirok etish majburiyat ekanligi shu
mamlakatlarda “absenteizm”ning mavjudligidir
3
. Saylov madaniyatining pastligi,
saylov natijalariga qiziqmaslik, fuqarolarni saylovlarda ishtirok etmasligiga sabab
bo’ladi.
Bundan
tashqari
norozilik,
hukumatni
olib
borayotgan
siyosatiga
qo’shilmaslik, ovoz berish natijasini qalbakilashtirilishiga bo’lgan ishonch
saylovlarda fuqarolarning ishtirok etmasligiga olib keladi. Shunga qarshi fuqarolarni
saylovda ko’prok ishtirokini ta’minlash maqsadida yuqoridagi davlatlarda majburiy
ovoz berish o’rnatilgan.
O’zbekistonda saylovlarda ishtirok etish iхtiyoriy bo’lsada fuqarolar faollik
bilan ishtirok etib kelmoqdalar.
Saylovlarni haqiqiy bo’lishi uchun 33% lik chegara belgilangan bo’lsa-da,
saylovlarda ro’yxatga olinganlarning mutloq ko’pchiligi ishtirok etadi.
2014-yil 21-dekabrda mamlakatimizda bo’lib o’tgan Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Juqorg’i Kengesi, viloyat, tuman va shahar
davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarda saylovchilar ro’yхatiga 20 million
789 ming 572 nafar saylovchi kiritilgan bo’lsa, shularning 18 million 490 ming 245
nafari ovoz berishda ishtirok etdi. Bu saylovchilarning 88.94 foizini tashkil etadi.
4
Do'stlaringiz bilan baham: