Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


partiyalarning vakolatli vakili ishtirok etadi



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   250

partiyalarning vakolatli vakili ishtirok etadi. 
Saylovlarni tayyorlash va o’tkazishda oshkoralik prinsipi, saylovlarni qonuniy 
va adolatli o’tishini ta’minlovchi eng muhim vosita bo’lishi bilan birga, saylovlarning 
qonuniy,  xalqaro  talablar  buzulmasdan  o’tishini  va  uning  asosida  o’tkazilgan 
saylovlarni chet davlatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etilishiga ham sabab 
bo’ladi. 
 
6-§. Saylovlarda ixtiyoriylik va erkinlik 
Bu  ikki  tushuncha  alohida-alohida  ham,  birgalikda  ham  demokratik 
saylovlarning  muhim  sharti  hisoblanadi.  Fuqaro  erkin  bo’lsa,  o’z  iхtiyori  o’zida 
bo’lsa xohish irodasini ham erkin bildira oladi. 
Fuqaro erkinligi daхlsiz ekanligi xalqaro hujjatlarda, shuningdek, O’zbekiston 
Respublikasi  Konstitusiyasining  19-moddasida  belgilangan  bo’lsa,  20-moddada 
fuqarolarning  huquq  va  erkinliklarini  amalga  oshirishda  boshqa  shaxslarning 
huquqlari va erkinliklariga putur еtkazmaslik shartlari mustahkamlangan. 
Konstitusiyaning  117-moddasida  ham  “fuqaroning  o’z  xohish-  irodasini 
bildirish erkinligi qonun bilan kafolatlanadi” deb belgilangan. Agar Konstitusiyaning 
19-,  20-moddalaridagi  qoidalar  umuman  fuqaro,  shaxs  erkinligiga  taalluqli  bo’lsa, 
117-modda  qoidasi  saylovda  fuqaroning  xohish-irodasini  bildirishdagi  erkinlikni 
Konstitusiyaviy darajada mustahkamlaydi. 
Saylovlardagi  erkinlik  va  ixtiyoriylik  faqat  ovoz  berishda,  xohish-irodani 
bildirishda emas, saylovning barcha tadbirlarida amal qiladi. 
 
Masalan:  faqat  fuqaro  xohishi  bo’yicha  siyosiy  partiyalardan  nomzod  sifatida  ko’rsatilishi, 
nomzodni ishonchli vakili, siyosiy partiyalarning vakolatli vakili, kuzatuvchi, saylov komissiyalari 
a’zosi  bo’lishi  mumkin.  Fuqaro  xohlasa,  saylov  oldi  uchrashuvlarda  ishtirok  etishi,  xohlamasa, 
ishtirok etmasligi mumkin. 
 
Fuqaroning  saylovda  erkin,  iхtiyoriy  ishtiroki,  ovoz  berishda  ayniqsa  yaqqol 
namoyon  bo’ladi.  Ovoz  berish  huquq  ekan,  o’z-o’zidan  u  iхtiyoriy  bo’lishi  kerak. 
Shuning  uchun  ba’zida  xatto  OAVda  ham  uchrab  turadigan  saylovda  ishtirok  etish 
fuqarolarning burchi degan so’zlar mutlaqo haqiqatga to’g’ri kelmaydi. 
Saylovda  ovoz  berishda  ishtirok  etish  uchun  majburlash,  qatnashmaganlik 
uchun ta’qib qilishlik qonun bilan taqiqlanadi. 


34 
 
O’zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  147-moddasi  “Saylov 
huquqining yoki ishonchli vakillar vakolatlarini amalga oshirishiga to’sqinlik qilish” 
–  deb  atalib,  unda  fuqarolarning  saylash  va  saylanish,  targ’ibot  olib  borish 
huquqlarini  erkin  amalga  oshirilishiga  zo’rlik  ishlatish,  qo’rqitish,  aldash  yoki 
og’dirib  olish  bilan  to’sqinlik  qilish  jazolanishi  belgilangan
1
.  Bu  esa  saylovda 
ixtiyoriy ishtirok etishning ta’minlashni muhim vositasidir.  
O’zbekistonda saylovda, ovoz berishda ishtirok etmaganlik uchun hech qanday 
chora,  jazo  ko’rish  tartibi  yo’q.  Ammo  ayrim  xorijiy  mamlakatlarda  saylovlarda 
ishtirok  etmaganlik  uchun  ayrim  choralar  ko’rish  tartibi  bor.  Ayrim  mamlakatlarda 
saylovda ishtirok etishning majburiyligi belgilangan. 
  
Jumladan, Italiya Konstitusiyada saylovni amalga oshirish fuqarolik burchi deb belgilangan, 
uning  qonunchiligida  bunday  holat  yuz  bersa  jamoat  izzasi  qo’llanilishi  belgilangan.  Ayrim 
mamlakatlarda  saylovda  ishtirok  etmaganlik  uchun  turli  choralar  ko’rilishi  belgilangan. 
Avstraliyada saylovda ishtirok etmaslik uchun jarima solish nazarda tutilgan. Gretsiya va Turkiyada 
saylovda  ishtirok  etish  majburiyat  hisoblanib,  ovoz  berishda  ishtirok  etmagan  fuqaro  ozodlikdan 
mahrum  etilishi  ham  mumkin.  Saylovni  burch  sifatida  belgilash  va  majburiy  tus  berish  Belgiya, 
Gollandiya ayrim Lotin Amerikasi davlatlarida ham mavjud
2
.
 
 
Ayrim  mamlakatlarda  saylov  ishtirok  etish  majburiyat  ekanligi  shu 
mamlakatlarda  “absenteizm”ning  mavjudligidir
3
.  Saylov  madaniyatining  pastligi, 
saylov  natijalariga  qiziqmaslik,  fuqarolarni  saylovlarda  ishtirok  etmasligiga  sabab 
bo’ladi. 
Bundan 
tashqari 
norozilik, 
hukumatni 
olib 
borayotgan 
siyosatiga 
qo’shilmaslik,  ovoz  berish  natijasini  qalbakilashtirilishiga  bo’lgan  ishonch 
saylovlarda fuqarolarning ishtirok etmasligiga olib keladi. Shunga qarshi fuqarolarni 
saylovda  ko’prok  ishtirokini  ta’minlash  maqsadida  yuqoridagi  davlatlarda  majburiy 
ovoz berish o’rnatilgan. 
O’zbekistonda  saylovlarda  ishtirok  etish  iхtiyoriy  bo’lsada  fuqarolar  faollik 
bilan ishtirok etib kelmoqdalar. 
Saylovlarni  haqiqiy  bo’lishi  uchun  33% lik  chegara  belgilangan  bo’lsa-da, 
saylovlarda ro’yxatga olinganlarning mutloq ko’pchiligi ishtirok etadi.  
2014-yil  21-dekabrda  mamlakatimizda  bo’lib  o’tgan  Oliy  Majlis  Qonunchilik 
palatasi,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Juqorg’i  Kengesi,  viloyat,  tuman  va  shahar 
davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarda saylovchilar ro’yхatiga 20 million 
789 ming 572 nafar saylovchi kiritilgan bo’lsa, shularning 18 million 490 ming 245 
nafari ovoz berishda ishtirok etdi. Bu saylovchilarning 88.94 foizini tashkil etadi.
4
  

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish