Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Saylov huquqining manbalari



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   250
 
3-§. Saylov huquqining manbalari 
Saylov-huquqiy  munosabatlar,  saylovlarni  tashkil  qilish  va  o’tkazish  uchun 
saylov ishtirokchilarining tengligini ta’minlash, fuqarolarning huquqlarini buzilishiga 
yo’l qo’ymaslik, buzilgan huquqlarni tiklash murakkab masalalardan hisoblanadi. 
Ularni  amalda  ro’yobga  chiqishida  qat’iy,  aniq  huquqiy  normalar  bo’lishi 
zarur. 
Saylovlar  mustahkam  huquqiy  baza  asosida  o’tsagina  tegishli  maqsadga 
erishish mumkin. 
Saylov  kampaniyasi  boshlanganligi  e’lon  qilingan  kundan  boshlab,  saylov 
yakunlari  e’lon  qilinguncha  bo’lgan  barcha  tadbirlar,  jarayonlar  qat’iy  huquqiy 
normalar  bilan  tartibga  solinishi  talab  etiladi.  Chunki  saylov  siyosiy  tadbir  bo’lib, 
kurashlardan  iborat.  Kurashsiz  demokratik  saylov  bo’lmaydi.  Kurashlar  esa  izdan 
chiqib  ketmasligi,  vayronkorlik,  buzg’unchilik,  mamlakatning  yo’q  bo’lib  ketishiga 
olib  kelmasligi  uchun  qonun  talablari  asosida  o’tishi  o’ta  muhimdir.  Buning  uchun 
saylov qonunchiligi mustahkam bo’lishi zarurdir. 
Saylov-huquqiy munosabatlar doirasi, uning ishtirokchilari doirasi ancha keng. 
Saylov-huquqiy  munosabatlarini  tartibga  soluvchi,  ishtirokchilarning  maqomini 
belgilovchi  huquqiy  normalar  saylov  huquqining  manbasi  bo’lib,  bunday  huquqiy 
normalar  o’z  o’rnini  turli  qonuniy  hujjatlarda  topgan.  Saylov-huquqiy  munosabatlar 
turli  darajadagi  qonunlar  va  huquqiy  hujjatlar  bilan  tartibga  solinib,  ular  saylov 
huquqini manbasi hisoblandi. 
O’zbekiston Respublikasi saylov huquqining manbalari quydagilar hisoblanadi:  
1.  Saylov  ahamiyati  jihatidan  konstitusiyaviy  institut,  shuning  uchun  uning 
asosiy  bosh  manbasi  konstitusiyadir.  Konstitusiya  saylovning  asosiy  prinsiplarini, 
saylov fuqarolarning asosiy huquqi ekanligini, saylov o’tkazish muddatlari va vaqtini, 
saylov  o’tkazishga  boshchilik  qiladigan  organ,  Markaziy  saylov  komissiyasining 
                                                           
1
 О‘zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisining Axbоrоtnоmasi, 2002 yil, 4-5, 60-mоdda. 
2
 Bu haqda qarang: Избирательное право и избирательный процесс в РФ. М.: “НОРМА”; 1999, 10-11 стр.  


15 
 
maqomi,  vazifasini belgilab  beradi va  saylov o’tkazish  qonunlar  bilan belgilanishini 
qayd  qilishi  bilan,  boshqa  qonunlarni  vujudga  kelishiga  asos  yaratadi. 
Konstitusiyaning  maхsus  XXIII  bobi  “Saylov  tizimi”ga  bag’ishlangan.  Undan 
tashqari,  Konstitusiyaning  32,  77,  78-moddasining  14-bandi,  96,  98-moddaning 
tegishli qismlari va 105-moddasida saylovga tegishli normalar mavjud. 
2. O’zbekiston konstitusiyasining “Muqaddimasi”da хalqaro huquqning umum 
e’tirof  etilgan  qoidalari  ustunligi  tan  olinishi  qayd  qilingan.  Shunday  ekan  saylovga 
taalluqli  xalqaro  hujjatlarni  ham  saylov  huquqining  manbasi  hisoblash  mumkin. 
“Inson  huquqlari  umumjahon  deklarasiyasi”da,  “Fuqarolik  va  siyosiy  huquqlar 
to’g’risida xalqaro Pakt” kabi hujjatlar saylov huquqining manbasi hisoblanadi. 
3.  O’zbekiston  Respublikasining  konstitusiyaviy  qonunlari  saylov  huquqining 
manbasidir.  
“Referendum  yakunlari  hamda  davlat  hokimiyatini  tashkil  etishning  asosiy 
prinsiplari  to’g’risida”gi
1
 Konstitusiyaviy  qonunning  3-,  5-,  6-moddalarida  saylov 
o’tkazish muddatlari, Qonunchilik palatasiga deputat saylash, Senat a’zolarini saylash 
masalasi tartibga solingan. 
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to’g’risida”gi 
konstitusiyaviy  qonunning  4-,  6-moddalari  saylov  munosabatini,  saylovlarning 
huquqiy  asosini  belgilaydi
2
,  xuddi  shuningdek,  “O’zbekiston  Respublikasining  Oliy 
Majlisining Senati to’g’risida”gi
3
 konstitusiyaviy qonunning 4-, 6-moddalari Senatni 
shakllantirishdagi saylov munosabatlarini tartibga soladi.  
2007-yil 
11-apreldagi 
“Davlat  boshqaruvini  yangilash  va  yanada 
demokratlashtirish  hamda  mamlakatni  modernizasiya  qilishda  siyosiy  partiyalarning 
rolini  kuchaytirish  to’g’risida”gi  konstitusiyaviy  qonunda  ham  saylovga  taalluqli, 
ya’ni  saylovda  siyosiy  partiyalarning  olgan  o’rinlarini  qonunchilik  hokimiyati  roli 
haqida normalar mavjud.  
Saylov  huquqi  manbasi  bo’lib  O’zbekiston  Respublikasining  qonunlari 
hisoblanadi.  Qonunlarni  ikki  guruhga  bo’lib  o’rganish  maqsadga  muvofiqdir. 
Birinchi  guruhga  faqat  saylovga  tegishli  maxsus  qonunlarni,  ikkinchi  guruhga  turli 
masalalarni tartibga soluvchi o’zida saylov munosabatlariga tegishli normalar mavjud 
qonunlarni kiritish mumkin.  
O’zbekiston Respublikasining saylovga tegishli maxsus qonunlari quyidagilar. 
1.  “O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi  to’g’risida”gi  1991-yil  18-
noyabrdagi qonun (bunga hozirgi davrda ko’plab o’zgartirishlar kiritilgan)
4

2.  “O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylov  to’g’risida”gi  2003-yilda 
(yangi tahrirda) qabul qilingan qonun
5
.
 
3. “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi 
1994-yil 5-maydagi qonun
6

                                                           
1
 О’zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisining Axbоrоtnоmasi. 2002 yil, № 4–5, 60-mоdda 
2
 О’zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisining Axbоrоtnоmasi. 2003 yil, № 5, 67-mоdda 
3
 О’zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisining Axbоrоtnоmasi. 2003 yil, № 5, 67-mоdda 
4
 О’zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisining axbоrоtnоmasi, 2003 й. 9-10-sоn, 134-mоdda 
5
 О’zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisining axbоrоtnоmasi, 2003 й. 9-10-sоn, 134-mоdda 
6
 О’zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisi palatalarining axbоrоtnоmasi, 2008 yil, № 12, 637-mоdda 


16 
 
4.  “Xalq  deputatlari  mahalliy  Kengashi  deputatini,  O’zbekiston  Respublikasi 
Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi  deputati  va  Senat  a’zosini  chaqirib  olish 
to’g’risida”gi 2004-yil 2-dekabrdagi qonun
1
.  
5.  “O’zbekiston  Respublikasining  Markaziy  saylov  komissiyasi  to’g’risida”gi 
1998-yil 30-apreldagi qonun
2

6.  “Fuqarolar  saylov  huquqlarining  kafolatlari  to’g’risida”gi  1994-yil  5-
maydagi qonun
3
.  
7.  “Fuqarolar  yig’ini  raisi  (oqsoqoli)  va  uning  maslahatchilari  saylovi 
to’g’risida”gi  2004-yil  26-aprelda  qabul  qilingan  qonun.  Bu  qonun  2013-yil  22-
aprelda yangi tahrirda qabul qilingan
4
.
 
Bu  maxsus  saylovga  taalluqli  qonunlarning  dastlabki  uchtasi  turli  hokimiyat 
organlari  —  Prezident,  Oliy  Majlis  va  mahalliy  Kengashlarga  saylovlarning  barcha 
asosiy  munosabatlarini  tartibga  solsa,  4-qonun  vakillik  organlarining  deputatlari  va 
senatorlarini  vakolat  muddatidan  oldin  chaqirib  olish  asoslari  tartibini  belgilab 
qo’ygan.  5-qonun  shu  saylovlarni  tashkil  qilish  va  o’tkazishga  mas’ul  tuzilma 
Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini tartibga soladi. 6-qonun saylov qonunchiligi 
tizimida alohida o’ringa ega. Konstitusiya va boshqa qonunlarda fuqarolarning saylov 
huquqlari  еtarli  darajada  kafolatlangan  bo’lsa-da,  kafolatlarni  yanada  kuchaytirish, 
kafolatlarni asl holga  aylantirish  maqsadida  bu qonun  qabul  qilingan.  Fuqarolarning 
saylov  huquqlari  alohida  qonunda  belgilanishi  O’zbekiston  qonunchiligining  o’ziga 
xos xususiyatidir. Bunday qonun barcha davlatlarda ham mavjud emas. 
O’zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  jamiyati  qurishni  maqsad  qilib  qo’ygan 
ekan, so’zsiz, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga katta ahamiyat beradi.  
“Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish instituti – mahalla faoliyatining tashkiliy 
asoslarini yanada takomillashtirish, uning vazifalari ko’lamini kengaytrish… alohida 
dolzarb  ahamiyat  kasb  etadi”  deb  ta’kidlagan  O’zbekistonning  Birinchi  Prezidenti
5

Shuningdek  Birinchi  Prezident  tomonidan  ilgari  surilgan  Konsepsiyada
 
“Fuqarolar 
yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to’g’risida”gi qonunga o’zini 
o’zi boshqarish organlari raislari saylovi tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha, 
oqsoqollar va ularning maslahatchilarni eng munosib fuqarolar orasidan saylanishini, 
mahalla  roli  va  ahamiyati  oshirilishini  ta’minlaydigan  chora  tadbirlarni  nazarda 
tutadigan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish taklif qilindi. Uning natijasida mazkur 
qonun 2013-yil 22-aprelda yangi tahrirda qabul qilindi. 
Fuqarolar  yigini  raislari  va  maslahatchilarini  saylovi  ham  O’zbekiston  saylov 
tizimining  tarkibiy  qismidir.  Shuning  uchun  bu  saylovning  takomillashuvi,  o’z 
navbatida, saylov tizimini takomillashuviga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.  
Saylov  huquqi  manbalari  bo’lib  yuqorida  tilga  olingan,  turli  masalalarni 
tartibga  solish  uchun  qabul  qilingan,  lekin  o’zida  saylov  munosabatlariga  taalluqli 
normalar mavjud bo’lgan boshqa qonunlar (2-guruh) ham hisoblanadi. 
                                                           
1
 О’zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisi palatalarining axbоrоtnоmasi. –2005. – № 1. – 12- mоdda.  
2
 О’zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisining axbоrоtnоmasi 2005 yil, №1 18 mоdda 
3
 О’zbekistоn Respublikasi qоnun hujjatlari tо‘plami, 2013 й., 17-sоn, 220-mоdda 
4
 О’zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisi palatalarining axbоrоtnоmasi, 2008 yil, № 12, 637-mоdda 
5
 I.A.Karimоv.  Mamalakatimimiзda  demоkratik  islоhatlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarоlik  jamiyatini 
rivоjlantirish Kоnseпsiyasi. – T.: “О’zbekistоn”, 2010. 45-bet. 


17 
 
“Mahalliy  davlat  hokimiyati  to’g’risida”gi  qonunning  16-moddasi,  “Siyosiy 
partiyalar 
to’g’risida”gi  qonunning  7-,  8-moddalaridagi  normalar  saylov 
munosabatlariga taalluqli bo’lgani uchun ularni ham saylov huquqini manbasi sifatida 
e’tirof etish mumkin. 
Saylov  huquqi  manbalari  tizimida  Markaziy  saylov  komissiyasining  qabul 
qiladigan huquqiy hujjatlari alohida o’rin egallaydi. 
“Markaziy  saylov  kommisiyasi  to’g’risida”gi  qonunning  5-moddasi  3-
xatboshisida  Markaziy  saylov  komissiyasi  saylovni  tashkil  etishga  oid  masalalar 
yuzasidan  o’z  vakolatlari  doirasida  qarorlar  qabul  qiladi,  yo’riqnomalar  chiqaradi 
hamda nizomlarni tasdiqlaydi degan qoida mavjud.  
 
Masalan,  “O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylovi  to’g’risida”gi  qonunning  57-
moddasida davlat hokimiyati vakillik organlarida Senat a’zosini saylash tartibi to’g’risidagi nizom 
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ishlab chiqilishi kerakligi belgilab qo’yilgan
1
.
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish